• III. XULOSA Dasturlash
  • Dasturlash




    Download 1,88 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/2
    Sana20.05.2024
    Hajmi1,88 Mb.
    #244963
      1   2
    Bog'liq
    Academik electron taqdimot
    Academik electron taqdimot


    TOPSHIRIQ: ELEKTRON TAQDIMOT
    GURUH: AWR010 (215-21)
    BAJARDI: KENJABOYEV ASILBEK
    Dasturlash


    REJA:
    I. KIRISH
    II. ASOSIY QISM
    1. 
    Dasturlash nima?
    2.
    Dasturlashning boshqa kasblardan farqi.
    3.
    Dasturlash tillari haqida. 
    III. XULOSA


    Dasturlash –
    bu kompyuterga ba’zi operatsiyalarni qanday bajarishni buyurishdir. Misol
    uchun kompyuter, telefon, planshet, noutbook va shunga o`xshash qurilmaning biror bir
    ilovasi orqali unga murojat qilish mumkin . Aslida, bu ilovalar qurilmaga ilovani qanday
    ko’rsatishni, ma’lumotlarni qayerda saqlash va olib chiqib berishni, musiqa eshitishni, foto
    yoki videoga olishni, kompyuter sichqonchasini bosganda qanday javob qaytarishni
    aytadigan kodlardan tashkil topgan. Mantiq, algoritmlar, ma’lumotlar, tizimli
    loyihalashtirish kabi bir xil tushunchalar to’plami – telefodagi oddiy sms habar
    yuborishdan tortib samolyotdagi avtopilot dasturini tuzishgacha – hamma joyda
    qo’llanilishi mumkin. Dasturlash o’z ichiga ko’plab matematik hisob-kitob va strukturani
    olsada, u yuqori darajada ijodiy ish hisoblanadi.


    Dasturlash bizning biror bir muammoni
    hal qilish uchun kompyuterning ulkan
    imkoniyatlarini foydalanish qobiliyati. 
    Buning uchun biz kompyuterga buyruq
    bera olishimiz kerak. Lekin bu
    eshitilganchalik oson ish emas. 
    Kompyuter masalani hal qilishda har
    qanday insondan tez, lekin u insonchalik
    “farosatli” emas. Masalan, ukam yoki
    singlimga juda oddiy tuyulgan choy 
    damlashni 2 ogʻiz soʻz bilan buyursam,
    kompyuterga bunday sodda buyruq
    berib bo`lmaydi. Choy damlash qanaqa
    jarayon ekanligini tushuntirishingiz, 
    vazifani bajarish jarayonida qanday
    detallardan qay tarzda foydalanishni ikir-
    chikirigacha tushuntirishiriz kerak. 


    Dasturchi ham yaxshi ijodkor, ham kuchli mantiqli boʻlishi kerak. Rassom yoki
    shoir kabi ijodkor ahlining ilhomi kelmay siqilganini kinolarda yoki hayotda
    koʻrgamiz. Dasturchilarda xuddi shunaqa holat koʻp boʻladi:

    Ishni topshirish muxlati juda yaqin lekin katta qismi hali tayyormas;

    Kutilmagan muammo chiqdi va uni umuman yechimini topolmayapti;

    Koʻpchilik dam olish kunlari dam oladi, yozda oromgohlarga ketadi. Bizda
    bunday imkoniyat judayam kam boʻladi. Sababi: tinimsiz oʻz ustinmizda
    ishlashimiz, yangi narsalarni oʻrganishinmiz kerak. Boshqa davlatning bir
    shaharchasidagi yigit yoki qiz ham bizning raqobatdoshimiz. Bu soha umuman
    chegara bilmaydi.


    Agar yaxshi tomonlariga qarasak:

    IT sohasida tez o`sish mumkin. Chunki odamlar dasturchining ish stajiga emas
    balki uning qilgan ishiga ya`ni u tomonidan amalga oshirilgan loyihalarga
    qarab uni baholashadi.

    IT sohasi juda keng bo`lib, unda tanlov juda kata.

    Zamonaviy va har doim rivojlanib bormoqda.

    Og`ir mehnat qilmaymiz.

    Yaxshi bilimga ega bo`lsak yaxshi daromad topamiz.

    Borgan sari bilimimiz ortib borayotgani sari kompyuterning dahosiga aylanib
    borayotganinmizni sezamiz.



