Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining
8-sinfi uchun darslik
Ikkinchi nashri
INFORMATIKA
VA HISOBLASH TEXNIKASI ASOSLARI
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi
tomonidan tasdiqlangan
«O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»
Davlat ilmiy nashriyoti
Toshkent – 2015
2
— savol va topshiriqlar;
— mashqlar;
— yodda tuting;
© B. Boltayev va boshqalar, 2011, 2015.
© «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»
Davlat ilmiy nashriyoti, 2011, 2015.
ISBN 978-9943-07-353-1
Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan chop etildi.
M a s ’ u l m u h a r r i r :
N. Tayloqov – pedagogika fanlari doktori, professor.
T a q r i z c h i l a r :
B. Karimov
—
Toshkent shahridagi 90-umumiy o‘rta ta’lim
maktabining oliy toifali informatika fani o‘qituvchisi;
M. Abdullayeva —
Toshkent shahridagi 322-umumiy o‘rta ta’lim
maktabining informatika fani o‘qituvchisi.
B. Boltayev, A. Azamatov, A. Asqarov,
M. Sodiqov, G. Azamatova
— mustaqil o‘qish uchun;
Shartli belgilar:
UO‘K 004.3(075)
KBK 32.81(5O‘)
B83
UO‘K 004.3(075)
KBK 32.81(5O‘)
3
SO‘ZBOSHI
Siz tanishadigan va bundan keyin foydalanadigan ushbu darslik
Sizni informatika
olamiga olib kiradi, uning sirlarini o‘rganishda
muhim ko‘makchi bo‘ladi, deb umid qilamiz.
Hozirgi davrda axborotlashgan jamiyat qurish masalasi
mamlakatimiz uchun naqadar katta ahamiyat kasb etayotgani
hech kimga sir emas. Shu maqsadda bir qancha qaror va
qonunlar qabul qilindi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida»
2002-yil 30-maydagi PF-3080-sonli Farmoni, 2003-yil 11-de-
kabrda qabul qilingan “Axborotlashtirish to‘g‘risida” va “Elek-
tron raqamli imzo haqida”gi hamda 2004-yil 29-aprelda qabul
qilingan “Elektron hujjat yuritish haqida”gi Qonunlar fikrimiz-
ning dalilidir.
Informatika vositalari jamiyatimizning
barcha jabhalariga
tobora kirib borayotgani har bir yosh axborotni tez va sifatli
qayta ishlash malakasiga ega bo‘lishi zarurligini taqozo qilmoqda.
Axborotning qimmatbaho tovarga aylanib borayotgani infor-
matika fanining nufuzi va ahamiyati o‘sib borayotganidan
dalolatdir.
Ushbu darslik yordamida Siz tezkor kompyuterlar va boshqa
zamonaviy vositalardan foydalanishni o‘rganasiz. Kompyuterda turli
elektron jadvallar yordamida hujjatlar
tayyorlab amaliy ishlash
ko‘nikmalarini egallaysiz.
Mazkur darslik takomillashgan Davlat ta’lim standarti va uz-
viylashgan dasturga mos holda, ya’ni kursning maqsadi,
vazifalari, o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalariga qo‘yilgan
talablar asosida yozildi.
O‘quvchilar informatika fanining asosiy tushunchalarini
mukammal o‘zlashtirishi uchun darslikdagi mavzularda yetarlicha
misol va masalalar keltirildi. Sizlarning e’tiboringizga
havola
4
etilayotgan mazkur darslik, o‘ylaymizki, zarur bilim va ko‘nik-
malarni olishingizda, lozim bo‘lgan malakalarni egallashingizda
yaqindan yordam beradi.
Darslikda keltirilgan misollarda soddadan murakkablikka
tamoyiliga rioya qilingan. Har bir mavzuda yoritilgan fikr,
mulohaza va tushunchalarning misollar
bilan boyitilganligi
o‘quvchining fanni tezroq o‘zlashtirishiga imkon beradi.
Darslik uch bobdan iborat bo‘lib, dastlabki bobda kompyu-
terlar va ularning tuzilishi, ikkinchi bobda operatsion sistemalar,
uchinchi bobda esa elektron jadval imkoniyati, elektron jadvallar
yordamida tayyorlangan hujjatlarda
rasmlar va jadvallar bilan
ishlash, diagramma va grafiklarni joylashtirish usullari haqida so‘z
yuritiladi.
Darslikda informatika fanining rivojlanishiga hissa qo‘shgan
vatanimiz allomalarining ijodi hamda hayoti to‘g‘risida qisqacha
tarixiy ma’lumotlar keltirilgan. Bu o‘quvchilarimizning boy tarixiy
merosimizni o‘rganishlarida o‘ziga xos hissa bo‘lib qo‘shilsa, ajab
emas.