• Markazdan qochma nasos.
  • Farg`ona Politexnika instituti Mexanika-mashinasozlik fakulteti 28-20 tmj guruh talabalari




    Download 0.8 Mb.
    Sana07.06.2023
    Hajmi0.8 Mb.
    #70526
    Bog'liq
    Anvarjonov Azizbek Texnalogik mashinalar
    Python uslubiy qo\'llanma 2019(2), «Hot Potatoes» dasturida interaktiv topshiriqlar yaratish bo’yic-fayllar.org, 427431-Pythonda turtle kutubxonasi bilan ishlash (1), 20230623T1034 - Abduxalilova Muslima 21.21 - Yakuniy davlat atestatsiya testi, Badiiy Gimnastika to\'garagi 68 soat

    Farg`ona Politexnika instituti Mexanika-mashinasozlik fakulteti 28-20 TMJ guruh talabalari Anvarjonov Azizjonning Texnalogik mashinalar va qurilmalarni hisoblash asoslari fanidan tayyorlagan TAQDIMOT ISHI Tekshirdi : Xalilov Ismoiljon _________ Bajardi : Anvarjonov Azizjon _________

    Nasoslar Reja 1. Suyuqliklarni uzatish. 2.Nasoslarning turlari va asosiy parametrlari. 3. Nasosning asosiy parametrlari.

    Kimyo sanoatining barcha tarmoqlarida suyuqliklar gorizontal va vertical trubalar orqali uzatiladi. Suyuqliklarni uzatish uchun mo’jallangan mashinalar (qurilmalar) nasoslar deyiladi. Trubaning boshlang’ich va oxirgi nuqtalaridagi bosimlar farqi trubalarda suyuqlikning oqishi uchun harakatlanuvchi kuch hisoblanadi. Suyuqlik oqimining trubalardagi harakatlantiruvchi kuchi gidravlik mashinalar yoki nasoslar orqali hosil qilinadi. Nasos elektrdvigateldan mexanik energiya olib, uni suyuqlik xarakatining oqim energiyasiga aylantirib, bosimini oshiradi. Nasoslar iqtisodiyotning barcha sohalarida: mashinasozlikda, metallurgiyada, kimyosanoatida, erishlarini gidromexanizastiyalashtirishda va ko’pchilikboshqa tarmoqlarda kengqo’llaniladi.

    Nasoslarning turlari va asosiy parametrlari. Nasoslar asosan ikki turga: dinamik va hajmiy nasoslarga bo’linadi. Dinamik nasoslarda suyuqlik tashqi kuch ta’sirida harakatga keltiriladi. Nasos ichidagi suyuqlik nasos ga kirish va undan chiqish trubalari bilan uzluksiz bog’langan bo’ladi. Suyuqlikka ta’sir qiladigan kuchning turiga ko’ra, dinamik nasoslar parrakli va ishqalanish kuchi yordamida ishlaydigan nasoslarga bo’linadi. Parrakli nasoslar o’z navbatida markazdan qochma va propellerli (o’qli) nasoslarga bo’linadi. Markazdan qochma nasoslarda suyuqlik ish g’ildiragining markazidan uning chetiga qarab harakat qilsa, propellerli nasoslarda esa suyuqlik g’ildirakning o’qi yo’nalishida harakat qiladi.

    Ishqalanish kuchiga asoslangan nasoslar ikki xil (uyurmaviy va oqimli) bo’ladi. Uyurmaviy va oqimli nasoslarda suyuqlik asosan ishqalanish kuchi ta’sirida harakatga keladi. Hajmiy nasoslarning ishlash prinstipi suyuqlikning ma’lum bir hajmini yopiq kameradan itarib chiqarishga asoslangan. Hajmiy nasoslar jumlasiga porshenli, plunjerli, diafragmali, shesternyali, plastinali va vintsimon nasoslar kiradi. Sanoatda suyuqliklarni siqilgan gaz (yoki havo) yordamida uzatish uchun gaz liftlar va montejyular ham ishlatiladi. Nasosning asosiy parametrlari. Nasoslardan foydalanish ish unumdorligi, napor va quvvat kabi kattaliklar bilan belgilanadi.

    Markazdan qochma nasoslarda spiralsimon qobiq ichida parrakli ish g’ildirak joylashgan bo’ladi. Ish g’ildirakning aylanishida markazdan qochma kuch hosil bo’ladi. Bu kuch ta’sirida suyuqlikning so’rilishi va uni haydash bir me’yorda uzluksiz boradi. Markazdan qochma nasos sxemasini ko’rishimiz mumkin:

    Markazdan qochma nasos.

