• Alternativ hol ( Power-CASSY siz)
  • I. Nazariy ma’lumotlar Muhitning magnitlanishi. Magnitlanish egri chizig‘i.
  • Gisterezis hodisasi.
  • Ferromagnitning magnitlanish egri chizig’ini va gisterzis halqasini o’lchash ishning maqsadi




    Download 135.91 Kb.
    bet1/3
    Sana07.06.2023
    Hajmi135.91 Kb.
    #70459
      1   2   3
    Bog'liq
    L11-laboratoriya
    elementar zarralardan, Извлеченные страницы из Микроиктисодиёт китоб 22, Elektr yoy pechlariva induksion qurilmalarni ish rejimlari, 3a, AIChTJ hiobot Mannobov, 1, CONTENTS

    FERROMAGNITNING MAGNITLANISH EGRI CHIZIG’INI VA GISTERZIS HALQASINI O’LCHASH
    Ishning maqsadi:
    O‘zgaruvchan magnet maydonida joylashgan ferromagnitlarning magnitlanishini va gisterezis xalqasini hosil bo‘lish jarayonini o‘rganish.
    Kerakli asbob-uskunalar: 1 Power-CASSY (524011), 1 Sensor-CASSY (524010), yoki (524013), 1 CASSY Lab 2 (524220), 1 U-ko’rinishli o’zak (56211), 1 Mahkamlash qurilmasi (562121), 2 500 o’ramli g’altak (56214), 4 Ulash kabellari,, 100 cm, qora (500444), 1 PC with Windows XP/Vista/7/8: Alternativ hol ( Power-CASSY siz): 1 Sensor-CASSY (524010) yoki (524013), 1 CASSY Lab 2 (524220), 1 U-ko’rinishli o’zak (56211), 1 Mahkamlash qurilmasi (562121), 2 500 o’ramli g’altak (56214), 1 Funksional generator S12 (522621), 1 STE resistor 1 0, 2 W (57719), 1 Pozetkalar doskasi (57671), 1 Ulash kabeli, 50 cm, qora (500424), 7 Ulash kabellari, 100 cm, qora (500444), 1 PC, Windows XP/Vista/7/8
    I. Nazariy ma’lumotlar


    Muhitning magnitlanishi. Magnitlanish egri chizig‘i. Turli moddalar magnit maydonida magnitlanadi, ya’ni ularning o‘zi magnit maydon manbai bo‘lib qoladi. Magnitlanish qobiliyatiga ega bo‘lgan moddalar magnetiklar deyiladi. Magnitlanishning sababi hamma moddalarda bitta atom chegarasida tutashgan mayda elektr toklarining, ya’ni molekulyar toklar i - ning mavjudligidir. Agar magnetik magnitlanmagan bo‘lsa, u holda u magnit maydon hosil qilmaydi. Bu, ularda molekulyar toklar tartibsiz joylashgan va ularning yig‘indi ta’sirlari nolga teng degan so‘zdir. Magnetik magnitlanishida molekulyar toklarning joylashishi qisman yoki butunlay tartiblanib qoladi. SHuning uchun magnitlangan magnetikni mayda orientatsiyalangan toklar sistemasi kabi tasavvur qilish mumkin (1- rasm).

    1 – rasm.
    Moddaning magnitlanishi I (hajm birligidagi magnit momenti) magnit maydon kuchlanganligi bilan I=c×H ifoda orqali bog‘langan (c - magnit qabul qiluvchanlik). Magnit maydoni induksiyasi V va magnit maydon kuchlanganligi N ning qiymatlariga qarab magnetikning magnitlanishi I=V/m0–N - ni aniqlash mumkin. Ferromagnetiklar uchun magnitlanish I-ning N - ga bog‘liqligini 2 – rasmda tasvirlangan. Maydon kuchlanganligi N -ning ortishi bilan magnitlanish I ham tez orta boshlaydi, so‘ngra magnitlanish to‘yinishga ega bo‘ladi, bunda magnitlanish biror maksimal qiymat IT -ga etadi va deyarli magnit maydon kuchlanganligiga bog‘liq bo‘lmay qoladi.

    2 – rasm 3 – rasm
    Gisterezis hodisasi. Bizga ma’lumki, ferromagnitlarda gisterezis hodisasi kuzatiladi. Agar magnitlanmagan ferromag-netikni magnitlovchi g‘altak ichiga joylashtirsak magnetikdagi magnit induksiya qiymati 3 - rasmdagi OV1 ordinata kesmasi bilan tasvirlanadi. Endi yana magnit maydonini kamaytirsak, unda induksiya kamayishi 1O induksiya egiri chizig‘i kesmasi bilan emas, balki 1V’ egiri chizig‘i bilan tasvirlanadi va maydon yana nolga tenglashganda induksiya nolga teng bo‘lmaydi, OV’ kesma bilan ifodalanadi. Bu holatda ferromagnetik doimiy magnit bo‘ladi. Agar bundan keyin magnitlovchi g‘altakdagi tokning yo‘nalishini o‘zgartirilsa va namuna teskari yo‘nalishda magnitsizlantirilsa, unda induksiya egiri chizig‘i V’2 egiri chiziq kesmasi bilan ko‘rsatiladi. Maydonni teskari yo‘nalishda o‘zgartirilganda induksiya 2 V’’1 egiri chiziqqa mos ravishda o‘zgaradi. Ferromagnetikni siklik qayta magnitlashda undagi induksiya o‘zgarishi sirtmoqsimon yopiq egiri chiziq 1V’2B’’1 bilan tasvirlanadi. Induksiya o‘zgarishining magnit maydon kuchlanganligi o‘zgarishidan o‘ziga xos orqada qolishi ro‘y berdi. Bu hodisa magnit gisterezisi deb nom oldi. Induksiya V ning N ga bog‘liqligini ko‘rsatuvchi sirtmoqsimon egiri chiziq gisterezis sitrmog‘i deyiladi (3-rasm). Rasmda ko‘rsatilgan egiri chiziqdan magnitlovchi egiri chiziq yo‘qotilganda ferromagnit qoldiq magnetizmni saqlab qoladi, shu bilan birga magnetik ichida biror qoldiq induksiya mavjud bo‘ladi. Magnitlovchi maydon amplitudasi orttirilganda u chegaraviy qiymat VT ga erishadi. Qoldiq magnitlanishni yo‘qotish uchun ferromagnetik ichida dastlabki magnitlovchi maydonga qarshi yo‘nalgan ONK kesma bilan tasvirlangan maydon hosil qilish lozim. Bu maydonni ferromagnetikning tutib qoluvchi yoki koersitiv kuchi deyiladi. Gisterezis xalqasining kuzatilishi ferromagnitlarda alohida-alohida joylashgan mikroskopik, ya’ni etarlicha kichik hajmdagi magnitlangan qismlar – domenlarlarning mavjudligidir (2 rasmga qarang).


    II. O‘lchash uslubining nazariyasi va qurilmasining tavsifi

    Download 135.91 Kb.
      1   2   3




    Download 135.91 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ferromagnitning magnitlanish egri chizig’ini va gisterzis halqasini o’lchash ishning maqsadi

    Download 135.91 Kb.