• Zamonaviy dasturlash texnologiyalari Ob’ektga yo`naltirilgan dasturlash tillari.
  • Zamonaviy dasturlash texnologiyalari Zamonaviy dasturlash texnologiylarining maqsadi va vazifalari Maqsadi
  • Dasturlash tillari va uni o'qitish mtodikasi




    Download 12.4 Kb.
    bet1/3
    Sana29.01.2024
    Hajmi12.4 Kb.
    #148104
      1   2   3
    Bog'liq
    Dasturlash tillari va uni o\'qitish mtodikasi-fayllar.org
    ОДТ УЧУН ЧЕГАРА МАСАЛАНИ ТАҚРИБИЙ ЕЧИШ, Электронный документ (3), Dasturlash tillari va uni o\'qitish mtodikasi-fayllar.org (1), 1197-1199 (3), 9-mavzu test

    Dasturlash tillari va uni o'qitish mtodikasi
    Dasturlash tillari va uni o'qitish mtodikasi

    1-mavzu. Zamonaviy dasturlash texnologiyalari. Ob’ektga yo`naltirilgan dasturlash tillari. Borland C++ Builder 6 integrallashgan sohasi.


    Reja:


      1. Zamonaviy dasturlash texnologiyalari


      2. Ob’ektga yo`naltirilgan dasturlash tillari.


      3. Borland C++ Builder 6 integrallashgan sohasi.


    Tayanch so’z va iboralar: dasturlash tillari, quyi darajadagi DT, o’rta darajadagi DT, yuqori darajadagi DT, protseduraga mo’ljallangan DT, Paskal, Basic, C++, C#, Java, C .


    Zamonaviy dasturlash texnologiyalari


    Zamonaviy dasturlash texnologiylarining maqsadi va vazifalari
    Maqsadi:
    YUqori darajali dasturiy mahsulotlarni yaratish va ularga sifatli hizmat ko‘rsatishni ta’minlash.
    Vazifalari:
    Dastur tuzishni osonlashtirish;
    Universiallikni ta’minlash;
    Tizimni boshqarishni osonlashtirish.
    Dasturlash tillar
    Hozirgi kunda dasturlash tillarini u yoki bu belgisi bo’yicha tasniflash mumkin. Dasturlash tilining kompyuterga bog`liqlik darajasi bo’yicha tasniflash eng umumiy hisoblanadi.
    Yuqorida aytilgan belgiga qarab, dasturlash tillari kompyuterga bog`liq va kompyuterga bog`liq bo’lmagan tillarga bo’linadi.
    Kompyuterga bog`liq tillar, o’z navbatida, kompyuter tillari va kompyuterga mo’ljallangan tillarga ajratiladi.
    Dasturlash tilining kompyuter tiliga yaqinligi darajasini tariflash uchun til darajasi tushunchasi qo’llaniladi.
    Kompyuter tili 0 daraja deb qabul qilingan bo’lib, sanoq boshi hisoblanadi. Odamning tabiiy tili ―eng yuqori darajadagi til deb qaraladi.
    Kompyuterga bog`liq bo’lmagan tillar ham ikkita turga bo’linadi:
    birinchisi protseduraga mo’ljallangan tillar;
    ikkinchisiga - muammoga mo’ljallangan tillar.
    Protseduraga mo’ljallangan tillar turli masalalarni yechish algoritmlarini (protseduralarni) tavsiflashga mo’ljallangan. Shuning uchun ular ko’pincha oddiy qilib ―algoritmik tillar deb ataladi. Ushbu tillar yechilayotgan masalalar xususiyatlarini to’la hisobga oladi va kompyuterning turiga deyarli bog`liq emas. Bu xildagi tillar tarkibi kompyuter tiliga qaraganda tabiiy tilga, masalan, ingliz tiliga yaqinroq.
    Hozirgi kunda hisoblash, muhandis-texnik, iqtisodiy, matnli va sonli axborotlarni tahlil qilish va boshqa masalalarni yechish dasturlash tillari ma`lum.
    Masalan: FORTRAN tili 1954 -yili ishlab chiqilgan bo’lib, formula translator - formulalar translyatori degan ma’noni anglatadi va ilmiy va muhandis - texnik masalalarni hisoblashlarda qo’llaniladi.
    ALGOL tili 1960 -yili yaratilgan bo’lib, ALGORITMIC Langauge - algoritmik til degan ma'noni anglatadi va ilmiy-texnik masalalarni hisoblashlarda qo’llaniladi.
    KOBOL tili 1959 -yili yaratilgan bo’lib, Common Businees Oriented Langauge - ―savdo-sotiq masalalariga mo’ljallangan til degan ma'noni anglatadi. Korxona va tarmoqning moddiy boyligini, moliyasini, ishlab chiqargan mahsulotini hisobga olish bilan bog`liq iqtisodiy masalalarni yechish uchun qo’llaniladi.
    PASKAL tili 1971-yilda e`lon qilingan bo’lib, fransuz olimi Blez Paskal nomiga qo’yilgan. Turli xildagi masalalar yechimini olishda tartiblangan (strukturaviy) dasturlar tuzishda qo’llaniladi.
    PL/1 tili 1964 -yilda yaratilgan bo’lib, Programming Langauge/ 1 - 1-tartib raqamli dasturlash tili ma'nosini anglatadi. Ushbu til universal tillar turkumiga kiradi. Bu tilda ishlab chiqilgan dasturlar kompyuterni yangisi bilan almashtirilganda qaytadan tuzib chiqilishi zarur emas.
    BYEYSIK (BASIC - Beginner's All Purpose Sumbolic Instruction Code - boshlovchilar uchun ko’p maqsadli dasturlash tili) hisoblash algoritmlarini yozish uchun qo’llaniladigan algoritmik tildir. Bu til 1965 yilda Dartmut kolleji xodimlari Kemini va Kurtslar tomonidan ishlab chiqilgan.
    Protseduraga mo’ljallangan tillardan masalalarning matematik ifodalari, algoritmlar va dasturlash usullari bilan tanish bo’lgan mutaxassislar foydalaniladilar. Bunda ulardan kompyuterning tuzilishini mukammal bilish talab qilinmaydi.
    Muammoga mo’ljallangan tillar kompyuterda masala yechish usullari va dasturlash usullari bilan tanish bo’lmagan foydalanuvchilar uchun yaratilgandir.
    Foydalanuvchi masalani ta`riflashi, boshlang`ich malumotlarni berishi va natijani chiqarishning talab qilingan ko’rinishini aytishi kifoya.
    XX asrning 60-70 yillarida halq xo’jaligining ko’plab masalalarini komp’yuter yordamida yechish uchun BASIC, PASKAL, FORTRAN kabi dasturlash tillari, DBASE. CLIPPER, FOXBASE, KARAT kabi ma’lumotlar bazasini boshqaruv tizimlari yetarli bo’lgan. Bu til va tizimlar asosan IBM*86 tipidagi komp’yuterlarga mo’ljallangan bo’lib, ularning asosiy kamchiliklari shu davrga hos bo’lgan komp’yuterlarning imkoniyatlari bilan bog’liq edi:
    • Foydalanuvchi uchun qulay bo’lgan grafik interfeys yaratish imkoniyatining yo’qligi yoki juda ham katta mehnat talab qilishi;


