• II bob Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik texnologiyalardan foydalanishning mazmuni
  • Xulosa ……………………………………………………………………………….
  • Kirish
  • I bob Yosh avlodni tarbiyalashda pedagogik texnologiyani qo’llash jarayonining o’ziga xos xususiyatlari




    Download 53.78 Kb.
    bet1/7
    Sana10.05.2023
    Hajmi53.78 Kb.
    #57952
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    KURS ISHI Alixanova Gulnora
    1-amaliy topshiriq edit 04-02-2022 21.26.30, metodicheskie rekomendacii dlja raboty v sensornoj, 7-sinf, Dasturlash-boyicha-savol-javob-kodeksi, Mavzu maktabgacha ta\'limda pedagogik jarayonlarni loyihalashtir, Ajoyib limitlar 1- ajoyib va 2- ajoyib limit-fayllar.org, Mavzu Hujjat tarkibiga rasm o’rnatish va hujjatni bezash, Tiggo 7 price, Kiberxavfsizlik siyosati fanidan mustaqil ish, portal.guldu.uz-коллоид системаларнинг олиниш усуллари, Gazlarda elektr toki. Gaz razryadining volt amper, test Xufyona , 1-savol odamni nima o’ldiradi, 977

    Mundarija:
    Kirish…………………………………………………………………………………………. 3
    I bob Yosh avlodni tarbiyalashda pedagogik texnologiyani qo’llash jarayonining o’ziga xos xususiyatlari
    1.1 Pedagogik texnologiyaning mazmun va mohiyati……………… 5
    1.2 Maktabgacha ta’lim tashkilotida pedagogik texnologiyalarni ta’lim-tabiya jarayoniga tadbiq etish………………………………………… 13
    II bob Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik texnologiyalardan foydalanishning mazmuni
    2.1 Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’limiy faoliyatni tashkil etishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish…………………….. 20
    2.2 Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim samaradorligini oshirishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish…………….. 25
    Xulosa ………………………………………………………………………………. 32
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………………………….. 35


    Kirish
    Mavzuning dolzarbligi. Bugungi kunda mamlakatimizda barcha sohalarda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, maktabgacha ta’lim sohasida tub o‘zgarishlar amalga oshirilib, maktabgacha yoshdagi bolalarning ta’lim-tarbiya olishi masalasi davlat darajasidagi dolzarb masalaga aylandi. Bu borada Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan ishlar, qabul qilinayotgan farmon va qarorlar dasturul amal bo‘lmoqda. Maktabgacha ta’lim vazirligining tashkil etilishi, Prezidentimiz tomonidan “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2707-sonli Qaror, O’zbekiston Respublikasi “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to’g’risida”gi qonuni, Maktabgacha ta’lim tizimi boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari, “Ilk qadam” Davlat o’quv dasturi, “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030- yilgacha rivojlantirish Konseptsiyasi” kabi me`yoriy huquqiy hujjatlarning qabul qilinishi maktabgacha ta’lim tizimida ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda alohida ahamiyat kasb etmoqda. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga ta’lim berish jarayonini takomillashtirishda bo‘lajak pedagoglarning ilmiy va uslubiy ta’minlanganligi, ularning kasbiy tayyorgarligi asosiy masalalardan sanaladi.
    Bugungi kunda dunyo miqyosida axborot kommunikatsiya tizimining yuksak darajada rivoj topib borayotganligi va bu boshqa sohalar qatorida ta‘lim jarayoniga ham kirib kelib, uni yanada sifatli tashkil etishga o‘z ta‘sirini ko‘rsatayotganligi barchamizga ma‘lum. Bunday sharoitda inson faoliyatining nazariy va amaliy qirralari ham uzluksiz yangilanib turishi tabiiydir. Pedagogik faoliyat ham alohida va murakkab mehnat turi sifatida bundan mustasno emas. Pedagoglar o‘z faoliyatlarida kafolatlangan natijalarni qo‘lga kiritishga urinmoqdalar. XXI asrni olimlarimiz tomonidan axborot texnologiyalari asri deb tan olinganligi pedagogik va axborot texnologiyalari kun sayin barcha sohalarda rivojlanayotgani, jumladan, ta‘lim sohasida ham yangi axborot texnologiyalaridan keng foydalanish an‘anaviy o‘qitish usullaridan ko‘ra samarali va yuqori natijalarga olib kelmoqda. Shuning uchun ham pedagogik texnologiyalarni ta‘lim jarayoniga joriy etish, ta‘lim samaradorligini oshirish uchun tinimsiz izlanish bugungi kunning ehtiyojiga aylandi.

    Download 53.78 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 53.78 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    I bob Yosh avlodni tarbiyalashda pedagogik texnologiyani qo’llash jarayonining o’ziga xos xususiyatlari

    Download 53.78 Kb.