    1- spiralsimon qo’zg’almas kamera;

    2-ish g’ildiragi;

    3-parraklar;

    5- so’ruvchi truba;

    6- kirish klapani; 7- to’rli filtr; uzatuvchi truba; 9- suyuqlik quyiladigan truba; 10 - salnik.

    Nasos ishga tushirilishidan oldin so’rish trubasi, ish g’ildiragi va qobiq suyuqlik bilan to’ldiriladi. Shundan keyin dvigatel tokmanbaiga ulanadi va ish g’ildiragi harakatga keltiriladi. Suyuqlik g’ildirak bilan birga aylanib, markazdan qochma kuch ta’sirida parraklar vositasida g’ildirakning markazidan chekkasiga otilib, spiralsimon qo’zg’almas kamerani to’ldiradi va haydash trubasi orqali balandlikka ko’tariladi. Bunda ish g’ildiragiga kirish oldida siyraklanish vujudga keladi. Suyuqlik atmosfera bosimi ta’sirida yig’gich rezervuardan kirish klapani orqali so’rish trubasidan nasosga kirib, ish g’ildirakning markaziy qismini to’ldiradi hamda g’ildirakning chekkalariga chiqarib tashlanadi va hokazo. Shunday qilib, uzluksiz markazdan qochma kuch ta’sirida suyuqlikning nasos orqali o’tadigan uzluksiz oqimi vujudga keladi

    Suyuqlikning ish g’ildiragi orqali oqib o’tishida dvigatelning mexanik energiyasi suyuqlik oqimi energiyasiga aylanadi. Bunda ish g’ildirakdan chiqish oldida suyuqlikning bosimi ortadi. Porshenli nasoslarning tuzilishi va ishlash prinstipi. Porshenli nasoslarda suyuqlik haydash trubasiga ilgarilanma – qaytma harakat qiluvchi mexanizmlar orqali uzatiladi. Porshenli nasoslar vositasida har qanday qovushqoqlikdagi suyuqliklarni uzatish mumkin. Porshenli nasoslardan oz miqdordagi suyuqliklarni yuqori bosimda uzatishda va suyuqlik sarfi o’zgarmas bo’lib, bosim keskin o’zgaradigan hollarda foydalanish qulay. Bu nasoslarda porshen nasos qobig’ida gorizontal va vertical hollarda joylashgan bo’lishi mumkin. Ishlash prinstipiga ko’ra porshenli nasoslar oddiy, ikki bosqichli va ko’p bosqichli bo’ladi. Porshen suyuqlikni faqat old tomoni bilan siqib chiqaradigan nasos oddiy bir tomonlama ishlaydigan nasos deyiladi. Agar nasos silindrida porshenning ikkala tomonida joylashgan ish kamerasi bo’lsa va porshen ulardan suyuqlikni ketma – ket siqib chiqarsa, bunday nasos ikki bosqichli yoki ikki tomonlama ishlaydigan nasos deyiladi.

    Oddiy gorizontal holatdagi porshenli nasos 1- stilindr; 2- porshen; 3- ilgarilanma – qaytma harakat qiluvchi mexanizm; 4,5 – so’ruvchi va uzatuvchi klapanlar; 6,7 – so`ruvchi va uzatuvchi trubalar.

    Oddiy porshenli nasosning ishlash prinstipini ko’rib chiqamiz . Nasos porsheni so’rish jarayonida o’ng tomonga harakat qilganda ish kamerasining hajmi kattalashadi. Undagi bosim kamayib, siyraklanish hosil bo’ladi. Past kirezervuardagi (nasos suyuqlikni so’rib oladigan basseyndagi) suyuqlikning erkin sirti atmosfera bosimi R ta’sirida bo’ladi. Atmosfera bosimi bilan pasaytirilgan bosim R orasidagi farq ta’sirida suyuqlik rezervuardan so’rish trubasi bo’ylab silindrga ko’tariladi hamda so’rish klapanini ochib, nasosning ish kamerasi bo’shlig’ini to’ldiradi.


    Download 0.8 Mb.




    Download 0.8 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Farg`ona Politexnika instituti Mexanika-mashinasozlik fakulteti 28-20 tmj guruh talabalari

    Download 0.8 Mb.