|
Elektr Magnitostatika ld fizika pBog'liq узб Измер. силы, действ. на провод с током со стороны
Elektr
Magnitostatika
LD
FIZIKA
P 3.3.3.1
LD Didactic GmbH . Leyboldstrasse 1 . D-50354 Huerth / Germany . Phone: (02233) 604-0 . Fax: (02233) 604-222 . e-mail:
info@ld-didactic.de
©by LD
Didactic GmbH
Taqasimon magnit maydonida tokli o’tkazgichga ta’sir etuvchi
kuchni o’lchash
Tajribaning maqsadlari
Taqasimon magnit maydonida tokli o’tkazgichga ta’sir etuvchi kuchni tok kuchining funksiyasi
sifatida o’lchash.
Taqasimon magnit maydonida tokli o’tkazgichga ta’sir etuvchi kuchni o’kazgich uzunligining
funksiyasi sifatida o’lchash.
Taqasimon magnit maydonida tokli o’tkazgichga ta’sir etuvchi kuchni magnit maydoni vat ok
yo’nalishi o’rtaidagi burchakning funksiyasi sifatida o’lchash.
Magnit maydonini hisoblash.
Asosiy ma’lumotlar
Magnit induksiyasi, yoki soddaroq qilib aytganda magnit maydoni B vector kattalik hisoblanadi. B
magnit maydonida v tezlik bilan harakatlanayotgan q zaryadga tezlikning kattaligi va yo’nalishidan
hamda magnit maydoni kuchlanganligidan va yo’nalishidan bog’liq bo’lgan kuch ta’sir etadi. Bu
kuchni topish uchun quyidagi munosabatdan foydalaniladi
(1)
Mavzu rasmi: magnit maydonida tokli o’tkazgichga ta’sir etuvchi kuchning sxemali ko’rinishi.
Lorents kuchideb ataluvchi F kuch ham vector kattalik bo’lib u v va B lar bilan aniqlanadigan
tekislikka perpendikulyar ravishda tasir etadi.
Tokli otkazgichga magnit
maydonida ta’sir etayotgan kuchni toknihosil qiluvchi va shu maydonda harakatlanayotgan individual
Elektr
Magnitostatika
LD
FIZIKA
P 3.3.3.1
LD Didactic GmbH . Leyboldstrasse 1 . D-50354 Huerth / Germany . Phone: (02233) 604-0 . Fax: (02233) 604-222 . e-mail:
info@ld-didactic.de
©by LD
Didactic GmbH
zaryad tashuvchilarga ta’sir etuvchi kuch komponentlarining yig’indisi deb tushunish mumkin. (1)
tenglamaga asosan Lorents kuchi v dreif tezlik bilan harakatlanayotgan har bir individual q zaryadga
ta’sir etadi. To’g’ri o’tkazgich uchun bu umumiy kuch
(2)
Bu yerda – n zaryad tasuvchilarning zichligi, A - o’tkazgichning kondalang kesimining yuzasi, s –
o’tkazgichning magnit maydonida joylashgan qismining uzunligi.
Umumiy holda o’tkazgich kesimining yo’nalishini ko’rsatuvchi s vektorni kiritish qulay hisoblanadi.
Bundan tashqari qnAv ko’paytma I tok kuchiga teng. Shunday qilib magnit maydonining tokli
o’tkazgichga segmentiga ta’sir etuvchi kuchi quyidagi tenglamadan topiladi
(3)
Bu kuchning absolyut qiymati quyidagi tenglamadan topiladi
(4)
Bu yerda
- magnit maydoni vat ok kuchi yo’nalishi orasidagi burchak.
Bu tajribada 20 A gacha tok o’tkazadigan to’g’ri to’rt burchak shaklidagi otkazgich halqa taqasimon
magitning gorizontal maydoniga joylashtiriladi. Otkazgichning gorizontal qismiga ta’sir etuvchi kuch
o’lchanadi. Otkazgichning ikki vertical qismiga ta’sir etuvchi kuchlar o’zaro kompensatsiyalanadi.
O’tkazgich halqa kuch sensoriga ulanadi. U egilgan qismga ega bo’lib unga o’lchash asbobiga
biriktiriladi. Bu elementlarning elektr qarshiligi o’zgartirilishi mumkin. Qarshilikdagi o’zgarish hosil
bo’ladigan kuchga to’g’ri proportsional. Unga ulangan dinamometr qarshilikdagi o’zgarishni o’lchaydi
va unga mos kuchni ko’rsatadi.
|
| |