• Fayl tizimi funktsiyalari va ma’lumotlar ierarxiyasi.
  • Fayl tizimlari. Fayl tizimi funktsiyalari va ma’lumotlar ierarxiyasi. Fat fayl tizimlari. Fayllarni joylashtirish jadvali. Boshka fayl tizimlari. Ular imkoniyatlari. Fayl va katologlarga murojaat va chegaralari




    Download 93.5 Kb.
    bet1/4
    Sana04.12.2022
    Hajmi93.5 Kb.
    #33095
      1   2   3   4
    Bog'liq
    fayl tizimlari. fayl tizimi funktsiya


    Aim.uz

    Fayl tizimlari. Fayl tizimi funktsiyalari va ma’lumotlar ierarxiyasi. FAT fayl tizimlari. Fayllarni joylashtirish jadvali. Boshka fayl tizimlari. Ular imkoniyatlari. Fayl va katologlarga murojaat va chegaralari.

    Fayllarni boshqarish tizimlari, Ko`pgina zamonaviy OT larning asosini tashkil etadi. M-n, UNIX OT i, fayl tizimisiz ishlamaydi, unda fayl tizimi asosiy tushunchalardan biridir. Hamma zamonaviy OT lar fayllardan va ular bilan ishlash uchun mos dastur tahmintidan foydalanadi. Gap shundaki, birinchidan, fayl tizimi orqali ma’lumotlar bo`yicha ko`pgina ishlov beruvchi dasturlar bog`lanadi. Ikkinchidan, bu tizim orqali disk makonini markazlashtirilgan holda taqsimlash va ma’lumotlarni boshqarish muammolari yechiladi. Va nihoyat, foydalanuvchilar o`z ma’lumotlariga murojaat qilishning oson usullariga ega bo`ladilar, bu ma’lumotlarni, tashqi xotira qurilmalarida joylashtiradilar.


    Turli OT lar va tashqi xotiraning turli qurilmalari uchun yaratilgan Ko`pgina fayl tizimlari mavjuddir. Ularda, mos ravishda ma’lumotlarni joylama (nositelg`) da joylashtirishning har xil printsiplaridan foydalaniladi. Biz, FAT, FAT 32 va NTFS fayl tizimlari bilan tanishamiz. Ayniqsa, hozirgi kunda eng Ko`p tarqalgan fayl tizimi bilan – NTFS bilan tanishish muhim ahamiyatga egadir.


    Fayl tizimi funktsiyalari va ma’lumotlar ierarxiyasi.
    Fayl deganda, odatda nomlangan, bir xil tuzilishga ega bo`lgan yozuvlardan tashkil topgan ma’lumotlar to`plami tushuniladi. Bu ma’lumotlarni boshqarish uchun, mos ravishda fayl tizimlari yaratiladi. Fayl tizimi, ma’lumotlar mantiqiy strukturasinining va ularga ishlov berish jarayonida bajariladigan amallar bilan ish olib borish imkonini beradi. Aynan fayl tizimi, ma’lumotlarni disklarda yoki biror-bir boshqa jamlamada tashkil etish usulini aniqlaydi. Fayl tizimining qabul qilingan spetsifikatsiyalari bo`yicha, fayllar bilan ishlashni amalga oshiruvchi maxsus tizimli dasturiy ta’minotni, ko`pincha fayllarni boshqaruv tizimi deyiladi. Aynan, fayllarni boshqarish tizimi, fayl ma’lumotlarini yaratish, yo`qotish tashkil etish, o`qish, yozish, modifikatsiya qilish va joyini o`zgartirish va u bilan birga fayllarga murojaatni va fayllar tomonidan foydalaniladigan resurslarni boshqarishga javob beradi.
    Fayllarni boshqarish tizimining “FBT” asosiy vazifasi, bizga kerakli bo`lgan yozuvning aniq fizik adresini ko`rsatib, quyi darajada murojaat o`rniga, fayl ko`rinishida tashkil etilgan ma’lumotlarga murojaatning qulay usulini berishidir, ya’ni fayl nomi va undagi yozuvni nomini ko`rsatib, mantiqan murojaat qilishga imkon berishdir.
    Fayllarni boshqarish tizimi yordamida, foydalanuvchilarga quyidagi imkoniyatlar yaratiladi:

    • foydalanuvchilarning muloqat funktsiyalarini (uning ma’lumotlari bilan) amalga oshiruvchi va fayllarni boshqarish tizimidan faol foydalanuvchi, maxsus boshqaruvchi funktsiyalar yordamida yoki o`z dasturlaridan, nomli ma’lumotlar to`plamini (fayllarni) yaratish, olib tashlash va qayta nomlash (va boshqa operatsiyalar);

    • disksiz periferik qurilmalar bilan fayl kabi ishlash;

    • fayllar orasida, qurilmalar o`rtasida (va teskari) ma’lumotlar almashinish;

    • fayllarni boshqarish tizimi dasturiy modullariga murojaat usuli bilan fayllar bilan ishlash (API ning bir qismi fayllar bilan ishlashga mo`ljallangan);

    • fayllarni huquqsiz murojaatdan himoya qilish.

