Inson ekologiyasi




Download 63 Kb.
Sana18.12.2023
Hajmi63 Kb.
#122840
Bog'liq
Inson demoggrafiyasi va atrof muhit muhofazasi
Matematikadan qiziqarli masalalar 4-5-6 sinflar, Ìàñúóë ìó àððèð, Sorovnoma-blank-2 (1), 1-kurs 1-hw, Asosiy vositalar samaradorligi tahlili, Nedirlandiya tarix tizmi va xamkorlik yo\'nalishlari, ........................Kurs ishi, Futbol о‘yini texnikasi va taktikasi, Mutolaa jarayonida notiqlikka xos marom, ohangning retseptiv vazifa bajarilishi, Chaqiq toshli, Signal, lecture 9 (1)



Inson demoggrafiyasi va atrof muhit muhofazasi
Reja:


1. Inson ekologiyasi va uni o’rganish uslublari.
2. Inson demoggrafiyasi va atrof muhit muhofazasi
3. Ekologik muvozanatning buzilish sabablari.
Fan - texnika taraqqiyoti jadallashgan sari insonning atrof -muhitga bo’lgan munosabati ham o’zgarib, u tabiiy boyliklarni bugun kechagidan, ertaga bugungidan ko’proq miqdorda olishga harakat qiladi. Bu jarayon kuchaygan sari ming-ming yillar davomida barqaror bo’lib kelgan ekologik muvozanat buzilib, inson bilan tabiat o’rtasidagi munosabat murakkablashdi va tabiat falokat yokasiga kelib qoldi. Albatta, tabiiy boyliklardan foydalanish kerak, lekin ulardan ehtiyojga yarasha, me’yorida foydalanishni hamma joyda amalga oshirish, tabiatni izchillik bilan boyitib ayniqsa, o’simliklar va hayvonot dunyosini uning komponentlari (tashkil etuvchilari) o’rtasidagi o’zaro tabiiy munosabatni barqaror saqlab turish zarur.
Inson ekologiyasi deganimizda tashqi muhitdagi xilma-xil omillarning ta’siri tufayli kishi jismida yuz beradigan o’zgarishlarni anglaymiz. Inson ekologiyasi juda serqirrali fan bo’lib, tashqi muhitning barcha omillari, havo harorati, yorug’lik, namlik, radiatsiya, shovqin, vaznsizlik holati shuningdek, xar-xil tabiiy ofatlar, zilzila, dovul, qurg’oqchilik, suv toshqini, yong’inlar hamda tirik organizmlarning o’zaro bir-biriga ta’siri tushuniladi. Bu barcha omillarning ta’siri kishini hoxishga bog’liq emas. Bulardan tashqari kishilar o’zlari qurgan korxonalar, irrigatsiya inshootlari, transport vositalaridan chiqqan zaharli chiqindilar, qishloq xo’jaligida keng qo’llanilgan kimyoviy moddalar ham havoni, suvni, yerni, oziq-ovqat mahsulotlarining sifatini buzib inson sog’ligiga katta zarar keltiradi.
Inson ekologiyasi yoki antropoekologiya ijtimoiy jamiyatning markaziy bo’lagi, uning ijtimoii-tabiiy va tabiiy-ilmiy asosidir. Inson ekologiyasi o’zida demografiya, tibbiyot, morfologiya, antropologiya, genetikaning tegishli qarashlarini umumiylashtiradi. Bu fanlar tadqiqot ob’ekti bir ekanligi negizida bir bo’lakda uyg’unlashadi. O’sha ob’ekt inson bo’lib, u ikki dunyo tabiiy va ijtimoii dunyoga tegishli nodir jonzotdir. Bunda shu narsani ta’kidlash lozimki, «inson - tabiiy muhit» muammosi munosabati bilan insonni o’rganishda e’tibor beriladigan asosiy ob’ekt umuman inson va hatto uning ekologiyasi emas, balki inson ekologiyasining tabiat bilan aloqasi orkali namoyon bo’ladigan qismidir.
Inson ekologiyasi - bu majmuiy fanlararo ilmiy yunalishdir. U odamlar populyatsiyalarining atrof-muhit bilan o’zaro ta’siri qonuniyatlarini, bu o’zaro aloqa ta’sirida aholining o’sishini, maqsadga yo’naltirilgan boshqaruv muammolarini, aholi salaomatligini saqlash va rivojlantirish muammolarini tadqiq etadi.
