|
Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etildi
|
bet | 2/4 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 0,67 Mb. | | #262655 |
Bog'liq G\'iyosiddin Hisobot Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matni O‘zA'da e'lon qilindi.
Qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi hamda Kengashning yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma'qullandi.
Belgilanishicha:
a) quyidagilar Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasidan va Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasidan tegishlicha 350 milliard so‘m hamda 150 milliard so‘m miqdorida ajratiladigan bir martalik beg‘araz moliyaviy yordam;
auksion savdolarida fuqarolarga yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini sotishdan tushadigan tushumning 10 foizi;
Jamg‘armaga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun jalb qilinadigan xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat tashkilotlari va boshqa donorlarning kreditlari (qarzlari) va grantlari;
Jamg‘armaning daromadlari, shu jumladan, mablag‘larni depozit hisobraqamlariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar;
b) Jamg‘arma mablag‘lari quyidagilar uchun foydalaniladi:
fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga 3 yil muddatga, shu jumladan, 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 2 foizlik bank marjasini hisobga olgan holda yillik 7 foiz stavkada kreditlar berish uchun “Mikrokreditbank” ATB, “Agrobank” ATB hamda O‘zbekiston Respublikasi Xalq bankiga resurslar joylashtirish;
tijorat banklari orqali O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasida 2 foiz bank marjasini hisobga olgan holda “Tomorqa xizmati” MChJ, qishloq xo‘jaligi sohasidagi boshqa ishlab chiqarish, qayta ishlash, tayyorlash, ta'minlash, savdo tashkilotlari hamda lizing kompaniyalariga moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, qishloq xo‘jaligi texnikalari va transportlarini sotib olish, fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining issiqxonalarini qurish uchun materiallar va butlovchi qismlar xarid qilishga kreditlar berish;
Jamg‘armani saqlab turish va faoliyatini moddiy-texnik jihatdan ta'minlash;
aylanma mablag‘larga muhtoj bo‘lgan “Tomorqa xizmati” MChJlarning ustav fondini 25 foizdan kam bo‘lmagan miqdorda shakllantirish;
fermer, dehqon xo‘jaliklariga va tomorqa yerlarini rivojlantirishga investitsiyalarni jalb qilish hamda innovatsion loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq boshqa yo‘nalishlar;
v) Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan kreditlar hududiy fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari bilan kelishilgan holda beriladi;
g) mablag‘larni tijorat banklariga joylashtirish hisobidan olinadigan daromadlarning 30 foizigacha miqdordagi Jamg‘arma daromadlari Kengashni moddiy-texnik hamda moliyaviy jihatdan ta'minlash, shuningdek, uning xodimlarini moddiy rag‘batlantirish uchun yo‘naltiriladi.
“O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi, “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari tomonidan mazkur qarorga muvofiq ajratilgan kredit mablag‘lari hisobiga yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining bozor narxlari bo‘yicha xarid qilinishini ta'minlaydi.
Belgilanishicha, dehqon xo‘jaliklari, tomorqa yer egalari va “Tomorqa xizmati” MChJlar o‘zlarining qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini boshqa shaxslarga ham sotish huquqiga ega.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Jamg‘armaning Vasiylik kengashi, Nizomi hamda 25 shtat birlikdan, shu jumladan, 7 ta birlik markaziy apparatda, 18 ta birlik Jamg‘armaning hududiy vakillaridan iborat bo‘lgan Jamg‘arma ijro etuvchi apparati tuzilmasini tasdiqlaydi.
Jamg‘arma Vasiylik kengashi har chorakda hisobot davridan keyingi oyning 20 sanasiga qadar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish hamda ulardan foydalanish to‘g‘risida hisobotlar taqdim etib boradi.
Quyidagilar:
Jamg‘arma barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalardan;
“Tomorqa xizmati” MChJlar davlat ro‘yxatidan o‘tgan kundan boshlab mazkur qarorga muvofiq ularning asosiy faoliyati doirasida 3 yil muddatga barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalardan;
O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan va uning hududiga chetdan keltiriladigan yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish uchun jihozlar, qishloq xo‘jaligi texnikasi hamda qishloq xo‘jaligi transport vositalari belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha 2021 yil 1 yanvarga qadar bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun to‘lovlardan tashqari);
“Tomorqa xizmati” MChJ yoki fermer xo‘jaliklari bilan tuzilgan kasanachilik shartnomasi asosida faoliyat yuritayotgan tomorqa yer egalari – jismoniy shaxslar ularning kasanachilik faoliyati doirasida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjyetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratmalardan ozod qilindi.
Belgilanishicha, 2018 yil 1 iyuldan:
dehqon xo‘jaligi va 4 sotixdan kam bo‘lmagan tomorqa yerida band bo‘lgan yoki ushbu uchastkada qoramol yoxud 50 boshdan kam bo‘lmagan parranda parvarishlayotgan jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjyetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga yiliga eng kam oylik ish haqining bir barobari miqdorida sug‘urta badali to‘langan taqdirda, sug‘urta badali to‘langan yil mehnat stajiga kiritiladi;
Kengash tizimida ishlaydigan pensionerlarga pensiyalar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjyetdan tashqari pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘liq to‘lanadi;
fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjyetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga yagona ijtimoiy to‘lov 5 foiz miqdorida to‘lanadi.
Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanishning qo‘shimcha yo‘nalishlari deb hisoblanadi:
yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish, urug‘liklar, ko‘chatlar va sug‘orish vositalari xarid qilish uchun “Tomorqa xizmati” MChJ, aholi bandligiga ko‘maklashish markazi hamda tomorqa yer egalari o‘rtasida tuzilgan uch tomonlama shartnomalar asosida eng kam oylik ish haqining 3 barobaridan 10 barobarigacha bo‘lgan miqdorda subsidiyalar berish;
kasb-hunarga o‘qitish markazlari, kollejlar va oliy o‘quv yurtlarida
kasb-hunarga tayyorlash, agrotexnologiya, bog‘dorchilik, sabzavotchilik, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik hamda asalarichilik sohasida fermer va dehqon xo‘jaliklarining rahbarlari va ishchilari hamda tomorqa yer egalarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun grantlar ajratish.
https://kun.uz/news/2018/04/27/fermer-dekon-huzaliklari-va-tomorka-er-egalarini-kullab-kuvvatlas-zamgarmasi-taskil-etildi?q=%2Fuz%2Fnews%2F2018%2F04%2F27%2Ffermer-dekon-huzaliklari-va-tomorka-er-egalarini-kullab-kuvvatlas-zamgarmasi-taskil-etildi
O‘zbekistonda fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyati takomillashtiriladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi.
Hujjat fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatining samaradorligini yanada oshirish, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining bu sohadagi vakolatlarini kengaytirish va faol ishtirokini ta’minlash maqsadida qabul qilindi.
Qarorda belgilanishicha, 2018-yil 1-iyuldan:
barcha fermer va dehqon xo‘jaliklarining Kengashga a’zoligi majburiy, tomorqa yer egalari uchun esa ixtiyoriy hisoblanadi;
fermer va dehqon xo‘jaliklarining Kengashda a’zoligi tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi rayosati qaroriga muvofiq tugatilishi yer uchastkasiga egalik qilish, undan doimiy yoki muddatli foydalanish huquqi yoxud uni ijaraga olish huquqi bekor bo‘lishi uchun asos bo‘ladi;
fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari qishloq xo‘jaligida shartnoma majburiyatlarining bajarilishi yuzasidan monitoring hamda jamoat nazoratini amalga oshiradi.
Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlariga quyidagi huquqlar berildi:
uyma-uy yurish orqali dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining yer uchastkalaridan maqsadli va samarali foydalanilishini, shu jumladan, yerni tayyorlash, urug‘, ko‘chat va daraxtlar ekish, issiqxonalar qurish, chorva va parrandalarni ko‘paytirish holatini davriy monitoring qilib borish;
Kengash a’zolari – fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga tegishli yer uchastkalaridan maqsadli va samarali foydalanish zarurligi to‘g‘risida ko‘rsatmalar berish;
tuman hokimlariga fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining tegishli yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarini yer qonunchiligiga muvofiq tugatish zarurligi to‘g‘risida ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan takliflar kiritish.
https://daryo.uz/2018/04/27/ozbekistonda-fermer-dehqon-xojaliklari-va-tomorqa-yer-egalari-faoliyati-takomillashtiriladi
Oʻzbekiston Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi hamda Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashining dehqonlar va tomorqa yer egalariga murojaati
Aziz mirishkor dehqonlar va tomorqa yer egalari!
Ulkan oʻzgarishlar, olamshumul yangilanishlar davrida yashamoqdamiz. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan xalqimiz hayot darajasini, turmush farovonligini oshirish borasida uzoqni koʻzlab olib borilayotgan islohotlar samarasidan koʻnglimiz togʻdek yuksalmoqda, qalblarimiz gʻururga toʻlmoqda.
Yurtimizning barcha hududida mehnatidan baraka topayotgan tajribali dehqonlar koʻpchilikni tashkil etadi. Tomorqa — har bir oilaning bamisoli xazina manbai, moʻjaz goʻshasi. Ayni vaqtda mamlakatimizda 4,5 milliondan ortiq dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari 445 ming gektardan ziyod ekin maydonida mehnat qilmoqda.
Serhosil yerimiz, daromad olishga tomorqamiz bor ekan, doimo undan unumli foydalanish, xonadonlarimizni obod, yashash sharoitimizni namunali tarzga keltirish payidan boʻlaylik. Bu kabi tartib-taomil asosida ulgʻaygan farzandlarimiz ham yaxshi yashashga intilib, oʻz kelajagi uchun astoydil harakat qiladi.
Dehqonchilikda bahorning bir kuni yilga tatiydi. Koʻpni koʻrgan, tajribali dehqonlarimiz fasllar almashayotgan, tabiat uygʻonayotgan ushbu betakror pallada qanday yumushlarni bajarish zarurligini juda yaxshi biladi. Ob-havo, iqlim injiqliklari bilan kurashaverib pishgan dehqonlarimiz ayni kunlarda har bir daqiqani gʻanimat bilib, undan unumli foydalanadi. Barcha tomorqa yer egasi sabzavot, kartoshka, poliz mahsulotlari va mevalar yetishtirib, oila ehtiyojidan ortganini bozorga chiqarish orqali qoʻshimcha daromad topishga harakat qiladi.
Bugungi kunda dehqonlarimiz va tomorqa yer egalarining oldida turgan birinchi galdagi vazifa oʻz hovlisi, tomorqalarini tartibga keltirish, yerga urugʻ qadashga tayyorgarlik koʻrishdir. Buning uchun hovli, ekin ekiladigan maydonlarning ariqlari xas-xashaklardan tozalanishi, mevali daraxtlarning taglari yumshatilishi, turli zararkunandalardan himoya qilish maqsadida ularning tanasi oqlanishi kerak. Chunki hozir mevali daraxtlarga ham turli zararkunandalarga qarshi ishlov berishning ayni vaqti. Bu ishlar amalga oshirilsa, hovlilar, xonadonlar obod boʻladi. Zero, obod mahalla obod xonadonlardan tashkil topadi.
|
| |