Elektron hukumat




Download 15 Kb.
Sana24.03.2017
Hajmi15 Kb.
#1863

      “Elektron hukumat” – axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo`llash hisobiga tashkilotlar va fuqarolar tomonidan davlat xizmatlari hamda davlat organlarining faoliyati natijalari to`g`risida axborot olish tezkorligi va qulayligining sifat jihatdan yangi darajasini ta`minlovchi davlat loyihasi. 


“Elektron hukumat” tizimi doirasida o`zaro munosobatning asosiy shakllari quyidagilar hisoblanadi:
•    davlat organlarining aholi bilan o`zaro axborot munosoabati;
•    davlat organlarining tadbirkorlik sub`ektlari bilan o`zaro axborot munosabati;
•    davlat organlarining o`zaro axborot munosabati.
     “Elektron hukumat” tizimini shakllantirish samaradorligining muhim ko`rsatkichlaridan biri bo`lib, interaktiv davlat xizmatlarini ko`rsatish va ulardan foydalanish huquqini ta`minlash tartibiga muvofiq elektron ko`rinishdagi ustuvor davlat xizmatlarini joriy etish hisoblanadi.
     “Elektron hukumat” tizimi orqali amalga oshiriladigan interaktiv davlat xizmatlari, yuqorida sanab o`tilgan yo`nalishlarga muvofiq guruhlangan bo`lishi lozim.
O`zbekiston Respublikasi Yer Resurslari Geodeziya, Kartografiya va davlat kadastri davlat qo’mitasi kadastr sohasida yaxlit geoaxborot tizimini yaratish va faoliyat yuritishiga yo`naltirilgan yagona siyosatni amalga oshiruvchi davlat hokimiyatining ijro etuvchi organidir.
     O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 27 iyundagi       1989-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2 ta “Milliy geografik axborot tizimini yaratish” hamda “Ko‘chmas mulk kadastri va ro‘yxatdan o‘tkazish tizimini  integrallashgan axborot tizimini yaratish” investitsiya loyihalarini 2013-2017 yillarda tegishli vazirliklar bilan birgalikda amalga oshirish belgilangan
“Elektron hukumat” doirasida ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish va kadastr yagona tizimini kompyuterlashtirish orqali Respublikada yer tuzish tizimini modernizatsiyalashning milliy strukturasini yaratish; 
- Mamlakatda bozor iqtisodiyoti sharoitida ko‘chmas mulk bozorini rivojlantirishni ta‘minlash maqsadida zamonaviy geofazoviy ma‘lumotlar bazasidan yanada kengiroq foydalanishni amalga oshirish;
- Kuchmas mulk borasida axborotlar almashish va interaktiv xizmatlarini joriy qilish. 
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, boshqa foydalanuvchilarni turli faoliyat sohalarida qarorlar qabul qilish uchun zarur bo‘lgan geodezik, kartografik va kadastr axboroti bilan ta‘minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi (“Ergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi) manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan hamkorlikda davlat va mahsus ahamiyatdagi GATni, shuningdek Davlat kadastrlari yagona tizimini (DKYaT) yaratish va yuritish ishlarini amalga oshirmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 22 noyabrdagi “Axborotlashtirish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish to‘g‘risida”gi 256-son qarori bilan davlat axborot resurslarini (DAR) shakllantirish tartibi va davlat organlari axborot tizimlarini (DOAT) yaratish tartibi to‘g‘risidagi nizomlar tasdiqlandi.
DOATlar, ularni yaratish tartibi, shuningdek axborot tizimlarini yaratishda davlat organlarining vazifalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 20 fevradagi 27-son qarori bilan “Davlat axborot resurslari ro‘yxati” tasdiqlandi, unga “Ergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi va uning tuzilmaviy bo‘linmalari tomonidan shakllantiriladigan va soz holda tutiladigan quyidagi davlat axborot resurslari kiritildi:
Davlat kadastrlari yagona tizimi (DKYaT);
Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlar davlat reyestri;
Bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlar davlat reyestri;
Davlat kartografiya-geodeziya fondi;
Davlat yer fondi.
    Yuqorida keltirilgan davlat axborot resurslari 2006 yil 9 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Axborot resurslari davlat reyestrida belgilangan tartibda ro‘yxatga olindi va boshqa axborot resurslari bilan birga O‘zbekiston MGATining axboriy asosini tashkil qiladi.
   “Yergeodezkadastr” davlat qo`mitasiga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqqan holda, jismoniy va yuridik shaxslarga interaktiv ko`rinishda http://www.ygk.uz rasmiy sayti orqali xizmatlar amalga oshirilmoqda. Aholi va biznes uchun davlat xizmatlarini taqdim etishni maqbullashtirish hamda ularning ochiqligi va sifatliligini oshirish bo`yicha muntazam ravishda ishlar olib borilmoqda.
“Elektron hukumat” tizimida, asosiy ijtimoiy-iqtisodiy ko`rsatkichlar bo`yicha statistik ma`lumotlarning samarali qayta ishlanishi va saqlanishini ta`minlash, shuningdek hududiy joylashishidan qat`iy nazar, barcha darajadagi boshqaruv organlari, yuridik va jismoniy shaxslarga axborotlarni o`z vaqtida va to`liq taqdim etish mexanizmlarini yaratish ko`zda tutilmoqda. Shu munosabat bilan, “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish uchun, davlat statistika organlarida AKTdan keng foydalanish asosida statistika faoliyatining samaradorligini oshirish, axborot-tahlil jarayonlari tizimini takomillashtirish bo`yicha ishlar olib borilmoqda. Davlat statistika organlari, fuqarolar va tashkilotlarning axborot jamiyati sharoitlarida faoliyat yuritishlariga imkon beruvchi me`yoriy-huquqiy va uslubiy asoslar shakllantirilmoqda.
Interaktiv xizmatlarning rivojlanishi, ulardan foydalanishning soddaligi va saytning har qanday tashrif buyuruvchisiga qulayligi, aholi va tadbirkorlik sub`ektlari bilan o`zaro munosabatlarini yanada shaffofligini ta`minlaydi.

Download 15 Kb.




Download 15 Kb.