Inson ekologiyasida, uning asosiy yunalishlarida ijtimoiy - maksadli negiz ustun turishi aniq, zero insonning tabiat bilan jamiyat orqali bevosita o’zaro ta’sirini o’rganish bu fan predmetining ob’ektiv mazmunini tashkil etadi.
Shu nuqtai nazardan inson ekologiyasi-bu ijtimoiy ekologiyaning inson va odamlar populyatsiyasi bilan uni o’rab olgan tabiiy va ijtimoiy muhit o’zaro ta’sir qonuniyatlarini o’rganadigan bo’limii yoki antropodemoekotizim ichidagi ijtimoiy - biologik munosabatlar haqidagi ilmiy yo’nalishdir.
Insonning morfofiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda noosferaviy o’zgarishlar jarayonida YEr regionlarini, biosfera rayonlarini ishlab chiqarish - xo’jalik, iqtisodiy maqsadli o’zlashtirish qonuniyatlarini ochib berish bunday o’zlashtirishning borishida odamlar salomatligini saqlash va rivojlantirishning tabiiy qonunlarini o’rganish inson ekologiyasining muhim vazifasidir. V.I.Vernadskiyning noosfera to’g’risidagi nazariyasiga ko’ra hozirgi zamon tabiatshunosligida inson ekologiyasi alohida o’rin tutadi. Vernadskiy tabiatning antropogen yuki tobora oshib borayotgani haqida, tabiatni o’zgartiruvchi omil sifatida insoniyat haqida, tabiatga ta’sir o’tkazishni uning imkoniyatlari bilan taqqoslash to’g’risida, ya’ni biz hozirda inson va biosferaning koevolyutsiyasi deb ataydiganimiz haqida gapiradi. Lekin bir vaqtda uning barcha mulohazalarida insonning biosfera istiqboli uchun mas’ul ekanligi, jamiyatni biosfera evolyutsiyasini oqilona yo’naltirishga imkon beradigan qilib tashkil etish haqidagi fikr qizil ip bo’lib o’tadi.
Inson ekologiyasi odamlarni o’rab turgan tabiiy va ijtimoiy muhitni, odamlarning unga hamda bir-biriga munosabatlarini ifodasi sifatida ilmiy adabiyotga birinchi marta amerika sotsiologlari R.Park va U.Byurges tomonidan kiritilgan. Bir muncha keyinroq ingliz olimi U.Byus «Inson ekologiyasi» ning vazifasi ayni odamlar ijtimoiy munosabatlarini biologik populyatsiya jarayonlariga tutashtirishdan iboratdir deb izohlaydi va uni biologiya ekologiyasining an’anaviy tushunchalari asosida hal etishga urinadi. Sanoat va odamlarning katta shaharlarga to’planishi, sanoatlashtirish, havo va suvning bulg’anishi, dori-darmonlar qo’llanilishi bilan bog’lik bo’lgan patologiya (normal hollarda chiqish)ni o’rganish zaruratini ko’ndalang qilib qo’ydi. Ular tabiiy evolyutsiya, biogeotsenozlar jarayoniga jiddiy o’zgarishlar olib kirib, qapop topgan ekologiya tizimini o’zgartirib yubordi.
Inson ekologiyasini o’rganishdan maqsad, inson hayoti uchun optimal (kulay) muhitni yaratishdir. Sodir bo’lgan ekologik falokatlar, sayyoramiz aholisini falokatlarni oldini olish choralarini izlashga
turtki beryapti. Bunday holat sotsial iqtisodiy siyosiy, ahloqiy, ekologik, madaniy – tarixiy masalalarga yangi qarashni taqozo qilmoqda. Ya’ni kishilarni yangicha fikrlashga, insonni tabiatdagi o’rni va rolini anglatmoqda.
Tabiatda ilgarilar ham tabiiy falokatlar sodir bo’lgan. Ammo hozirgi davrda sodir bo’lgan ko’p ekologik falokatlar tabiatning bir bo’lagi bo’lgan inson faoliyati tufayli, sodir qilindi. Hozirgi kunda sayyoramizda yashayotgan insonlar oldida avvalambor kishilik jamiyati bilan tashqi tabiat o’rtasidagi munosabat muammolarini yechish vazifasi turadi.