    Qoida bo`yicha hamma zamonaviy OT lar o`z fayllarini boshqarish tizimilariga egadir. Ba’zi OT lar esa, bir nechta fayl tizimlari bilan ishlash imkoniga egadirlar (bir nechtasi ichidan bittasi yoki bir nechtasi bilan bir vaqtda). Bu hollarda, montirovka qilinadigan fayl tizimlari to`g`risida so`z boradi (montirovka qilinadigan fayllarni boshqarish tizimlarini qo`shimcha sifatida o`rnatish mumkin) va bu borada ular mustaqildir.
    Shu narsa ma’lumki, fayllarni boshqaruv tizimi, OT ning asosiy komponentasi bo`lgan holda, undan mustaqil emas, chunki API ning mos chaqiriqlaridan faol foydalanadi. Shu bilan birga, FBT ning o`zi API ni yangi chaqiriqlar bilan boyitadi.
    Demak, shuni ta’kidlash mumkinki, ixtiyoriy FBT o`z-o`ziga mavjud emas, balki ular aniq OT muhitida ishlash uchun yaratiladi. Misol uchun hammaga tanish fayl tizimi FAT ni keltirish mumkin (File Allocation Table – fayllarni joylashtirish jadvali). Bu tizim, fayllarni boshqarish tizimi sifatida Ko`p hollarda ishlatiladi.
    Bu fayl tizimining turli OT larda ishlaydigan, turli versiyalari mavjuddir: FAT, FAT 12, FAT 16, super FAT va x.k.lar.
    Bu FBT ning MS DOS OT dan to Windows NT bilan ishlaydigan versiyalari mavjud. Boshqacha qilib aytganda, ma’lum fayllar tizimiga mos tashkil etilgan fayllar bilan ishlashda, har bir OT uchun o`z fayllarni boshqarish tizimi ishlab chiqishi shart. Va bu fayl tizimi, qaysi OT uchun mo`ljallangan bo`lsa, o`sha OT da ishlaydi, ammmo boshqa fayllarni boshqaruv tizimi yordamida yaratilgan fayllarga murojaat imkonini ta’minlaydi (boshqa OT FBT bu OT FBT printsiplari asosida ishlaydigan bo`lishi kerak).
    Sh.q. fayl tizimi – bu ma’lumotlarning qabul qilngan sertifikatsiyalari bo`yicha tashkil etilgan to`plamlari majmuasi bo`lib, ular fayllarga murojaat uchun zarur bo`lgan adresli ma’lumotlarni olish usulini aniqlaydi.
    Demak, fayl tizimi termini, avvalambor fayllarga tashkil etilgan ma’lumotlarga murojat printsiplarini aniqlaydi. Xudi shu terminni u yoki bu jamlamada joylashgan aniq fayllarga nisbatan ham ishlashtish mumkin. Fayllarni boshqarish termini esa, fayl tizimining aniq realizatsiyasiga (amalga oshishiga) nisbatan ishlatish mumkin, ya’ni bu tizim – aniq OT larda fayllar bilan ishlashni ta’minlaydigan dastur modullari to`plamidir.
    Inson ishlaydigan ma’lumotlar, odatda strukturalashtirilgandir. Bu avvalo, ma’lumotlarni samarali saqlashni tashkil etishga imkon beradi, qidiruvni osonlashtiradi, nomlashda qo`shimcha imkoniyatlar yaratadi. Xuddi shuningdek, fayllar bilan ishlashda ham iloji boricha strukturalashtirish mexanizmini kiritish kerak. Hammadan osoni ierarxik munosabatlarni tashkil etishdir. Buning uchun, katalog tushunchasini, kiritish directory yetarlidir. Katalog, fayl ko`rinishida tashkil etilgan ma’lumotlar to`g`risidagi ma’lumotni o`z ichiga oladi.
    Boshqacha aytganda, katalogda fayllar diskriptori saqlanadi. Agar fayllar, blok qurilmasida tashkil etilgan bo`lsa, aynan katalog yordamida FBT, shu ma’lumotlar joylashgan blok adreslarini topadi. Katalog, maxsus tizimli ma’lumot strukturasiga emas, (asosiy, ildiz katalog deyiladi), fayl o`zi ham bo`lishi mumkin. Bunday fayl-katalog, maxsus tizimli qiymatga ega bo`lib, uni boshqa oddiy fayllar orasida ajratish zarurdir. Fayl Katalog Ko`pincha “podkatalog” (subdirectory) deb ataladi. Agar fayl katalog, boshqa fayllar haqida ma’lumotni o`zida saqlasa, ular orasida ham o`z navbatida fayl-kataloglar bo`lsa, biz xech qanday chegaralanmagan ierarxiyaga ega bo`lamiz.
    Undan tashqari, bunday fayl ob’ektlarni fayl katalog kiritish, fayl tizimini nafaqat strukturalash, ildiz katalogdagi elementlar sonini chegaralanmagan muammosini hal qiladi. Fayl katalogida elementlar soniga chegara yo`q, shuning uchun katta o`lchamdagi kataloglarni yaratish mumkin.



    Download 93.5 Kb.
      1   2   3   4




    Download 93.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Fayl tizimlari. Fayl tizimi funktsiyalari va ma’lumotlar ierarxiyasi. Fat fayl tizimlari. Fayllarni joylashtirish jadvali. Boshka fayl tizimlari. Ular imkoniyatlari. Fayl va katologlarga murojaat va chegaralari

    Download 93.5 Kb.