• Membrana lipidlari
  • RH + hv→ R (bоshlоvchi rеaktsiya );
  • Membrana oqsillari
  • Biomembranalar tarkibi va funksiyasi
  • Gerter va Grendel, Danielli Devson modeli Membrana lipidlari




    Download 74.62 Kb.
    Sana31.10.2023
    Hajmi74.62 Kb.
    #91427
    Bog'liq
    6-Labaratoriya, 2 kurslar uchun yakuniy atestatsiya (2)

    REJA:

    • Gerter va Grendel, Danielli – Devson modeli
    • Membrana lipidlari
    • Lipid erkin radikallari.
    • Fosfolipid molekulasining kimyoviy strukturasi

    Gerter va Grendel (1925), Danielli - Devson (1935) biomembrana modeli yaratishdi, Robertsorming (1957) universal modelida esa barcha membranalar bir xil tuzilishga ega ekanligi ko'rsatib berildi.G.Nikolsonning suyuq mozaika modeliga binoan, fosfolipid molekulalari membranada ikki qatlam hosil qilib joylashgan va ular doimo har xil harakatda bo'ladi. Ba'zan lipid molekulalari bir qatlamdan ikkinchisi "sakrab" o'tadi (flip-flop yoki arg'imchoq sakrash). Ikkita qatlamdagi lipid molekulalari tarkib jiqatidan o'zaro farqlanadi, ya'ni fosfolipidlar ikki qatlamda assimetrik joylashgan.

    Membrana lipidlari 14-22 ta uglerod atomlaridan iborat zanjir bo‘lib, fosfolipidlar, glikolipidlar va steroidlardan tashkil topgan. Fosfolipidlar molekulasi ikki qismdan tashkil topgan: bosh qismi (qutblangan gidrofil) va dum qismi (gidrofob). Fosfolipidning bosh qismi fosfor kislotasi qoldig‘i, gidrofob dum qismi uglevodorodlar qoldig‘idan tashkil topgan. Lipid molekulalari hujayra membranasida qalinligi 3,5-4,0 nm bo‘lib, ikki qavat hosil qilib joylashadi.

    Membrana lipidlari

    Membranani 3 xil tipdagi lipidlar tashkil etadi: fosfolipidlar, xolesterin va glikolipidlar. Asosiy tipdagi lipidlar fosfolipidlar bo‘lib hisoblanib, ular fosfatidilxolin (letsitin), fosfatidiletanolamin, fosfatidilserin, fosfatidilinozit va sfingomielinni saqlaydi.

    Lipid erkin radikallari. Х,ujayra mеmbranasining asоsiy mоddalaridan bo’lmish lipidlar tarkibidagi yog kislоtalari muayyan sharоitda (UB iоnlantiruvchi radiatsiya yoki CCl4 singari mоddalar ta’sirida) erkin radikalli оksidlanadi. Jarayonni muayyan bir erkin radikal (R') bоshlab bеradi:

    RH + hv→ R' (bоshlоvchi rеaktsiya );

    R' + 02 —> R02' (rеaktsiyaning davоm ettirilishi);

    R02` + RH -> RООH+ R' (

    RООH — >RО — ОH (zanjirning tarmоqlanishi)

    2 R02' P (qo’zg’algan va asоsiy hоlatga o’tgan mahsulоt).

    Fosfolipid molekulasining kimyoviy strukturasi

    Fosfolipidlar boshqa lipidlar singari, fosfatidiletanolamin, 3 atomli spirt glitsirin ikkita yog‘li kislotadan tashkil topgan. 3atomli spirt –glitsirin ikki yog‘ kislatasi va fosfor kislotasini murakkab efir bog‘i orqali bog‘laydi. Glitsirin- fosfolipidlar molekulasida asosiy bog‘lovchi zveno bo‘lib hisoblanadi. Qoraytirilgan qismi-glitsirindir.

     

    Membrana oqsillari

    Proteinlar membrana orqali turli yo‘llar bilan bog‘lanishadi:

    * Integral membrana oqsillari- transmembrana spirallashgan (domen) qismlaridan tashkil topgan, ya’ni ular lipid qo‘shqatlamini bir necha marta kesib o‘tadi. Bunday oqsillar lipidlar qurshovi bilan mustahkam bog‘langan bo‘ladi.

    * Periferik membrana oqsillari- membranada lipid langar zanjiri yordamida ushlanib turishadi va membrananing boshqa komponentlari bilan o‘zaro bog‘lanishadi.

    * Ayrim lipid molekulalari va hujayra yuzasi oqsillari kovalent bog‘lari orqali uglevod komponentlarini membrananing tashqi tomoniga ko‘tarib turishadi. Bularga glikoprotein va i glikolipidlar deyiladi va ular qo‘shimcha bog‘lanmagan glipoprotein va polisaxaridlarbilan birga hujayra qobig‘ni (glikokaliks) hosil qiladi.

    Biomembranalar tarkibi va funksiyasi

    Hayvon hujayralarida asosiy membranalar bo‘lib plazmatik membranalar, yadroning tashqi va ichki membranasi, endoplazmatik retikulum va Goldji apparatining membranalari, mitoxondrya membranasining tashqi va ichki membranalari hisoblanadi. Lizosomalar, peroksisomalar va har xil vezikulalar sitoplazmadan o‘zining membranalari bilan ajratilgan bo‘ladi. O‘simlik hujayralari ham xloroplastlar, leykoplastlar va vakuolalar membranalaridan tashkil topgan.


    Download 74.62 Kb.




    Download 74.62 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Gerter va Grendel, Danielli Devson modeli Membrana lipidlari

    Download 74.62 Kb.