1
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
MOLIYA FAKULTETI MOLIYA VA MOLIYAVIY
TEXNOLOGIYALAR YO’NALISHI
KURS ISHI
Mavzu: Ishlab chiqarish omillar, ularning o’zaro ta’siri va
rivojlanishi
Ilmiy rahbar: _________________________
Talaba: Salomov Fayzi.
2022-2023 o`quv yili
2
MUNDARIJA:
I. KIRISH
I-BOB.
1.1 Ishlab chiqarish mazmuni va mohiyati
1.2 Moddiy ishlab chiqarish sohasi
1.3 Ishlab chiqarish jarayonining ikki tomoni.
II-BOB.
2.1 Ishlab chiqarish omillari va uning tarkibi.
2.2. Ishlab chiqarish omillaro va istemolni o’zaro bog’liqligi.
III. XULOSA
IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
3
Kirish
Hozirgi kunda butun jahon iqtisodchilarining oldida turgan yirik
masalalardan biri, bu shak shubhasiz, odamlarning bitmas tuganmas
ehtiyojlarini qondirishdir.
Shu sababli, bugun dunyoning har bir chekkasini olmaylik, turli
xildagi insonlarning iste’moli uchun kerak bo’ladigan mahsulotlarni
tayorlashga bo’lgan talab ortib bormoqda. Shu jumladan bizning
davlatimiz bo’limish O’zbekistonda bu borada ancha ishlar amalga
oshirilmoqda. Shu o’rinda Prizidentimiz I. A. Karimovning quyidagi
so’zlarini keltirishimiz lozim. “Sobiq ittifoq markazi o’tkazgan yangi
mustamlakachilik hududiy iqtisodiy siyosat oqibatida respublikada xalq
xo’jaligi bir tomonlama xom-ashyo bazasi sifatida rivojlandi.
Texnologiya, resurslar, shuningdek butlovchi buyumlarni bir qismini,
xalq is’temoli mollarini etkazib berish jihatidan boshqa respublikalarga
juda qaram qilib qo’ydi. Ammo “O’zbekiston - kelajagi buyuk davlat, deb
ta’kidlamoq uchun barcha asoslar bor. Respublikada hamma narsa: tabiiy
boyliklar, unumdor yer, qudratli iqtisodiy va ilmiy - texnikaviy, insoniy
va ma’naviy salohiyat mavjud”
O’zbekiston zaminida juda ulkan va noyob, hali ishlab chiqarishga
jalb etilmagan mineral xom-ashyo resurslari to’plangan. Ularning 95 turi
aniqlangan. Respublikada 370 ta kon ishlab, har yili 200 million tonnadan
ortiq tog’ jinslari qazib olinmoqda. Paxta tolasini yetishtirishda
mamlakatimiz jahonda yetakchi o’rinlardan birini egallaydi. Markaziy
Osiyo davlatlarida yetishtirilgan paxta tolasining 1,5 million tonnasi yoki
75 foizi O’zbekiston hissasiga to’g’ri keladi.
Hozirda dunyo aholisi soni taxminan 7 milyardga yetgan. Va bu
ko’rsatkich kundan kunga yanada oshib bormoqda.
4
Kishilik jamiyatini taraqqiyoti va insonlarni yashashlari uchun zarur
bo’lgan moddiy – ne’matlar tabiatda mavjud bo’lsada, ularni inson
extiyojlariga moslab tayyorlamoq, yetishtirmoq, ishlab chiqarmoq va
qayta ishlab, ularni tayyor iste’mol maxsulotlariga aylantirmoq lozim.
Buning uchun esa, eng avvalo ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan
unsurlarni bo’lishi, ularni o’zaro birikishini shakllantirish lozimdir.
Xullas ishlab chiqarishni tashkil etmoq kerak. Shundan keyin ishlab
chiqarishni maqsadi, moxiyati, vazifasi va uning natijalarini tushunmoq
kerak bo’ladi. Maqsad aniq bo’lgandan keyin esa, ishlab chiqarishni
uzluksizligini ta’minlash, samaradorligini oshirib borish
va
iste’molchilarga to’g’ridan to’g’ri yetkazib berish ustvor vazifaga
aylanadi. Biz ushbu kurs ishini tayorlashda asosan shu narsalarga katta
ahamiyat qaratdik. Ishlab chiqarishni, iste’mol, xo’jalikni tashkil qilish
va uni yuritishga ta’luqli tayanch iqtisodiy tushunchalar va iqtisodiy
qonuniyatlar yoritib berishga harakat qildik.
5
|