Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
225
Ge Energy.
Ge Energy kompaniyasi dasturlari
yuqorida keltirilgan ikki
kompaniya ishlab chiqaradigan dasturlardan keskin ravishda farq qiladi. Bu
kompaniya Birlashgan Qirollik (Buyuk Britaniya)da 1980-yillarda tashkil etilgan
hamda CAD tizimini ishlab chiqarishga moʻljallangan
Smallworld GIS
kompaniyasini 2000 - yilda sotib olgandan keyin tashkil topgan.
Bu dastur
kompleks muhandislik tarmoqlari uchun moʻljallanib,
asosan elektr va gaz
sanoatida keng qoʻllaniladi. Dastur ishchi stoli
turkumidagi kompyuterlarni
internetga bogʻlagan holda ishlatish imkoniyatini beradi.
Nazorat savollari
1.
Geoportal nima?
2.
Geoportaldagi asosiy xizmat turlarini ta’riflab bering.
3.
Veb-GAT bilan geoportalning farqi nimadan iborat?
4.
Geoaxborotning zamonaviy rivojlanishi deganda nimani tushunasiz?
5.
Ekspert tizimlarning vazifasi nimalardan iborat?
6.
GAT va multimedia vositalarining oʻzaro bogʻliqligi nimada?
7.
GAT dasturlari va ma’lumotlarini internet orqali bogʻlash
va uning
afzalliklari nimadan iborat?
8.
Uch oʻlchamli (3D) GAT nima uchun zarur?
9.
Onlayn geoxizmatlarga nimalar kiradi?
10.
Pullik va bepul geoxizmatlarning afzalliklari
va kamchiliklari
nimalardan iborat?
11.
GAT va mobil qurilmalarning oʻzaro bogʻliqligi nimadan iborat?
12.
Geoaxborotning ilmiy rivojlanishi deganda nimani tushunasiz?
13.
Geoaxborotning rivojlanish istiqbollariga misol keltiring.
14.
Jahonning yetakchi GAT dasturlari ishlab chiqaruvchi kompaniyalari
haqida nima bilasiz?