Informatika va axborot texnologiyalari fanidan
o`quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etish
Uslubiy tavsiya
Andijon- 2023
Xoliqova Gulbahor - Andijon tumani 53- umumiy o`rta ta’lim maktabi
matematika va informatika fani o`qituvchisi .
Bugungi kunda yoshlarga ta’lim-tarbiya berish muhim masalalardan biri
hisoblanadi. Bu borada maktablarimizda yangilangan mazmundagi dasturlar,
takomillashgan o`quv standartlari, yangi darsliklar, o`z vaqtida yetkazib
berilmoqda . Birinchi prezidentimiz I. A. Karimov “Bizning asosiy
vazifalarimizdan biri bilimga chanqoq, iste’dodli yoshlarni topib, ularni
vatanga fidoyi insonlar qilib tarbiyalashdir” – deb aytib o`tgan. Ta’lim-tarbiya
hayotning mangu abadiy hamrohi, murabbiy va bunyodkoridir.
Ta’lim islohoti millatni, xalqni demokratik o`zgarishlar, yangi jamiyat
barpo etish yo`lidan dadil yetaklovchi, barchamizni harakatlantiruvchi ichki
kuchga, tabiiy ehtiyojga aylandi. Darhaqiqat, yoshlarni har tomonlama: ham
aqlan, ham jismonan barkamol, axloqan yetuk, ma’naviy pok qilib tarbiyalash
shu kunning muhim dolzarb muammolaridan biriga aylanib qoldiki, bu davr
va bugungi turmushimizning taqazosidir.
Aksariyat o`quvchilar turli shakllarga ustunlik berishadi, mustaqil ish va
amaaliy mashqlar, chunki mustaqil ravishda olingan bilimlarning kuchi va
qiymati bebahodir. Mustaqil ish- bu o`quvchilarning maqsadi, vazifasi,
ifodalash shakli va natijani tekshirihi bilan tayyor va qodir. Ushbu tyrdagi
faoliyatni tashkil qilish va rag`batlantirishda ularga yordam berish
o`qituvchining vazifasi va ma’suliyatidir. O`qituvchiga nisbatan mustaqil ish
ham o`qitish usuli, ham o`qitish vositasi, ham o`zaro bog`liq faoliyat shaklidir.
O`quvchilarning mustaqil ishi quyidagilarni o`z ichiga olgan bir qator
funksiyalarni bajaradi.
- rivojlanayotgan- aqliy mehnat madaniyatini oshirish, ijodiy faoliyat
bilan tanishtirish, o`quvchilarning intelektual qobiliyatlarini boyitish;
- axborot va trening- o`quv faoliyati mustaqil ish bilan ta’minlanmagan
sinf o`quv jarayonida o`quvchilar samarasiz bo`lib qoladilar;
- yo`naltirish va rag`batlantirish- o`qquv jarayoni tezlashadi;
- tadqiqot – o`quvchilar yangi ijodiy fikrlash darajasiga ko`tariladi.
O`quvchilar ikki turdagi mustaqil ishlar bilan shug`ullanadilar:
- sinf xonasi
- sinfdan tashqari.
Intizom bo`yicha sinfning mustaqil ishlari sinfda o`qituvchining bevosita
rahbarligi va uning ko`rsatmasi asosida amalga oshiriladi. Bunda o`quvchilar
o`qituvchi tomonidan kerakli o`quv adabiyotlar, didaktik materiallar, shu
jumladan o`quv qo`llanmalari va uslubiy ishlanmalar bilan ta’minlanadilar.
Sinfdan tashqari mustaqil ish o`quvchilar tomonidan o`qituvchining
ko`rsatmasi bilan, lekin uning bevosita ishtirokisiz amalga oshiriladi.
Informatika va axborot texnologiyalari fanidan mustaqil ishning umumiy
shakllari haqida quyidagilarni keltirish mumkin. Ayrim fanlarning nazariy
mavzularini o`quv adabiyotlari, didaktik materiallar hamda electron o`quv
adabiyotlari yordamida mustaqil o`zlashtirish.
Bunda:
- Ma’ruza, tushuntirish, hikoya , namoyish, illyustrasiya, videousul,
verbal (lotincha- verbolis- og`zaki) usul hisoblanadi. Ular
o`quvchilarning bilimini o`zlashtirish, eslab qolish va tushunishga
qaratilgan retseptik faoliyatini ta’minlab beradi va o`quvchi
tomonidan tayyor holda bayon etiladi.
