|
Front End va Back End haqida tushuncha Front End va Back End Assalomu alaykum omuc jamoasi. Bu mening dastlabki maqolam. Bu maqolada men sizlarga Front End va Back End haqida ozgina tushuncha bermoqchiman
|
Sana | 13.01.2023 | Hajmi | 190 Kb. | | #38133 |
Bog'liq Front End va Back End haqida tushuncha Turizm menejmenti(у), Turizm marketingi majmua
Front End va Back End haqida tushuncha
Front End va Back End
Assalomu alaykum OMUC jamoasi. Bu mening dastlabki maqolam.
Bu maqolada men sizlarga Front End va Back End haqida ozgina tushuncha bermoqchiman.
1.Front End va Back End haqida.
2.Front End ga qaysi dasturlash tillari kiradi?
3.Back End ga qaysi dastulash tillari kiradi?
Web sayt yaratish uchun Full Stack ni bilish kerak. Full Stack - bu inglizcha - to'liq to'plam degan ma'noni bildiradi. Full Stack 2 ga bo'linadi:
Fron End
Back End
Front End
Front End - bu (inglizcha - foydalanuvchi iterfeysi) veb-sayt yoki dasturning mijoz tomonida ishlaydigan foydalanuvchi interfeysi va funktsiyalarini ishlab chiqish. Bu veb-sahifani ochishda foydalanuvchi ko'radigan va u bilan aloqada bo'lgan hamma narsa.Ya'ni sayt foydalanuvchisiga ko'rinadiga qismi. Bunda dizaynni misol qilib olsak bo'ladi.
Frontend dasturchisiga qo'yiladigan talablar:
HTML, CSS haqida ma'lumot
JavaScript dasturlash tilini bilish
HTML5, CSS3-da ishlash tajribasi
JS ramkalarini yaxshi tushunish (Angular2 , jQuery , ReactJS , Node.js)
MVC / MVVM dizayn naqshlari bilan tanishtirish
Yangi texnologiyalarni tahlil qilish, o'rganish, o'zlashtirish va qo'llash qobiliyati
Intermediate dan past bo'lmagan darajada ingliz tili
Front End dasturlash uchun zarur bo'lgan dasturlash tillari
Back End
Back End - (inglizcha - orqa uchi) bu serverda ishlaydigan har qanday narsa, ya'ni "brauzerda emas". Yoki "boshqa kompyuterlarning xabarlariga javob beradigan tarmoqqa (odatda Internetga) ulangan kompyuterda". Apparat va dasturiy ta'minot to'plami bo'lib, uning yordamida sayt ishlashi mantig'i amalga oshiriladi. Ya'ni bu foydaluvchiga ko'rinmas qismi.
Back End 4 ta qismga bo'linadi:
Server
Ilova
Ma'lumotlar ba'zasi
Backend dasturchisi o'z serverida mavjud bo'lgan vositalardan foydalanadi. U har qanday universal dasturlash tillarini tanlashga haqli, masalan, Ruby, PHP, Python, Java.
Ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimlari backend ishlab chiqish uchun ham qo'llaniladi:
MySQL
PostgreSQL
SQLite
MongoDB
Mijozlar uchun dasturiy
ta'minot
|
Server dasturi
|
Front End
|
Back End
|
HTML
|
PHP
|
CSS
|
ASP
|
Bootstrap
|
C++
|
JavaScript
|
C#
|
jQuery
|
Python
|
React
|
SQL
|
Angular
|
Node.js
|
XML
|
Ruby
|
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Front End va Back End haqida tushuncha Front End va Back End Assalomu alaykum omuc jamoasi. Bu mening dastlabki maqolam. Bu maqolada men sizlarga Front End va Back End haqida ozgina tushuncha bermoqchiman
|