Farg'ona shahar hokimining 2016 yil 28 oktyabrdagi




Download 9.86 Kb.
Sana30.12.2019
Hajmi9.86 Kb.

Farg'ona shahar hokimining

2016 yil 28 oktyabrdagi

1298-sonli qarori



O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

2016 yil 20 oktyabrdagi 353-sonli va viloyat hokimining

2016 yil 25 oktyabrdagi 303-sonli qarorlari to’g’risida

“Elektron hukumat to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari (keyingi o’rinlarda davlat organlari deb ataladi), boshqa tashkilotlar tomonidan ko’rsatilayotgan davlat elektron xizmatini o’rganish va tahlil qilishga yagona yondashuvni ta’minlash, shuningdek xizmatlar ko’rsatish va ulardan foydalanish sifatini oshirish yuzasidan qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 20 oktyabrdagi 353-sonli va viloyat hokimining 2016 yil 25 oktyabrdagi 303-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida,

                         QAROR QILAMAN:


  1. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 20 oktyabrdagi "Davlat elektron xizmatlari ko’rsatish sifatini baholash metodikasini tasdiqlash to’g’risida"gi 353-sonli hamda viloyat hokimining 2016 yil 25 oktyabrdagi 303-sonli qarorlari raxbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.

  2. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mazkur qarori bilan:

         Davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlar tomonidan davlat elektron xizmatlari ko’rsatish sifatini baholash metodikasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi;

        O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikastiyalarini rivojlantirish vazirligiga:

Davlat organlari va boshqa tashkilotlari tomonidan davlat elektron xizmatlari ko’rsatishning holati to’g’risidagi axborotlarni vazirlik tomonidan to’plash, qabul qilish, ayriboshlash va saqlashning ta’minlanishini xisobga olgan xolda ikki oy muddatda NIS.UZ idoralararo avtomatlashtirilgan axborot tizimini (keyingi o’rinlarda Tizim deb ataladi) takomillashtirish chora-tadbirlarini ko’rilishi;

Davlat elektron xizmatini ko’rsatish sifatini baholash metodikasi talablariga muvofiq axborotlarni Tizimga kiritish tartibini reglamentlovchi yo’riqnomani 2016 yil 20 dekabrgacha bo’lgan muddatda ishlab chiqilishi;



Davlat elektron xizmatlar ko’rsatish sifatini baholash natijalarining ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan O’zbekiston Respublikasi Davlat interaktiv xizmatlari yagona portalida har yili e’lon qilinishini ta’minlash vazifalari yuklatilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

  1. Shaharda davlat elektron xizmatlari ko’rsatish tartibi va sifatini doimiy ravishda takomillashtirishga yo’naltirilgan chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

  2. Davlat elektron xizmatlari ko’rsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar davlat elektron xizmatlari ko’rsatish sifatini baholash metodikasida nazarda tutilgan tartibda davlat elektron xizmatlari ko’rsatishning holati to’g’risidagi ishonchli axborotlarni Tizimga har yili o’z vaqtida kiritilishini ta’minlasinlar.

  3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish shahar hokimining o’rinbosari U.Karimov zimmasiga yuklatilsin.

                Shahar hokimi                                                    D.Raxmatov

Download 9.86 Kb.




Download 9.86 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Farg'ona shahar hokimining 2016 yil 28 oktyabrdagi

Download 9.86 Kb.