Dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi aholi xonadonlarida serdaromad ekin ekishni tashkil qiladi




Download 0,67 Mb.
bet1/4
Sana11.06.2024
Hajmi0,67 Mb.
#262655
  1   2   3   4
Bog'liq
G\'iyosiddin Hisobot
1209 24.01.2003 (2), 30.04.2023

Dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi aholi xonadonlarida serdaromad ekin ekishni tashkil qiladi


Shavkat Mirziyoyev 7-mart kuni mahallalarda aholi daromadini oshirish va kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Mamlakatimizda ishsizlikni kamaytirish maqsadida ko‘plab iqtisodiy dasturlar amalga oshirilmoqda. Kichik biznes va tadbirkorlik qo‘llab-quvvatlanib, hududlarda korxonalar ochilmoqda. Professional taʼlim muassasalari va “Ishga marhamat” monomarkazlarida aholiga zamonaviy kasb-hunarlar hamda xorijiy tillar o‘rgatilmoqda.
Bu yil 5 million aholining bandligini taʼminlash, 2 million kishini tadbirkorlikka jalb etish maqsad qilingan. Buning uchun davlat tomonidan barcha tashkiliy va moliyaviy imkoniyatlar yaratilgan.
Xususan, bu maqsadlarga 16 trillion so‘m ajratildi. Shuningdek, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Mahallabay ishlash agentligi, Fermerlar kengashi jamg‘armalari tomonidan 1,4 trillion so‘m yo‘naltiriladi.
Endi asosiy vazifa bu – imkoniyatlarni joylarda samarali ishlatib, aholiga daromad manbai yaratib berishdir.
Prezident topshirig‘iga muvofiq, Jizzax viloyatining G‘allaorol va Sharof Rashidov tumanlari misolida bu borada tez natija beradigan yangi mexanizmlar ishlab chiqilmoqda. Kelgusida bu tizim barcha hududlarda joriy etiladi.
Yig‘ilishda Bosh vazir o‘rinbosari – iqtisodiyot va moliya vaziri J.Qo‘chqorov mazkur tumanlardagi yangi imkoniyatlar va ularni ishga solish bo‘yicha takliflarni bayon etdi.
Unga ko‘ra, har bir mahallaga iqtisodiy kompleks tashkilotlari rahbarlari biriktiriladi. Ular o‘zi masʼul bo‘lgan mahalladagi kambag‘al oilalar bilan manzilli ishlab, odamlarning daromadini oshirishga ko‘maklashadi. Arzon kreditlar, subsidiya va imtiyozli resurslar, eng avvalo, aholini kambag‘allikdan chiqarishga yo‘naltiriladi. Yashirin biznes qonuniylashtirilib, rasmiy ish o‘rni ko‘paytiriladi.
Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi ham, mahallaga masʼullar bilan birga, aholi xonadonlarida serdaromad ekin ekishni tashkil qiladi.
Yangi uskunalar va bozor talablarini mahallalarga yetkazish orqali aholiga daromadni oshirishni o‘rgatish zarurligi taʼkidlandi.
Yig‘ilishda vazirlar va hokimlarning ham fikrlari eshitildi. Viloyat hokimlariga rivojlanishdan orqada qolayotgan tumanlarda shu kabi ishlarni tashkil etib, namuna qilish, har bir mahalla kesimida ishsizlikni kamaytirish choralarini ko‘rish topshirildi.


https://daryo.uz/2024/03/07/dehqon-xojaliklari-va-tomorqa-yer-egalari-kengashi-aholi-xonadonlarida-serdaromad-ekin-ekishni-tashkil-qiladi



Download 0,67 Mb.
  1   2   3   4




Download 0,67 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi aholi xonadonlarida serdaromad ekin ekishni tashkil qiladi

Download 0,67 Mb.