• O’quvchi soni: 14 Annotatsiya
  • To’garak nomi va guruhi
  • Mashg’ulot tipi
  • Mashg’ulotning borishi: Tashkiliy qism
  • O’quvchilarning ijodkorlik qobilyatini tekshirish
  • O’tilgan mavzu bo’yicha bilimlarni mustahkamlash
  • Ko’rgazma va namoyishlar tashkil etish
  • Familyasi: Yarlayeva




    Download 0.82 Mb.
    Sana24.03.2017
    Hajmi0.82 Mb.
    #1713


    Familyasi: Yarlayeva

    Ismi: Latofat

    Otasining ismi: Niyozmamatovna

    Ish joyi: 9- maktab

    Lavozimi: O’qituvchi

    Tuman: Pataxtakor

    Viloyat: Jizzax

    Fan: Tasviriy san’at to’garagi

    Togarak mavzu ishlanmasi: “Avtoportret” ishlash

    O’quvchi soni: 14
    Annotatsiya: Ushbu tasviriy san’at to’garagi mashg’ulotining ishlanmasida, mashg’ulotning tashkil etilishi, o’quvchilarning ijodkorlik qobilyatni rivojlantirish va turli vositalardan foydalanib, tasvirlar yaratish usullari yoritib berilgan.

    To’garak nomi va guruhi: Yosh musavvirlar to’garagi “Kamalak”guruhi.

    Mashg’ulot o’tish joyi va sanasi: 9- maktab 12.01.2016.

    Togarak rahbari: Yarlayeva Latofat

    Mashg’ulotning mavzusi: “Avtoportret” ishlash

    Mashg’ulotning maqsadi: Tarsviriy san’at janrlari haqida chuqurroq bilim berish, avtopertret haqida tushuncha berish va avtoportret ishlash ko’nikmasini hosil qilish.

    Mashg’ulot tipi: Suhbat, kichik guruhlarda ishlash, sovol-javob

    Mashg’ulotning shakli: Noananaviy

    Mashg’ulotda foydalanilgan metodlar: “Aqliy hujum”,”BBB’’ metodlari.

    Mashg’ulotda foydalanilgan jihozlar: Rassomlar tomonidan ishlangan reproduksiyalar, vidyo rolik.

    O’quvchi uchun: A3 format, suv idish, qalam, o’chirg’ich, akvarel bo’yog’i va oyna.



    Mashg’ulotning borishi:

    Tashkiliy qism: Salomlashish, davomatni aniqlash. (1 daqiqa)

    Yangi mavzu bayoni: (5 daqiqa)

    “Aqliy hujim”

    Savol: - Tasviriy san’at qanday janrlarga bo’linadi?

    Javob: - Maishiy, manzara, natyurmort, portret.

    Savol: - Portret deganda nimani tushunasiz?

    Javob: - Insonlarning yuz qiyofasi ishlangan tasvir.

    O’qituvchi: - Musavvir tomonidan ishlangan asarlaridan eng yuksak, badiiy savyada ishlangan asarlari ichida bu “Avtoportretdir” , chunku hech kim rassomning o’zichalik uning ichki kechinmalari, dunyo qarashi, ruhiyatini yaxshi bilmaydi.

    Avtoportretning badiiy qiymati chizilgan insonning o’ziga o’xshashligi, insonning ichki kechinmalarini yoritib bera olganligi, kamponovka to’g’ri olinganligi, rang surtmalaridan to’g’ri va mohirona foydalana olganligi bilan belgilanadi.Portretning chizilish usullarining ketma-ketlik bosqichi o’qituvchi tomonidan bosqichma-bosqich chizib ko’rsatiladi (Rassom Alisher Aliqulov tomonidan portret janrida ishlangan multemediya qo’yib beriladi)



    O’quvchilarning ijodkorlik qobilyatini tekshirish (10 daqiqa)

    O’quvchilar mustaqil o’zlari bugungi mavzuni qay darajada o’zlashtirganligini ijodiy ishi orqali ko’rsatib beradi.

    O’qituvchi- ular ishini kuzatib boradi, mavzuni o’zlashtirishga qiynalayotgan o’quvchilarga amaliy yordam berib beriladi.

    O’tilgan mavzu bo’yicha bilimlarni mustahkamlash: (5daqiqa)

    “BBB “ o’yin metodidan foydalanamiz;



    Bilaman

    Bilishni hohlayman

    Bilib oldim

    Portret janri haqidagi bilimlar aniqlanadi.

    Avtoportret haqida nimalarni bilishni istashlari aniqlanadi

    Savol- javob orqali o’quvchilarning bugungi darsdan olgan bilimlari aniqlanadi.

    Metoddan foydalanish uch bosqich asosida amalga oshiriladi, ya’ni:

    1. O’quvchilarning o’rganilishi rejalashtirilayotgan mavzu bo’yicha tushunchalarga egalik darajalari aniqlanadi.

    2. O’quvchilarning mavzu bo’yicha mavjud bilimlarini boyitishga bo’lgan ehtiyojlari o’rganiladi.

    3. O’quvchilar mavzuga oid ma’lumotlar bilan batafsil tanishtiriladilar.

    Amaliy ish: O’quvchilar oynaga qarab o’zlarining avtoportretlarini ishlash

    O’quvchilar mustaqil o’zlari bugungi mavzuni qay darajada o’zlashtirganligini ijodiy ishi orqali ko’rsatib beradi.

    O’qituvchi- ular ishini kuzatib boradi, mavzuni o’zlashtirishga qiynalayotgan o’quvchilarga amaliy yordam berib boriladi.

    Ko’rgazma va namoyishlar tashkil etish:

    O’quvchilarning eng namunali ishi tanlab olinadi va o’quvchilarga namoyish etilib tahlil qilish orqali, qolgan o’quvchilar o’z ishlarini nazorat qiladilar.



    Mustaqil va o’z ustida ishlash uchun uyga vazifa topshiriq berish:

    Har bir o’quvchi oynaga qarab o’zining avtoportretini ishlash vazifasi beriladi.

    Download 0.82 Mb.




    Download 0.82 Mb.