• Kalit so’zlar
  • Davlat xaridini elektron tizimini ishlab chiqish strategiyalari




    Download 25.83 Kb.
    bet1/2
    Sana03.05.2023
    Hajmi25.83 Kb.
    #55983
      1   2
    Bog'liq
    oxirgisi
    rus tili 5, fizika 15 nazorat, Maktabgacha yoshdagi bolalarning tafakkurini rivojlantirish yo‘llari, MUSTAQIL ISH FALSAFA, Baza dannix Yakuniy savollar va javoblar (1), \'\'To\'lqino\'tkazgichli yuklama impedansini impedometr qurilmasi yordamida aniqlash.\'\', Ota-onalar kengashi va jamoatchilik bilan ishlashmaruza, Hujayrada oqsil biosintezi, Hujayrada oqsil biosintezi, Diversifikatsiya riskni kamaytirish Reja-fayllar.org, Galogenlar, Mental xarita, Sattorov Og\'abek, Matematika va informatika

    Davlat xaridini elektron tizimini ishlab chiqish strategiyalari
    Choriyev Suhrob Nabi o’g’li
    Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
    Tadbirkorlik va boshqaruv fakultiteti
    Moliya va moliyaviy texnologiyalar yo’nalishi
    5mm-2021 guruh talabasi


    Annotatsiya
    Bugungi kunga kelib har davlatda xaridlarning eelektron tizimidan foydalanib kelinmoqda. Elektron davlat xaridlarining bir qancha qulaylik jihatlari mavjudligini bilamiz. Elektron davlat xaridlarining amalga oshirish tartib-tamoyillari ushbu maqolada keltirib o’tilgan. Bunda elektron do’kon haqida ham batafsil ma’lumotlar keltirib o’tilgan.
    Kalit so’zlar : Elektron davlat xaridlari, byudjetdan mablag’ oluvchilar, Tender savdolari, Elektron do’kon, Xarid jadvali.
    Elektron davlat xaridlari. Elektron davlat xaridlar bu- axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda davlat xaridlari subyektlari tomonidan davlat xaridlarini amalga oshirish shakllaridan biri. Davlat xaridlarini elektron amalga oshirish mumkin, bunda:

    • Platformaga yillik va choraklik sotib olish jadvallarini joylashtirish;

    • Xaridlar to’g’risida e’lonlarni joylashtirish;

    • Buyurtmachilar va ishtirokchilar tomonidan ularning xaridlarda ishtirok etishini ta’minlovchi avans to’lovlarini kiritish.

    Platformada joylashtirilgan xaridlar jadvali quyidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olishi kerak:

    • Xarid mavzusi;

    • Xarid qilish oyi;

    • Mijozning nomi va manzili;

    • Sotib olish predmetini moliyalashtirish manbalari;

    • Joy, tovarlarni yetkazib berish, ishlarni bajarish, xizmatlarni ko’rsatish shartlari.

