• KIRISH
  • ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
  • Ilmiy tadqiqot olib borish kompetentligi




    Download 41.63 Kb.
    bet1/4
    Sana29.06.2023
    Hajmi41.63 Kb.
    #75944
      1   2   3   4
    Bog'liq
    ILMIY TADQIQOT OLIB BORISH KOMPETENTLIGI
    awfdawesrbgsas vte rgt serg, xakerlar haqida, TTva TL 2-topshiriq, TOK, Документ Microsoft Word, Kompyuter tarmoqlari va ularning turlari, jismoniy tayyorgarlik, Web OOP, 7, Kompyuter-tarmoqlari.Z.Z.MiryusupovJ.X.Djumanov. (1), Topshiroq 1 Xasanov M, 3513-Article Text-6940-1-10-20220528, test tarmoq, Karimberdiyev H.F., MobaXterm 20.0.0.101root 20230426 115834

    ILMIY TADQIQOT OLIB BORISH KOMPETENTLIGI



    REJA:



    1. Kirish

    2. Adabiyotlar tahlili va metodologiya

    3. Muhokama va natijalar

    4. Xulosa

    5. Foydalanilgan adabiyotlar


    KIRISH



    Talabalarni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga yo„naltirish masalalari bugungi kunda jahonda keng ko„lamda amalga oshirilmoqda. Masalan, AQShning Nebraska shtati Linkoln universitetida, Yaponiyaning Vasseda universitetida talabalarning ilmiy- tadqiqotga yo„naltirish hamda ularning ilmiy, ijodiy fikrlarini o„stirish ya‟ni ijodiy- tanqidiy fikrlashga o„rgatish masalalari bo„yicha “Independent work» to„garagi tashkil qilingan. “Independent work» talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatiga yo„naltiruvchi to„garaklar sifatida tashkil qilingan bo‟lib, u to„garaklarda talabalarni bevosita ilmiy-tadqiqot faoliyatiga yo„naltirish, iqtidorli talabalarni aniqlash, ularni o„zi xohlagan yo„nalishlarga yo„naltirish masalalari bo„yicha ishlar olib borilmoqda.


    ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA


    Mamlakatimizning pedagog olimlaridan B.X.Rahimov talaba-yoshlarning ilmiy tadqiqot ishlariga yo„naltirishning ijtimoiy pedagogik asoslarini yoritib berdi. Olib borilgan tadqiqot natijasida [2, 9]:



    • talaba - yoshlarning ilmiy tadqiqot ishlariga oid faoliyatini shakllantirish dolzarb pedagogik muammo ekanligi nazariy-amaliy jihatdan asosladi;

    • muammoning mohiyatini ochib beruvchi tayanch tuShunchalarni sharhladi;

    • talabalarning ilmiy tadqiqotchilik faoliyatini shakllantirish jarayonining ijtimoiy-pedagogik xususiyatlari, mazmuni, shakli, usul va metodlari belgilab berdi;

    • talaba-yoshlarning ilmiy faoliyati samaradorligini ta‟minlovchi pedagogik omillar aniqladi;

    • talaba - yoshlarning ilmiy-ijodiy faoliyati darajasini aniqlovchi mezonlar ishlab chiqdi;

    • talabalarning mustaqil ilmiy faoliyat yuritishida “ilm orqali bilim olish” tamoyilining ahamiyati belgilandi va ilmiy asosladi;

    • oliy o„quv yurtlarida ilmiy tadqiqot ishlarini samarali tashkil etish jamiyat rivojlanishining muhim omillaridan biri ekanligi asoslab berdi;

    • talaba-yoshlarning ilmiy faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqdi.

    Yurtdoshimiz, yosh olima M.R.Qodirova o„z tadqiqotlarida ta‟lim jarayonlari samaradorligini baholash mezonlarini shakllantirishda: intellektual qobiliyatli, intellektual tashabbus, intellektual ijod va intellektual o„z-o„zini boshqarishni hisobga olgan.
    Tadqiqotda talabalarning ijodiy o„z-o„zini rivojlantirish darajalari to„ldirildi va tadbiq qilindi:[3, 11]
    1) passiv talaba o„zining imkoniyatlariga ishonmaydi, shu bilan birga, berilgan ma‟lum ijodiy topshiriqlarni bajara olmaydi va hohlamaydi; 2) sust, bo„sh talaba o„z kuchi va imkoniyatlarida ikkilanadi, ijodiy topshiriqlarni faqatgina o„qituvchi boshchiligida reproduktiv usul yordamida bajara oladi; 3) o„rtacha talabaga ijodiy topshiriqlarni bajarishda qo„shimcha omillar zarur va u o„ylaganini amalga oshirish uchun yangi elementlar kiritadi. Bunda talaba individual ijodiy faoliyatga intilmasdan, kichik guruhlarda afzal ko„rishi muhim; 4) kuchli talaba o„z kuchi va imkoniyatlariga ishonadi, ba‟zida ularga ortiqcha baho beradi.
    Tadqiqot doirasida talabalarning ijodiy rivojlanishining keng tarqalgan ko„rinishlari tavsiflangan:

    • passiv-tanishtiruv (ijodiy faoliyatga qiziqish va ichki ehtiyoj);

    • ijodiy-reproduktiv (talabalarning ijodiy faoliyatga intilishi bilan mos kelishi va uning reproduktiv xarakteri);




    • qisman ijodiy (talabaning faolligi tizimli istak va xohishlarni talab qiladi, uning ijodiy faoliyati izlanuvchi xarakterga ega);

    • xususiy ijodiy (talabaning o„z faolligini boshqarishda uning bilishga oid faoliyati ijodga aylanadi).

    Olima G.N.Ibragimova interfaol o„qitish metodlari va texnologiyalari asosida talabalarning kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirishni o„z tadqiqotlarida yoritib berganlar. Tadqiqot jarayonida quyidagi natijalarga erishildi[4, 8]:

    • talabalarda kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirishning umumkasbiy va soxaga yunaltirilgan kognitiv, ijtimoiy kompetensiyalarga yunaltirilgan faoliyati tuzilmasi komponentlari aniqlashtirdi;

    • interfaol ta‟lim muhitida kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirishning integrallashgan metodik tizimi, reproduktiv, ijodiy-izlanish va novatorlik bosqichlari mazmuni, shuningdek jarayon samaradorligini baholashning prognostik va kvalimetrik metodikasi ishlab chiqdi;

    • oliy ta‟lim muassasalari «Pedagogika» ta‟lim sohasi bo„yicha pedagog kadrlarini kreativ kompetentligiga qo„yiladigan umumiy malaka talablari takomillashtirdi;

    • tashkiliy-ijodiy damda integratsion yondashuv asosida o„quv va tarbiyaviy faoliyatni loyihalashtirish, interfaol o„qitish metodlari va texnologiyalari vositasida talabalarda kreativlik qobiliyatlarni rivojlantirishga doir amaliy taklif va tavsiyalar shakllantirdi.

    Rossiyalik pedagog-olim A.A.Gubaydulin o„z tadqiqotlarida talabalarning tadqiqot olib borish kompetentligini loyihaviy ta‟lim asosida shakllantirish texnologiyalarni ochib berdi[5].



    Download 41.63 Kb.
      1   2   3   4




    Download 41.63 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ilmiy tadqiqot olib borish kompetentligi

    Download 41.63 Kb.