    Kompyuter dunyosida ko'plab dasturlash tillari mavjud bo'lib, dasturlash va
    unga qiziquvchilar soni ortib bormoqda. Bir xil turdagi ishni bajaradigan
    dasturlarni Basic, Pascal, Ci va boshqa tillarda yozish mumkin. Pascal, Fortran 
    va Kobol tillari universal tillar hisoblanadi, Ci va Assembler tillari mashina tiliga
    ancha yaqin tillar bo'lib, quyi yoki o'rta darajali tillardir. Algoritmik til inson
    tillariga qanchalik yaqin bo'lsa, u tilga yuqori darajali til deyiladi. Mashina tili
    esa eng pastki darajali tildir. Mashina tili bu sonlardan iboratdir, Masalan: 
    010110100010101. Dasturlash tillari 2 ta katta guruhlarga bo'linadi, Quyi va
    Yuqori darajali dasturlash tili. Quyi darajali dasturlash tili ancha murakkab
    bo'lib ular juda maxsus sohalarda ishlatiladi va ularning mutaxassislari ham 
    juda kam. Chunki quyi dasturlash tillari (masalan: assembler) ko'pincha
    miktoprotsessorlar bilan ishlashda kerak bo'lishi mumkin. Odatda turli
    dasturlash ishlari uchun yuqori darajali dasturlash tilidan keng foydalaniladi
    .



    EHM (Elektron Hisoblash Mashinasi) endi yuzaga kelgan paytda programma tuzishda, faqat
    mashina tillarida, ya'ni sonlar yordamida EHM bajarishi kerak bo'lgan amallarning kodlarida
    kiritilgan. Bu holda mashina uchun tushinarli sanoq sistemasi sifatida 2 lik, 6 lik, 8 lik sanoq
    sistemalari bo'lgan. Programma mazkur sanoq sistemasidagi sonlar vositasida kiritilgan. 
    Yuqori darajali dasturlashda, mashina tillariga qaraganda mashinaga moslashgan
    (yo'naltirilgan) belgili kodlardagi tillar hisoblanadi. Belgilar kodlashtirilgan tillarning asosiy
    tamoyillari shundaki, unda mashina kodlari ularga mos belgilar bilan belgilanadi, hamda
    xotirani avtomatik taqsimlash va xatolarni tashhis qilish kiritilgan. Bunday mashina
    moslashgan til - ASSEMBLER tili nomini oldi. Odatda dasturlash yuqori saviyali dasturlash
    tillari (Delphi, Java, C++, Python) vositasida amalga oshiriladi. Bu dasturlash tillarining
    semantikasi odam tiliga yaqinligi tufayli dastur tuzish jarayoni ancha oson kechadi.


    Biz hozir biladigan va ishlatadigan tillarning barchasi shu guruhga mansub. Ular insonga
    "tushunarli" tilda yoziladi. Ingliz tilini yaxshi biluvchilar programma kodini qiynalmasdan
    tushunishlari mumkin. Bu guruhga Fortran, Algol, C, Pascal, Cobol va h.k. tillar
    kiradi(ko`pchiligi hozirda deyarli qo`llanilmaydi). Eng birinchi paydo bo`lgan tillardan to 
    hozirgi zamonaviy tillargacha ishlatish mumkin. Hozirda, amaliy dasturlar, asosan, Visual 
    C++, C#, Borland Delphi, Borland C++, Java, Phyhon kabi tillarda tuziladi. O`zbekistonda
    ko`pchilik Delphi dan foydalanadi. Buning asosiy sababi: soddaligi, komponentlarning
    ko`pligi, interfeysining tushunarliligi va h.k. Delphida birinchi ishlagan odam ham qanaqadir
    dastur tuzishi oson kechadi. Lekin, Windows da dasturning asosiy ishlash mohiyatini ancha
    keyin biladi(komponentlarning ko`pligi va API funksiyalari dasturda ko`rsatilmasligi uchun). 
    Yana bir tarafi, Delphi(Pascal) operativ xotirani tejashga kelganda ancha oqsaydi. Unda
    o`zgaruvchilarni oldindan e'lon qilib qo`yish evaziga ishlatilmaydigan o`zgaruvchilar va
    massivlar ham joy olib turadi. Eng keng tarqalgan dasturlash tili(Windows OS ida) Microsoft 
    Visual C++ tilidir. 


    Ko`pchilik dasturlar hozirda C++ tilda tuziladi. Umuman olganda, C ga o`xshash(C-
    подобный) tillar hozirda dasturlashda yetakchi. Deyarli hamma zamonaviy tillarning
    asosida C dasturlash tili asosida yaratilgan. 




    Download 1,88 Mb.
      1   2




    Download 1,88 Mb.
    Pdf ko'rish