• Elektronika va sxemotexnika.
  • KIRISh Elektronika
  • Elektronika va sxemotexnika




    Download 7.6 Mb.
    bet1/63
    Sana10.11.2023
    Hajmi7.6 Mb.
    #96780
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63
    Bog'liq
    Elektronika va sxemotexnika
    1varianttttt, 1 лаб. иши топшириқлари, 3.-Z.Z.MiryusupovJ.X.Djumanov.Kompyuterarxitekturasi 2017, MB 1-4 NOSIROV MIRFAYZ, Mavzu Bilimlar tizimi-fayllar.org, Mavzu Bilimlar tizimi, 1-4 labaratoriyalar, Rahmatullayeva Surayyo amali-2, 5-amaliy ish 1.1, 2-laboratoriya ishi, 3 Laboratoriya ishi, 6-amaliy ish1.1, 1667308051, 6-var



    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    Oliy va O’rta maxsUs ta’lim vazirligi


    Abu Rayhon Beruniy nomidagi
    Toshkent Davlat Texnika universiteti
    SAYDUMAROV I.M., SHUKUROVA S.M.



    ELEKTRONIKA VA SXEMOTEXNIKA”

    O’QUV QO’LLANMA


    Тошкент – 2014
    I.M. Saydumarov, S.M. Shukurova. Elektronika va sxemotexnika. O’quv qo’llanma – Тoshkent: ТDТУ, 2014, 110 б, 2014-2015 o’quv yili rejasi
    Taqrizchilar: A.M. Nazarov, texnika fanlari doktori, professor
    O’.H. Qurbonova, fizika-matematika fanlari номзоди, доцент

    O‘quv qo‘llanmada yarimo‘tkazgichli elektronika qurilmalarining negiz elementlari ko‘rib chiqilgan. Diodlar, tranzistorlarning sinflanishi, volt - amper va boshqa xarakteristikalari, asosiy ulanish sxemalari va ularni turli ishchi rejimlarida aniq bir qurilmalarda qo‘llanilish xossalari keltirilgan. Analog va raqamli qurilmalarning yasalish prinsiplariga alohida e’tibor qaratilgan. Ularning ishlashining matematik ifodalash usullari, hamda berilgan texnik ko‘rsatgichlarga ega bo‘lgan qurilmalarni analiz va sintez asoslari keltirilgan.


    So’nggi yillarda nanoelektronikada muhim amaliy natijalarga erishildi, ya’niy zamonaviy telekomunikasiya va axborot tizimlarning negiz elementlarini tashkil etuvchi: geterotizimlar asosida yuqori samaradorlikka ega lazerlar va nurlanuvchi diodlar yaratildi; fotoqabulqilgichlar, o’ta yuqori chastotali tranzistorlar, bir elektronlitranzistorlar, turli xil sensorlar hamda boshqalar yaratildi. Nanoelektron o’ta yuqori va giga yuqori integral sxemalar ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi.
    O‘quv qo‘llanma tegishli yo‘nalishlarda ta’lim olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan.

    KIRISh
    Elektronika – elektronlarni elektr maydoni bilan ta’sirini va axborot uzatish, qayta ishlash va saqlashda qo‘llaniladigan elektron asbob va qurilmalarni yaratish usullarini o‘rganish bilan shug‘ullanadigan fan.
    Elektronika, avvalambor inson jamiyatining axborotga bo‘lgan talablarini qondirishga mo‘ljallangan. Ishlab chiqarish kuchlarining va ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanishi texnika va texnologiyaning yangi turlarini yaratishga asoslangan va axborot vositalarining rivojlanishi bilan kuchli ravishda bog‘liq. Insonlar o‘rtasidagi axborot almashish qurilmalarining rivojlanish tarixi bir necha bosqichlardan iborat: harakat va mimika, tovush, yozuv, kitob bosmasi, elektronika. Hozirgi kunda axborot uzatish, qayta ishlash va saqlash qurilmalarining barchasi inson jamiyati tomonidan ishlatilmoqda. Axborot uzatishning yangi usuliga o‘tish doim jamiyatda ishlab chiqarish kuchlarini keskin o‘sishiga olib kelgan. Elektronika uzoq masofalarga uzatilayotgan axborotning uzatish tezligi va hajmini keskin orttirdi. Elektronika rivojlanish jaaryonida to‘rt bosqichni bosib o‘tdi.

    Download 7.6 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




    Download 7.6 Mb.