|
Informatika va axborot texnologiyalari
|
Sana | 15.02.2023 | Hajmi | 264.16 Kb. | | #42275 |
Bog'liq 10.9.32 Zaryadlar sistеmasining dipol va kvadrupol momеntlari, 10.9.36
Mavzu:
Pythonda ma’lumot turlari
9-sinf
Dars rejasi
Ma’lumotlar turlari.
Ma’lumotlar turini o‘zgartirish.
Axborot
Matnli
Raqamli
Ovozli
Grafik
Pythonda ma’lumot turlari
Ma’lumotlar turi – bu o‘zgaruvchi yoki doimiy qiymatlardagi ma’lumotlar shakli. Ma’lumotlar turi kompyuter xotirasida yetarlicha joyni zaxiraga olib qo‘yish uchun kerak bo‘ladi.
Python dinamik turlarga ajratuvchi dasturlash tili hisoblanadi. Shu sababli, Pythonda o‘zgaruvchining turi u foydalanayotgan qiymat bo‘yicha belgilanadi, lekin ma’lumot turini boshqa turga o‘zgartirish uchun tur ko‘rsatilishi shart.
Ma’lumotlar turi
|
Ma’lumotlar turi tavsifi
|
Misol
|
int( )
|
Butun sonlar, masalan, o‘quvchilar sonini ifodalash uchun
|
>>> yoshi = 15
|
float( )
|
Haqiqiy sonlar, masalan, pul miqdorini ifodalash uchun
|
>>> narxi = 20.45
|
str( )
|
Satrli, masalan, so‘z yoki gaplarni ifodalash uchun
|
>>> name = 'Ahmad'
|
bool( )
|
Маntiqiy, rost yoki yolg‘on ekanligini ifodalash uchun
|
>>> a= True
>>> b= False
| Ma’lumotlar turini o‘zgartirish
O‘zgaruvchi tarkibida ixtiyoriy turdagi ma’lumot saqlanishi mumkin. Ma’lumotlar turini o‘zgartirish uchun mos ma’lumotlar turi buyruqlaridan foydalaniladi. input() operatori yordamida kiritilgan ma’lumotlar satrli ko‘rinishda bo‘ladi.
Sintaksisi:
input(kiruvchi ma’lumot)
input — operator (yoki funksiya); kiruvchi ma’lumot — bu o‘zgaruvchi yoki vergul bilan ajratilgan o‘zgaruvchilar ketma-ketligi.
Butun son turidagi ma’lumotlarni kiritish uchun int(input( )) ko‘rinishida ishlatish lozim. Yoki kiritilgan ma’lumot turini int( ) funksiyasi yordamida o‘zgartirish kerak.
- Ma’lumotlar turi – kompyuter xotirasidagi yacheykada saqlanadigan ma’lumotlar shakli.
- O‘zgaruvchi qabul qilgan qiymat turini type( ) funksiyasi yordamida aniqlash mumkin.
Yodda saqlang!
Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar
1. Darvozaning eni va bo‘yi foydalanuvchi tomonidan kiritiladi:
- darvoza yuzasini hisoblash dasturini tuzing;
- darvoza qirrasining uzunligini hisoblash dasturini tuzing.
2. Quyidagi o‘zgaruvchilar turini aniqlang:
alfa = 8764; beta = ‘Lola’.
3. O‘zgaruvchi uchun qiymat kiritilganda, uning turini aniqlovchi dastur tuzing.
|
| |