• Hazrat Alisher Navoiy bobomiz axborotning shaxs, jamiyat hayotida tutgan ahamiyatini yuksak baholab, bundan besh asr oldin «Agar ogohsen sen, shohsen sen», degan bebaho satrni yozib qoldirgan.
  • Ma’lumki, har bir axborot tagida manfaat yotadi.
  • Jamiyatimiz hayotining deyarli barcha sohalarini, shu jumladan, ta’lim sohasidagi taraqqiyotini internet, televideniye, radio va ommaviy nashrlarsiz tasavvur qila olmaymiz.
  • Bunda yoshlar internet tizimlaridan foydalanganida, o‘zimizning rasmiy (filtrdan o‘tgan) va ishonchli saytlarimizdan ko‘proq foydalanishlari maqsadga muvofiqdir.
  • Internet veb-sahifalarida turli ma’lumotlar joylashtiriladi. Bu hujjatlar, jadval, diagrammalar, rasm, audio, videolavhalar, kitob va jurnallar, hujjatli hamda badiiy filmlar va boshqalardir.
  • Savol va topshiriqlar: 1. «Internet», «media madaniyat» va «axborot
  • 3. Bugungi kunda media madaniyatning jamiyat
  • Ijtimoiy tarmoqlar, ommaviy madaniyat unsurlarini bilish bugungi dolzarb vazifa hisoblanadi




    Download 1.63 Mb.
    Sana09.11.2023
    Hajmi1.63 Mb.
    #96094
    Bog'liq
    15 май оиа куни

    Jamiyat ma’naviyatini yuksaltirishda media madaniyatning ta’siri

    Ijtimoiy tarmoqlar, ommaviy madaniyat unsurlarini bilish bugungi dolzarb vazifa hisoblanadi.

    Biz yuqori texnologiyalar davrida yashayapmiz: istalgan ma’lumotni, o‘zimizga zarur bo‘lgan har qanday axborotni izlashda turli xil ijtimoiy-siyosiy gazetalar, kitoblar va teleko‘rsatuvlardan ko‘ra internetni ma’qul ko‘ramiz.

    Hazrat Alisher Navoiy bobomiz axborotning shaxs, jamiyat hayotida tutgan ahamiyatini yuksak baholab, bundan besh asr oldin «Agar ogohsen sen, shohsen sen», degan bebaho satrni yozib qoldirgan.

    Axborot texnologiyalari keskin rivojlanib borayotgan sharoitda axborot xavfsizligi shaxs, jamiyat, davlatning milliy manfaatlarini ta’minlashda katta ahamiyatga ega.

    Ma’lumki, har bir axborot tagida manfaat yotadi.


    Ammo axborotdan milliy va xalqaro manfaatlarga zid kelgan holda foydalanish jinoyat hisoblanadi.

    Bugungi kunda esa axborot dunyoning ayrim mamlakatlari hamda xalqaro terroristik tashkilotlari qo‘lida asosiy va dahshatli qurol vositasiga aylanib bormoqda.

    Jamiyatimiz hayotining deyarli barcha sohalarini, shu jumladan, ta’lim sohasidagi taraqqiyotini internet, televideniye, radio va ommaviy nashrlarsiz tasavvur qila olmaymiz.

    Dunyoda yuz berayotgan turli voqealar va ma’naviyatimizga zid bo‘lgan ma’lumotlar axborot- kommunikatsiya texnologiyalari, internet va ommaviy axborot vositalari orqali kirib kelmoqda.

    Bunda yoshlar internet tizimlaridan foydalanganida, o‘zimizning rasmiy (filtrdan o‘tgan) va ishonchli saytlarimizdan ko‘proq foydalanishlari maqsadga muvofiqdir.

    Ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ekologik sohalarda jiddiy o‘zgarishlar jarayoni, ayniqsa, axborot texnologiyalari sohasidagi keskin taraqqiyot axborot resurslarining rivojlanishiga olib keldi.

    Internet veb-sahifalarida turli ma’lumotlar joylashtiriladi. Bu hujjatlar, jadval, diagrammalar, rasm, audio, videolavhalar, kitob va jurnallar, hujjatli hamda badiiy filmlar va boshqalardir.

    Internet paydo bo‘lishi bilan uning jamiyat axloqiga ta’sir etuvchi muayyan bir jihatlari xususida turli bahslar bo‘lib o‘tgan.

    Globallashuv, ya’ni turli xil madaniy sharoitda istiqomat qiluvchi va turli tarbiyaga ega odamlarning muloqotda bo‘lishi oqibatida milliy qadriyatlarning qadrsizlanishiga olib kelishi namoyon bo‘la boshladi.

    Savol va topshiriqlar:

    1. «Internet», «media madaniyat» va «axborot

    xavfsizligi» tushunchalariga ta’rif bering.

    2. Hazrat Alisher Navoiy bobomizning «Agar

    ogohsen sen, shohsen sen», degan bebaho hikmatida

    qanday ma’no mujassam bo‘lgan?

    3. Bugungi kunda media madaniyatning jamiyat

    ma’naviyatiga ta’sirini nimalarda sezish mumkin?

    Rasmlar orqali fikringizni asoslang.


    Download 1.63 Mb.




    Download 1.63 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ijtimoiy tarmoqlar, ommaviy madaniyat unsurlarini bilish bugungi dolzarb vazifa hisoblanadi

    Download 1.63 Mb.