• Dars tarix fakulteti 313-23 guruhida o’tkaziladi. Manzil: 2-qavat 214-хоnа BARCHA QIZIQUVCHILAR TAKLIF ETILADI.
  • BAYONNOMASI Jizzax shahri 11.11.2023-y Qatnashdilar
  • YIG’ILISH QAROR QILADI
  • Yig‘ilish raisi: dots. M.A.Jurayev Kotib: S.Hamroyeva
  • E'lon! Hurmatli professor-o'qituvchilar! 2023-yiI 11-noyabr kuni 2- juftlikda Amaliy o’zbek tili fanidan F. Abdujalilovaning




    Download 376.5 Kb.
    Sana11.12.2023
    Hajmi376.5 Kb.
    #115776

    E'LON!


    Hurmatli professor-o'qituvchilar!
    2023-yiI 11-noyabr kuni 2- juftlikda
    Amaliy o’zbek tili fanidan F.Abdujalilovaning
    Kasbiy faoliyatda nutq madaniyati. Turli shevalarga xos so’zlarning qiyosiy jadvalini tuzish.O’zbek tilining lahja va shevalari” mavzusidagi ochiq darsi bo'lib o'tadi.
    Dars tarix fakulteti 313-23 guruhida o’tkaziladi.
    Manzil: 2-qavat 214-хоnа



    BARCHA QIZIQUVCHILAR TAKLIF ETILADI.

    O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi F.Abdujalilovaning tarix fakulteti 313-23 guruhida amaliy o‘zbek tili fanidan o‘tkazilgan ochiq dars tahlili




    BAYONNOMASI
    Jizzax shahri 11.11.2023-y


    Qatnashdilar: kafedra mudiri dots.M.A.Jurayev, dots.O.Xidirov, o`qituvchilar: G.Tulisheva, S.Ne’matova, N.Kryigitova


    Eshitildi: Kafedra mudiri dots.M.A.Jurayev: Biz O’zbek tili va adabiyoti kafedrasi katta o’qituvchisi F.Abdujalilovaning 2 soatlik amaliy darsini kuzatdik. Avvalo, uning o’zini dars yuzasidan fikrini so’raymiz.
    Eshitildi: F.Abdujalilova:
    Bugun tarix fakulteti 313-23 guruhida amaliy o’zbek tili fanidan “"mavzusida 2 soatlik ochiq dars o`tdim.
    Dars mavzusi rejaga muvofiq tanlandi. Darsning maqsadi - talabalarga bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan davrda axborot texnologiyalarining o‘rni va ahamiyati tarix haqida ko’proq ma’lumot berish bo`lsa, vazifasi talabalarning o‘zbek tiliga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish va yangi innovatsion texnologiyalar asosida o’tish yo’llarini tushuntirib berdi. Yangi mavzu haqida to’liq ma’lumotga ega bo’lishdi. vaqt me’yori ham albatta hisobga olindi.Yozuv tatasidan unumli foydalanildi. Dars yaxshi tashkillashtirildi.
    Eshitildi: dots.O.Xidirov : Dars yaxshi taassurotlar qoldirdi. Talabalarning darsdagi faolligini ko’rib xursand bo’ldik. O’qituvchi keyin talabalarga tarix haqida qiziqarli faktlardan o’qitdi va buning natijasida talabalar yanada ko‘proq ma'lumotlar va o‘zbek tilini ravon gapirishlariga imkoniyat paydo bo‘ldi. Talabalar shuncha ma'lumotlarni bilishini ko’rib havasim keldi. Dars qiziqarli o’tdi.
    Eshitildi: kafedra mudiri dots.M.A.Jurayev: Biz o’zbek tili va adabiyoti kaferasi katta o’qituvchisi F.Abdujalilovaning 2 soatlik darsini kuzatdik. O‘qituvchi darsni yangi pedagogik texnologiya asosida o’tib berdi. Dars o’z vaqtida boshlandi.ozuv taxtasiga sana yozilgach, yo’qlama qilindi. So’ng talabalarda o’tgan darsni qay darajada o’zlashtirganini aniqlash uchun talabalarning barchasidan savol-javob orqali nazorat turini o’tqazdi. Talabalar o’tgan mavzuni mustahkamladilar. Talabalarning ayrimlari savollarga kreativ yondashdilar.
    Yozuv taxtasiga yangi mavzu yozib qo’yildi. Mavzu: “Kasbiy faoliyatda nutq madaniyati. Turli shevalarga xos so’zlarning qiyosiy jadvalini tuzish.O’zbek tilining lahja va shevalari ". Yangi mavzu talabalarga juda yaxshi tushuntirildi. Guruh ikkiga bo’linib, yangi mavzu yuzasidan topshiriqlarni bajarishdi. Dars yaxshi tashkil etilgan. O’qituvchining nutqi ravon, o’zini erkin tutdi. Slaydlar, ko’rgazmali qurol-kartochkalardan foydalanildi.
    O’qituvchi darsni talab darajasida o’tkazdi.


    YIG’ILISH QAROR QILADI:

    1. Katta o‘qituvchi F.Abdujalilovaning tarix fakulteti 313-23 guruhida amaliy o‘zbek tili fanidan amaliy mashg’ulot darsida “Kasbiy faoliyatda nutq madaniyati. Turli shevalarga xos so’zlarning qiyosiy jadvalini tuzish.O’zbek tilining lahja va shevalari "mavzusida 2 soatlik amaliy ochiq darsi bo`yicha yuqorida qayd etilgan o`qituvchilarning ushbu dars yuzasidan bildirgan fikrlari ma`lumot uchun qabul qilinsin.

    2.F.Abdujalilovaning tarix fakulteti 313-23 guruhida amaliy o’zbek tili fanidan amaliy mashg’ulot darsida “Kasbiy faoliyatda nutq madaniyati. Turli shevalarga xos so’zlarning qiyosiy jadvalini tuzish.O’zbek tilining lahja va shevalari’’ mavzusida 2 soatlik amaliy ochiq darsi na’munali deb topilsin.
    3.Kafedrada mana shunday namunali ochiq darslarning o`tilishi yanada yo`lga qo`yilsin va nazoratga olinsin.


    Yig‘ilish raisi: dots. M.A.Jurayev


    Kotib: S.Hamroyeva




    Download 376.5 Kb.




    Download 376.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    E'lon! Hurmatli professor-o'qituvchilar! 2023-yiI 11-noyabr kuni 2- juftlikda Amaliy o’zbek tili fanidan F. Abdujalilovaning

    Download 376.5 Kb.