• 1- §. Graflar nazariyasining boshlang‘ich ma’lumotlari
  • 1.1. Graflar nazariyasi haqida umumiy ma’lumotlar.
  • Iii bob. Graflar nazariyasi




    Download 483.5 Kb.
    bet1/5
    Sana30.11.2022
    Hajmi483.5 Kb.
    #32512
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    III bob 1 § Graflar nazariyasining boshlang’ich ma’lumotlari
    Python asoslari, Olefinler, aliniwi ha\'m qa\'siyetleri2, 10-maruza (1), egamov orif, Safarmurod Bekmurodov taqdimoti 1, biofizika, 2-mustaqil ish, bux.esab, dolzarb muammolar, промежуточный контроль-1 HEMIS Student axborot tizimi, Tekis kesim yuzalarining geometrik xarakteristikalari, Markaziy bankning mustaqilligi, FILOLOGIYA FANLAR METODBIRLASHMASI 2023-2024, 2-mavz (1)

    1
    - §. Graflar nazariyasining boshlang‘ich ma’lumotlari



    III BOB. GRAFLAR NAZARIYASI

    Ushbu bobda graflar nazariyasi elementlari qaraladi. Dastlab graflar haqida qisqa tarixiy ma’lumotlar, grafning abstrakt matematik tushuncha sifatidagi ta’rifi va u bilan bog‘liq boshlang‘ich tushunchalar, graflarning geometrik ravishda, maxsus turdagi ko‘phad yordamida, qo‘shnilik va insidentlik matritsalari vositasida berilishi yoritiladi. So‘ngra grafning elementlari ustida sodda amallar, graflarni birlashtirish, biriktirish va ko‘paytirish amallari, marshrutlar va zanjirlar, grafning bog‘lamliligi tushunchasi, Eyler va Gamilton graflari, graflarda masofa tushunchasi, minimal masofali yo‘l haqidagi masala, daraxt va unga ekvivalent tushunchalar, grafning siklomatik soni bayon qilinadi. Tarmoq tushunchasi, tarmoqdagi oqimlar, maksimal oqim haqidagi masala va bu masalalarni hal qilish uchun Ford algoritmi ham ushbu bobda keltiriladi.




    1- §. Graflar nazariyasining boshlang‘ich ma’lumotlari


    Graf, uch, qirra, yoy, yo‘nalish, orgraf, qo‘shni uchlar, yakkalangan uch, karrali qirralar, multigraf, psevdograf, nolgraf, to‘la, belgilangan va izomorf graflar, grafning geometrik ifodalanishi, uchlar, qirralar va yoylar insidentligi.


    1.1. Graflar nazariyasi haqida umumiy ma’lumotlar. 1736 yilda L. Eyler tomonidan o‘sha davrda qiziqarli amaliy masalalardan biri hisoblangan Kyonigsberg1 ko‘priklari haqidagi masalaning qo‘yilishi va yechilishi graflar nazariyasining paydo bo‘lishiga asos bo‘ldi.
    Kyonigsberg shahridagi Pregel daryosi ustida qurilgan yettita ko‘priklar joylashuvi 1- shakldagi qadimiy xaritada tasvirlangan va qurilishi tartibida 1, 2, 3, 4, 5, 6 va 7 raqamlar bilan belgilangan. Pregel daryosi Kyonigsberg shahrini o‘sha davrda to‘rtta , , va qismlarga bo‘lgan. Shaharning ixtiyoriy qismida joylashgan uydan chiqib yettita ko‘priklardan faqat bir martadan o‘tib, yana o‘sha uyga qaytib kelish mumkinmi? Kyonigsberg ko‘priklari haqidagi bu masalani hal qilish jarayonida graflarda maxsus marshrut (hozirgi vaqtda graflar nazariyasida bu marshrut Eyler sikli nomi bilan yuritiladi, ushbu bobning 5- paragrafiga qarang) mavjudligi shartlari ham topildi. Bu natijalar e’lon qilingan tarixiy ilmiy ishning birinchi sahifasi 2- shaklda keltirilgan. L. Eylerning bu maqolasi yuz yildan ko‘p vaqt mobaynida graflar nazariyasi bo‘yicha yagona ilmiy ish bo‘lib keldi.
    X
    IX asrning o‘rtalarida graflar nazariyasi bilan bog‘liq tadqiqotlar G. Kirxgof2 va A. Keli3 ishlarida paydo bo‘ldi.

    Graf” iborasi D. Kyonig4 tomonidan 1936 yilda graflar nazariyasiga bag‘ishlangan dastlabki darslikda5 uchraydi.
    Graflar nazariyasi bo‘yicha tadqiqotlar natijalari inson faoliyatining turli sohalarida qo‘llaniladi. Ulardan ba’zilari quyidagilardir: boshqotirmalarni hal qilish; qiziqarli o‘yinlar; yo‘llar, elektr zanjirlari, integral sxemalari va boshqarish sistemalarini loyihalashtirish; avtomatlar, blok-sxemalar va komp’yuter uchun programmalarni tadqiq qilish va hokazo.

    Download 483.5 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 483.5 Kb.