    Davlat xaridlarining o’zi O’zbekiston respublikasi tovar xomashyo birjasida tashkil qilinadigan elektron savdolar orqali amalga oshiriladi. Ularga barcha manfaatdor tomonlarning qatnashishiga yo’l ochishni ta’minlash uchun har bir tuman bo’yicha kichik biznes sub’ektlari hamda byudjetdan mablag’ oluvchilar uchun eng qulay joylarda savdo maydonchalari va brokerlik kontoralari tizimi tashkil qilinadi.
    Shuningdek, konkurs savdolarini o’tkazishning o’zi muntazam ravishda nazorat qilinadi. Buning uchun Moliya vazirligi Nazorat-taftish Bosh boshqarmasi tarkibida Tender (tanlov) savdolari o’tkazilishi bo’yicha maxsus nazorat bo’limi tashkil qilinadi. Tender (tanlov) qatnashchilari o’rtasida korrupsion aloqalar, til biriktirishlar, soxtalashtirishlar mavjudligi hamda soxta tender (tanlov) savdolari o’tkazilganlik alomatlari aniqlangan hollarda, mazkur Bo’lim o’rnatilgan tartibda ushbu savdolarni bekor qilish bo’yicha tegishli choralarni ko’radi.
    Byudjetdan mablag’ oluvchilarning elektron savdolarda ishtirok etishi tartibi. Moliya vazirligi G’aznachiligi va O’zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining ma’lumotlar bazasini elektron bog’lash yo’li orqali byudjetdan mablag’ oluvchilar birja tomonidan markazlashgan tartibda avtomatik tarzda buyurtmachi sifatida ro’yxatdan (akkreditatsiyadan) o’tkaziladi.
    Byudjetdan mablag’ oluvchilar O’zbekiston respublika tovar xom-ashyo birjasida tashkil etilgan elektron savdolarga mustaqil ravishda yoki agentlar (brokerlar) orqali qatnashadi.
    Byudjetdan mablag’ oluvchilar va agentlar o’rtasidagi munosabatlar ular o’rtasida tuzilgan topshiriq shartnomasiga asosan belgilanadi. Topshiriq shartnomasida quyidagi shartlar ko’zda tutilishi lozim:
    1) Agentlarga xizmati uchun to’lovlar (O’zbekiston respublika tovar xom-ashyo birjasi hamda Moliya va Iqtisodiyot vazirligi tomonidan belgilangan miqdorda);
    2) Birjaning vositachilik xizmati (elektron savdolarda tuzilgan bitim summasining 0,05 foizi miqdorida);
    3) Savdo o’tkazish to’g’risidagi e’lonlar maxsus axborot portaliga joylashtirganligi uchun to’lovlar (e’lonlar agentlar orqali maxsus axborot portaliga joylashtirilgan hollarda – O’zbekiston respublika tovar xom-ashyo birjasi hamda Moliya va Iqtisodiyot vazirligi tomonidan belgilangan miqdorda).
    Maxsus axborot portaliga e’lon joylashtirish tartibi. Byudjetdan mablag’ oluvchilar maxsus axborot portalida (Davlatxarid.uz, Xarid.uz, Goszakupki.uz) byudjet mablag’lari hisobiga amalga oshirilayotgan har bir xarid to’g’risidagi e’lonni tovar (ish, xizmat) yetkazib beruvchilarni aniqlashdan kamida 30 kun avval joylashtirishlari lozim, oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish uchun qayta e’lon berish bundan mustasno. Bunda, byudjetdan mablag’ oluvchilar joriy yilning tegishli choraklarida (g’aznachilik bo’linmalari tomonidan xarajatlarni amalga oshirishga ruxsat (XAOR) berilganligini inobatga olingan holda) amalga oshirilishi rejalashtirilgan xarajatlar bo’yicha e’lonlar berishi mumkin. yetkazib beruvchilardan taklif bo’lmasligi (yoki savdolarda faqat bir nafar etkazib beruvchi qatnashishi) sababli, shuningdek etkazib beruvchilar tomonidan boshlang’ich narxdan ortiq bo’lgan narxlar taklif qilinganda, byudjetdan mablag’ oluvchi hisoblangan buyurtmachi uchun oziq-ovqat mahsulotlarining davlat xaridi bo’yicha savdolar bo’lib o’tmagan deb e’tirof etilgan taqdirda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi yoki uning hududiy bo’linmalari bilan kelishilgan holda takroriy savdolar o’tkazmasdan buyurtma berishga yo’l qo’yiladi.
    Takroriy savdolar o’tkazmasdan oziq-ovqat mahsulotlarining davlat xaridi bo’yicha buyurtma berish to’g’risidagi qarorni kelishish uchun byudjet mablag’larini oluvchi hisoblangan buyurtmachi g’aznachilikning tegishli organlariga ko’rsatib o’tilgan davlat xaridi bilan bog’liq hujjatlarning (shu jumladan savdo bayonnomasi (tiket) kseronusxasi) nusxalarini ilova qilgan va savdolarni bo’lib o’tmagan deb e’tirof etgan holda yozma murojaatni yuboradi. Takroriy savdolar o’tkazmasdan buyurtma berish to’g’risidagi qarorni kelishish muddati g’aznachilik organlariga kelishish to’g’risidagi murojaat tushgan kundan boshlab uch ish kunidan ortiq bo’lmasligi kerak.
    Takroriy savdolar o’tkazmasdan etkazib beruvchi bilan kontrakt faqat ilgari maxsus elektron portalda joylashtirilgan e’londa nazarda tutilgan shartlarda ushbu buyurtma bo’yicha tuzilishi mumkin. Bunda, tuzilgan kontraktning narxi:
    savdolarda boshlang’ich narxdan past narxni taklif qilgan faqat bitta etkazib beruvchi qatnashgan hollarda yagona etkazib beruvchi – savdolar qatnashchisi narxidan;
    o’tkazilgan savdolarda yetkazib beruvchilardan takliflar bo’lmagan yoki etkazib beruvchilar tomonidan taklif etilgan narxlar boshlang’ich narxlardan yuqori bo’lgan hollarda e’lon qilingan boshlang’ich narxning 10 foizidan ortiq bo’lmasligi kerak.

    Download 25.83 Kb.
      1   2




    Download 25.83 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Davlat xaridini elektron tizimini ishlab chiqish strategiyalari

    Download 25.83 Kb.