Sayyoramizda aholi sonining orta borishi bilan insonlarni ehtiyojlarini, ona tabiatga ta’sirini oshira boradi. Agar 1850 yil yerda 1mlrd kishi yashagan bo’lsa, 1930 yilda 2 mlrdga yetdi, hozirgi vaqtda besh mlrddan oshib ketdi. Insonning atrof-muhit bilan munosabatlaridan qat’iy nazar avlodlar almashishi, aholining ko’payishi jarayonini barqaror holatda saqlash masalalari doimo muhim ahamiyat kasb etadi. Hayotning beto’xtovligi ikki qarama - qarshi oqimning o’zaro tasiri bilan ta’minlanadi. Bu tug’ilish va o’lish oqimlaridir. Jamiyat, insoniyat mavjud bo’lishi uchun bu ikki oqim o’rtasida muayyan uyg’unlik bo’lishi kerak. Agar tug’ilish o’lishga nisbatan uzoq muddat kam bo’lsa, insoniyat zavolga yuz tutadi. Bu munosabat teskari bo’lsa, aholining tez ko’payishi jamiyatning ekologik va ijtimoiy - iqtisodiy imkoniyatlari uchun zo’riqishni yuzaga keltiradi. Shuning uchun ham bu ikki oqimni uyg’un holatda saqlash jamiyatning eng muhim vazifalaridan biri bo’lib, uni hal etishga juda katta ijtimoiy kuch-quvvat sarflanadi.
Insoniyat o’tmishdan meros qolgan dastlabki ekologik muvozanat holatida hayotni boshlagan. Lekin jamiyat tiklanishi davrida kollektiv mehnat tufayli tabiiy ekologik tizimlar, biologik va ekologik omillarning kat’iy nazoratidan chiqishga muvaffaq bo’ldi. Jumladan, ko’payish jarayoni ham, qurollarni qo’llashga ham, odamlar yoki ularning yaqin ajdodlari tabiatdagi boshqa jonzotlarga qaraganda tabiatdan ko’proq narsa olishga o’rganishdi. O’sha palladayoq insoniy tabiiy muhitning ko’ngilsiz ta’siridan himoya qiluvchi «ijtimoiy kqlkon» yaratilgan edi.
Inson o’z hayotini yaxshilash uchun yaratgan sanoat va
transport vositalari sayyoramiz iklimiga, ozon qavatini siyraklashuviga, o’rmonlarni kamayishiga, suvlarni ifloslanishiga, yerni eroziyaga uchrab, ko’p joylarda cho’llanishni sodir bo’lishiga olib keldi.
Bundan tashqari kishilar sun’iy hosil qilgan radiaktiv nurlanishlar, kimyoviy moddalardan ko’p foydalanish kasallik qo’zgatuvchi viruslar va mikroorganizmlarni ko’payishiga, yangi kasallik turlarini hosil bo’lishiga olib keldi.
Dunyodagi deyarli hamma mamlakatatlarda barcha imtiyozlar avvalo o’z xalqiga beriladi. Masalan, turar joy, ish bilan ta’minlash, chetdan kelgan kishilarga nisbatan o’z xalqiga yuqori ish haqi belgilash yoki tovarlar bilan ta’minlash va boshqalar kiradi. Bizda esa uzoq yillar davomida buning teskarisi bo’lib keldi. Yuqorida keltirilgan barcha tabiiy omillar, ofatlar, sotsial nohaqliklar kishi organizmiga ekstremal omil sifatida ta’sir etib, uni stress holatga (qattiq ruxiy zarbaga) olib keladi. Stress holatiga tushgan odamlarni uyqusizlik, charchash, g’azablanish, bosh og’rig’i, qon bosimining oshishi azoblari qiynaydi.
Antropoekosistema inson ekologiyasining tadqiqot ob’ektidir. O’zaro va o’zlarini o’rab olgan tabiiy va ijtimoiy muhit bilan dialektik aloqada bo’ladigan inson populyatsiyalari yoki etnoslarining birgalikda hayot kechiradigan turli guruhlari antropoekologiya tizimi yoki antropoekotizm deb ataladi. Mazkur fan odamlar va tabiatning inson va biosferaning o’zaro munosabatini hayotning aniq ijtimoiy - iqtisodiy va siyosiy sharoitlari bilan chambarchas bog’liqlikda o’rganadi.
