• Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.
  • Darsning turi: yangi bilim beruvchi. Darsning metodi




    Download 54,88 Kb.
    bet1/2
    Sana09.06.2024
    Hajmi54,88 Kb.
    #261837
      1   2
    Bog'liq
    3-sinf Ona tili fanidan dars ishlanma. Darak gap



    28-dars.
    Mavzu: Darak gap. 77-79-mashqlar.
    Darsning maqsadi: A)o'quvchilarning darak gaplar haqidagi bilimlarini kengaytirishB)lug'at boyligini oshirish; muomala madaniyatini tarbiyalash. ; D)matn tuzish ko‘nikmalarini rivojlantirish;
    Darsning turi: yangi bilim beruvchi.
    Darsning metodi: izlanish.
    Darsning jihozi: uydan maktabgacha bo'lgan yo'l tasviri, 4 faslga oid rasmlar.
    Darsning borishi:
    1. Tashkiliy qism. O'quvchilarning darsga hozirligini kuzatish.
    2. Uy vazifasini tekshirish. 76- mashq. Matnda nechta gap borligi va ular qanday gap ekanligi aniqlanadi.
    3. „Muzyorar“ mashg‘uloti o‘tkaziladi. Bu mashg'ulotda o'quvchilar iliq so‘zlar aytib, bir-birlariga gul beradilar. Ra’no Muhayyoga gul berayotib: „Ozoda kiyinibsan“ desa, Muhayyo Botirga: „Kecha futbolda g'olib bo‘libsizlar, tabriklayman“, deb yaxshi so'zlar aytishadi. Bu bilan o'quvchilarning faolligi oshadi, bir-birlari bilan tezda muloqotga kirishib ketadilar.
    4. Darslik bilan ishlash. 77- mashq.
    O'quvchilarning uydan maktabga kelguncha kimlami ko'rganlari, kimlar bilan suhbatlashganlari, qanday voqea-hodisalarning guvohi bo'lganlari haqida savollar bilan suhbat uyushtiriladi.
    — Yo'lda kimlarni uchratdingiz?
    — Nima haqida suhbatlashdingiz?
    – Yo'lda sizni nima qiziqtirdi?
    — Qanday voqeaning guvohi bo'ldingiz?
    Savollarga berilgan javoblardagi gaplardan 3 — 4 tasi yoziladi, Gaplarning mazmuni aniqlanadi.
    Masalan: I, Bolalar maydonchada o'ynamoqdalar.
    2, Avtobus bekatga kelib to'xtadi.
    3. Qo'y-qo'zilar o'tladi.
    Gaplar o'qilib, nima haqida aytilgani so'raladi:
    — Birinchi gapni o'qing. (Bolalar maydonchada o'ynamoqdalar.)
    — Gap oxirida ovoz nima qildi? (Pasaydi.)
    — Gap kirn haqida aytilgan? (Bolalar haqida.)
    — Gap qanday ma’no bildiryapti? (Xabar ma’nosini.)
    — Gap oxiriga nima qo'yiladi? (Nuqta.)
    Keyingi gaplar ham xuddi shunday tahlil qilinadi va xulosa chiqariladi.
    Gaplar ifoda maqsadiga ko'ra quyidagi turlarga ajratiladi:
    1)darak gap;
    2) so'roq gap;
    3) buyruq gap.
    - Biz hozir darak gap haqida gaplashamiz .
    - Borliq hodisalarini tasdiq yoki inkor yo'li bilan xabar qiluvchi gap darak gap
    deyiladi.
    - Darak gap nutqimizda gapning boshqa turlariga qaraganda ko'p qo'llanadi.
    Darak gap mazmunan va tuzilishi jihatdan rang-barang bo'ladi.
    - Darak gap oxiriga nuqta qo'yiladi.
    - Darak gap biror hodisa haqida xabar berish, biror faktni, belgini konstatatsiya qilish, tasdiqlash xususiyati bilan xarakterlanadi.
    - Misollar: Shakar qovunlarning mayin hidlari sabo bilan tarqalar sekin. (U.)Biror narsa haqida darak (xabar) bildirgan gap darak gap deyiladi. Darak gapning oxirida ovoz pasayadi. Darak gapning oxiriga nuqta qo'yiladi. Bu qoida darslikdan topib o'qitiladi. O'quvchilar doskadagi gaplarni ko'chirib yozadilar.
    5. Ijodiy ish. O'quvchilarga topshiriqlar beriladi.
    1 - topshiriq. Havorang, yumshoq narsalardan 6 ta topib yozing (ro'mol, junpaypoq, qo'lqop, sochiq, ip. yostiq bo'lishi mumkin). Topshiriqni o'quvchi yolg'iz bajaradi, shu sababli u biroz cho'chiydi.
    2-topshiriq. Qattiq, qora narsalardan 6 ta topib yozing (ko'mir, temir, qora qalam, stol-stul, marmar, qora tosh bo'lishi mumkin).
    O'quvchilar 1-, 2-topshiriqni yolg'iz bajarganlarida biroz cho'chiydilar.
    3-topshiriq. Bu topshiriqni bolalar sheriklari bilan ba-jaradilar. Ular topgan so'zlarini qatnashtirib, 2 ta gap tuzadilar va daftarga yozadilar. Bu topshiriq sheriklari bilan bajarilganligi uchun osonroq kechadi.
    6. Darslik bilan ishlash. 78- mashq. Og'zaki bajariladi. Undan oldin o'quvchilar diqqati fasllar haqidagi rasmga qaratiladi. Bolalar rasmda tasvirlangan qish, bahor, yoz, kuz fasllari haqida o'z fikrlarini bildiradilar. So'ngra Uyg'unning „Kuz“ haqidagi she'ridan parcha ifodali o'qiladi. She'rda gap nima haqida borayotgani aniqlanadi.

    Download 54,88 Kb.
      1   2




    Download 54,88 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Darsning turi: yangi bilim beruvchi. Darsning metodi

    Download 54,88 Kb.