    • Bitta dasturda foydalanish mumkin bo’lgan o’zgaruvchilar sonining chegaralanganligi;


    • Dasturda foydalnish mumkin bo’lgan sonli ma’lumotlar dipazonining chegaralanganligi;


    • Kiritilayotgan va chiqarilayotgan ma’lumotlarni nazorat qilish;


    • Buyruqlar tizimining «kambag’alligi»;


    • Grafiklar bilan ishlash imkoniyatining chegaralanganligi;


    • Tovushli ma’lumotlarni qayta ishlashdagi kamchiliklari;


    • Ma’lumotlar bazasi va fayllar bilan ishlashdagi imkoniyatlarning chegaralanganligi;


    • Yangi tipdagi ma’lumotlar faqat shartli ravishda yaratish mumkin mumkinligi va h.k.


    Obyektga yo’naltirilgan dasturlash atamasi dastlab 60-yillarning o’rtalarida, Simula-67 dasturlash tilida paydo bo’lgan. Ammo, bu til FORTRAN, ALGOL, PL1 kabi tillarga nisbatan o’zining imkoniyatlari past bo’lganligi hamda shu davrda yechish talab qilingan masalalar uchun yetarli vositalarni taklif qila olmagani uchun dasturchilar orasida keng ommalasha olmadi. Keyinchalik obyektga yo’naltirilgan dasturlash Smalltalk, Object Pascal, C, Ada, hozirda esa C# kabi yuqori darajali dasturlash tillarining topologiyasi asosida rivojlandi va ommalashmoqda.


    Obyektga yo’naltirilgan dasturlash – bu dasturlashning shunday yangi yo’nalishiki, dasturiy sistema o’zaro aloqada bo’lgan obyektlar majmuasi sifatida qaraladi va har bir obyektni ma’lum bir klassga mansub hamda har bir klass qandaydir shajarani hosil qiladi deb hisoblanadi. Alohida olingan klass ma’lumotlar to’plami va ular ustida bajariladigan amallarning to’plami sifatida qaraladi. Bu klassning elementlariga faqat shu klassda aniqlangan amallar orqali murojaat qilish mumkin. Dasturdagi ma’lumotlar va ular ustida bajariladigan amallar o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik an’anaviy dasturlash tillariga nisbatan dasturiy sistemalarning ishonchliligini ta’minlaydi.

    Download 12.4 Kb.
      1   2   3




    Download 12.4 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dasturlash tillari va uni o'qitish mtodikasi

    Download 12.4 Kb.