Bugungi kunda inson salomatligi jamiyatning murakkab tarixi va uning hozirgi taraqqiyoti oqibati ekanligi allaqachon ravshanlashgan. Shu boisdan tabiiy sanitariya - gigiyena tadbirlarining birontasi ham ular qanchalar ilmiy asoslangan va texnikaviy rivojlangan bo’lmasin o’z - o’zicha jamiyat a’zolari sog’ligini saqlash va rivojlantirish, muhofaza qilishni ta’minlay olmaydi. Butun jamiyatning ijtimoiy ishlab chiqarish iqtisodiyot tuzilmasini ilmiy tashkil kilish, mehnat dam olish sharoitlarini, ma’naviy va jismoniy tarbiya sharoitlarini vujudga keltirish, hayot tarzi madaniyatini rivojlantirish - bularning hammasi sog’likni muhofazalash va mustahkamlashning sharti va garovidir. Bu muammolar jamiyatning tabiiy sharoitlar bilan o’zaro ta’siri shu ta’sirni takomillashtirishga yunaltirilgandagina hal etilishi mumkin. Bunda barcha jug’rofiy mintaqalar, jonli va jonsiz tabiatdagi barcha jarayonlar, sayyoramizning barcha sohalari qamrab olinadi. Bu yerda gap tabiatni shunchaki muhofazalash tug’risida emas, balki inson tabiat va ular o’rtasidagi muvofiqlikni yanada takomillashtirish uchun qulay ijtimoiy, ekologik sharoitlar yaratish maqsadida tabiatni asrab - avaylash va rivojlantirish haqida bormoqda. Tabiatni muhofaza qilish eng oliy maksad - har tomonlama rivojlangan inson va insoniyat jamiyatiga erishishning eng muhim vositalaridan biridir. Inson ekologiyasi birgina biologik qonunlarga bo’ysunmaydi va bu qonunlarni ijtimoiy qonunlar bilan o’zaro aloqasisiz uni tushunib bo’lmaydi. Bu ko’pgina sabablar bilan izohlanadi. Birinchi sababi shundan iboratki deb ta’kidlaydi T.N.Fedoseev, - hozirgi zamon fan - texnika inqilobi, jumladan shunga olib keladiki, insonning o’zi inson ekologiyasida turli va har doim ham oldindan bilib bo’lmaydigan o’zgarishlarni qiladi, o’z navbatida unga shu o’zgarishlardan ahamiyati kam bo’lmagan aks ta’sir ko’rsatadi. Natijada insonning bunday o’zgarishlarga moslashuvining o’tkir va ko’p jihatdan hal etilmagan muammolari paydo bo’ladi. Inson, jamiyat va tabiat o’rtasidagi o’zaro munosabatlar biologik shuningdek ekologik negizlar asosiga emas, balki ularni o’zgartiruvchi ijtimoiy mehnat faoliyati negizlariga quriladi. Insonning tabiatga munosabati va tabiatning insonga munosabati ijtimoiy ishlab chiqarish kuchlari, ishlab chiqarish munosabatlari va inson ishtirok etadigan aniq mehnat jarayonlari orqali ro’yobga chiqadi.
Hozirgi inson ekologiyasi inson, jamiyat va tabiatning o’zaro ta’siri mahalliy, regional hamda global muammolarini ularning jonli tabiat va insonga o’zaro ta’siri nuqtai nazaridan qamray oladi va o’rganadi.
Tabiatni muhofaza qilish eng oliy maqsad - har tomonlama rivojlangan inson va insoniyat jamiyatiga erishishning eng muhim vositalaridan biridir.
Hayot har bir kishiga bir marta beriladigan oliy ne’matdir. Inson umri tarixda bir on lahzadir. Demak, u shu qisqa umrida rohat - farog’atda, go’zal yashashi kerak. Inson tabiatning ajralmas bir bo’lagidir. Insonning normal hayot kechirishi, uni o’rab turgan tabiatning ekologik jihatdan sog’lomligiga bog’liqdir. Shuning uchun ham biz inson hayotini yaxshilashimiz, tabiatni ekologik jixatdan sohlomlashtirishimiz lozim. Har bir kishining salomatligi, ma’naviy yetukligi nafakat uning o’zi uchun, jamiyatimizning kelgusidagi taraqqiyoti uchun ham juda zarurdir.