O`quvchilarning mustaqil ishining asosiy maqsadi Informatika va axborot
texnologiyalari fan o`qituvchisining rahbarligi va nazorati ostida o`quvchi
Informatika va axborot texnologiyalari fani bo`yicha nazariy va amaliy
ishlarni mustaqil ravishda bajarish uchun zarur bo`lgan bilim va
ko`nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish, fikrlash va ijodkorligini
oshirish, axborot kommunikatsion texnologiyalar bilan mustaqil ishlash
qobiliyatlarini yuksaltirishdir.
Umumta`lim fanlarini mustaqil o`rganishda kutubxona fondida mavjud
bo`lgan o`quv adabiyotlaridan foydalanish, berilgan vazifalarni o`z vaqtida
bajarish;
Elektron darsliklar, elektron multmediali o`quv qo`llanmalaridan va
muxandis pedagoglar yordamida o`zlashtirish;
Internet va elektron pochta tarmog`idan foydalanishni o`zlashtirish;
Mustaqil ishning natijalarini aniq fanlar kafedralarida gurux o`quvchilari
ishtirokida taqdimot qilish (referat, kurs ishi, turli model va sxemalar).
Informatika va axborot texnologiyalari faninidan tashkil etiladigan mustaqil
ishlarning asosiy vazifasi- o`quv materiali, bolalar bilishi kerak bo`lgan
qo`shimcha materiallarni, mavzu va materiallar tanlash va o`quvchilarga
o`rgatish.
Mustaqil ishlarni tashkil etishdan maqsad: o`quvchilarning mustaqil
ishlarini tashkil etish fanning mazmuni va vazifalari, usullari, ta’limiy
vositalar bilan tanishtirish va ularni ta’lim jarayoniga tadbiq etish bo’yicha
bilim, ko`nikma va malakalarni shakllantirishdir.
O`quvchi mustaqil ishini tashkil etishda muayyan Informatika va axborot
texnologiyalari fanining xususiyatlarini, shuningdek, har bir o`quvchining
akademik o`zlashtirish darajasi va qobiliyatini xisobga olgan holda
quyidagi shakllardan foydalaniladi:
Informatika va axborot texnologiyalari fanining nazariy mavzularini
o`quv adabiyotlari, didaktik materiallar hamda elektron o`quv adabiyotlari
yordamida mustaqil o`zlashtirish;
Ta`lim muassasasining o`quvchilar konferensiyalari va seminarlarida
ma`ruzalar bilan qatnashish;
Amaliy ishlarini bajarishda tayyorgarlik ko`rish;
Misol va masalalar yechish.
O`quv va ishlab chiqarish amaliy ko`nikmalarini maxsus
adabiyotlardan foydalanib mustaxkamlash;
Turli ko`rgazmalarda mustaqil ish natijalari bo`yicha ijodiy ish
namunalari bilan (kasb va ixtisosliklarga oid modellar, sxemalar va
detallardan namunalar tayyorlash) qatnashish;
Xususiyatlaridan kelib chiqqan xolda, o`quvchi mustaqil ishini tashkil
etishda boshqa shakllardan ham foydalanishi mumkin:
Informatika va axborot texnologiyalari fanlari bo`yicha namunaviy va
ishchi reja hamda dasturlarda o`quvchi mustaqil ishining shakllari,
majmuni va xajmi ifoda etildi.
O`quvchi mustaqil ishi uchun ajratilgan vaqt byudjetiga mos ravishda
Informatika va axborot texnologiyalari fan bo`yicha tegishli kafedralarda
mustaqil ishning tashkiliy shakllarini topshiriqlar variantlari ishlab
chiqiladi va uslubiy birlashmada tasdiqlanadi.
O`quvchilarning mustaqil ishini bajarishlari uchun axborot manbaasi
sifatida adabiyotlarning yangi avlodlari, darsliklar, o`quv qo`llanmalar,
metodik qo`llanma, internet tarmog`idan tegishli ma`lumotlar, berilgan
mavzu bo`yicha avval bajarilgan ishlar haqidagi ma`lumotlar xizmat
qiladi.
O`quvchi mustaqil ishini nazorat qilish o`quv mashg`ulotlarini
bevosita olib boruvchi o`qituvchi tomonidan amalga oshiriladi.
O`quvchilarning mustaqil ishi, fan ishchi dasturida ajratilgan soatlarga
mos baholar bilan baholanadi va natijasi fan bo`yicha o`quvchilarning
kundalik daftari va jurnalga kiritiladi.
Mustaqil ishlarga beriladigan ish turlari quyidagicha bo`lishi mumkin:
- Ma`ruzalar tayyorlash ;
- Referat tayyorlash;
- Devoriy gazetalar tayyorlash;
- Tayanch so`zlar tayyorlash;
- Buklet va albomlar tayyorlash;
- Test to`plamini tayyorlash;
- Tarqatma materiallari tayyorlash;
- Krossvordlar tayyorlash.
|