XX asr oxirida insoniyatning biosferadagi jarayonlarga ta’siri o’zining yuqori bosqichiga yetdi. Hozirgi avlod ko’z o’ngida mahalliy, mintaqaviy va umuminsoniy ekologik inqiroz vaziyatlari kuzatilmoqda. Atrof - muhit holatini tug’ri baholash zarur tadbirlarning o’z vaqtida o’tkazilishini ta’minlash ekologik bilimlarning rivojlanganlik darajasi bilan bevosita bog’liqdir. O’sib kelayotgan yosh avlodga ekologik tarbiya berishni oiladan boshlash bog’chada, maktabda, kollej va universitetlarda davom ettirib borilishi kerak. Ekologiya serqirrali bo’lgan uchun uni barcha fanlar orqali yoshlarning ongiga singdirish lozim. Yoshlarga ekologik tarbiya berishda tabiat qo’yniga ekskursiya va yurishlar uyushtirish katta ahamiyatga egadir. Tabiatni muhofaza qilish, tabiatdan oqilona foydalanish va ekologik sharoitlarni yaxshilada ekologik ta’lim va tarbiya muhim rol o’ynaydi. Turli mamlakatlardagi ekologik vaziyat, tabiatdan foydalanish xususiyatlari ko’p jihatdan aholini ekologik savodxonlik darajasi, ekologik madaniyatiga bog’likdir. Ekologik ta’lim va tarbiya BMT, YuNESKO, YuNEP, va VOZ ning diqqat markazidagi masaladir. (YuNESKO - BMTning fan va madaniyat ishlari bo’yicha shug’ullanadigan mustaqil bir tuzilmasidir. Uning bosh qarorgohi Parij shahrida joylashgan. BMTning o’zi esa Nyu-York shahrida joylashgan, unga dunyodagi 190 ta davlat kiradi.) Ekologik ta’lim va tarbiyani rivojlantirish uchun jahon, alohida davlatlar mikyosida turli tadbirlar o’tkazmokda. Har bir soha mutaxassisi ekologik savodxon bo’lishi va o’z faoliyatida tabiatga zarar yetkazmasligi, ekologik ta’lim - tarbiyani rivojlantirishga hissasini qo’shishi lozimdir.
S’Hunday kilib, bolalarni o’simlik va hayvonlarni parvarish qilishga o’rgatish, ularni tabiatga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalash shunchaki bir ermak emas bu davlat axamiyatiga ega bo’lgan dolzarb masaladir. Biz sog’lom, ahlokli, mehnatsevar, pok, bilimdon yoshlarni tarbiyalab o’stira olganimizdagina kelajagimiz porloq bo’ladi.
XXI - asr ekologiya asri bo’lishi shubhasizdir. Har bir inson ona sayyoramiz tabiatiga ziyon yetkazmasdan o’zgartirish, tabiiy boyliklaridan okilona foydalanish va yashash muhitini saqlashdek muqaddas ishga o’zining munosib hissasini qo’shishi lozimdir.
Yer sayyorasi insoniyatning umumiy yashash joyi, yagona uyi hisoblanadi, unda ekologik halokatni bartaraf qilish mavjud 200 dan ortiq davlatlar, qariyib 6 mlrd.ga yaqin insonlarning umumiy vazifasidir. Tabiatni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish halqaro kelishuv asosida umumjahon miqyosida amalga oshirilgandagina o`z samarasini berishi mumkin. Davlatlararo hamkorliklar sayyoramizda biosferaning yagonaligidan va insonlarning ta`siri hech qanday davlat chegaralari bilan cheklanmasligidan kelib chiqadi. Insoniyatni tashvishga solayotgan ko`plab mintaqaviy va umumsayyoraviy ekologik muammolar faqatgina davlatlararo hamkorlik yo`li bilangina hal qilinishi mumkin. Yu.Odum aytganidek "Ekologik muammolarni bartaraf etish, atrof muhitni barqaror va xavfsiz holda ushlab turish faqatgina dunyo hamjamiyatining birgalikdagi harakati va ushbu harakatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishgina insoniyatni ekologik inqirozdan olib chiqishi mumkin".
Shu bois, atrof muhitni muhofaza qilish tadbirlari qonuniy aktlar (farmonlar, ko`rsatmalar, qarorlar), ilmiy tavsiyalar, ishlanmalar, tabiatni muhofaza qilish ta`limi asosida, nazoratlar va boshqaruv organlar faoliyati natijasida amalga oshiriladi. Tabiatni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ushbu faoliyatning tashkil qilinishi va amalga oshirilishi ko`p jihatdan qonuniy ta`minlanishga boliqdir.
Atrof muhitni muhofaza qilishning tashkiliy va huquqiy asoslari O`zbekiston Respublikasining konstitusiyasida o`z aksini topgan. Konstitusiyaning 50,54,55 va 100-moddalarida fuqarolarning ushbu sohasidagi huquq va majburiyatlari, atrof muhitga munosabat va boshqaruv tizimi bo`inlarining faoliyati belgilangan. Jumladan 50-moddada “Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo`lishga majburdirlar” deyiladi. 100-moddada atrof muhitni muhofaza qilish mahalliy hokimiyat organlari vazifasiga kirishi ta`kidlangan. O`zbekistonda tabiiy sharoitlarni saqlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslarini 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan “Tabiatni muhofaza qilish to`risida”gi qonun belgilab beradi. Qonunga muvofiq O`zbekistonda tabiatni muhofaza qilishga taaluqli huquqiy munosabatlarni tartibga solish Oliy majlisning mutlaq vakolati doirasiga kiradi. Bularga tabiatni muhofaza qilish sahasidagi davlat siyosatini belgilash; davlat ekologiya dasturlarini tasdiqlash; ushbu sohadagi respublika qonun hujjatlarini ishlab chiqish va qabul qilish; tabiatni muhofaza qilishga taalluqli qonunlar ijrosini muvofiqlashtirib borish va boshqalar kiradi. Ushbu qonunda mamlakatda tabiiy muhitni saqlashning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslari belgilangan, tabiat bilan inson o`rtasidagi munosabatlarning me`yorda rivojlanishi maqsadida tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish, fuqarolarni qulay tabiiy muhitga bo`lgan huquqini kafolatlash zarurligi o`qtirilgan.
Asosiy qonundan tabiat muhofazasining ayrim sohalari bo`yicha ham maxsus qonunlar qabul qilingan. “Alohida qo`riqlanadigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish to`risida”gi qonun asosan umumiy boyligimiz bo`lgan noyob va qimmatli tabiat majmualarini ekologik, iqtisodiy, madaniy, ilmiy, soliqni saqlash nuqtai nazaridan saqlashni asoslaydi. Shuningdek, 1990 yil 20 iyunda O`zbekiston Respublikasining “Sanitar nazorati to`risida”, “YEr to`risida” qonunlari qabul qilindi, ularga O`zbekiston Respublikasi Oliy majlisining 1991 yil 20 noyabrdagi, 1993 yil 7 maydagi, 1994 yilning 6 may va 23 sentyabrdagi kengashlarida o`zgartirishlar kiritilgan. Ushbu qonunlar erdan oqilona foydalanish va erni muhofaza qilish, tuproq hosildorligini qayta tiklash, tabiiy muhitni saqlash va yaxshilashga qaratilgan.
O`zbekiston Respublikasining “Suv haqidagi va suvdan foydalanish” to`risidagi qonuni 1993 yil 6 mayda qabul qilindi. Uning vazifasi suvdan foydalanishni tartibga solish, aholi va xalq xo`jaligi ehtiyojlari uchun suvdan oqilona foydalanish, suvning ifloslanishi, kamayishi, iflos suvning zararli ta`siri haqida ogohlantirish va ularni zararsizlantirish, suv havzalarining holatini yaxshilash, tashkilotlar, korxonalar, dehqon xo`jaliklari va fuqarolarning suvga bo`lgan huquqlarini muhofaza qilishdan iborat.
1994 yil 22 sentyabrda O`zbekiston Respublikasining “Qazilma boyliklar haqida” qonuni qabul qilindi. Bu qonun ma`danlarni muhofaza qilish va foydalanishni tartibga solishga qaratilgan. 1996 yil 27 dekabrda “Atmosfera havosini muhofaza qilish haqida”gi qonun qabul qilindi. Unda atmosfera havosining tabiiy tarkibini saqlash, uni zararli moddalar bilan ifloslanishini oldini olish, davlat organlari, korxonalar va fuqarolarning havoni muhofaza qilishdagi huquqiy vazifalarini tartibga solish va boshqalar qayd etilgan. Hozirda o`rmonlar, hayvonot olamini muhofaza qilish va foydalanish to`risida qonun loyihalari ishlab chiqilmoqda. Yo`qolib borayotgan qimmatli va dorivor o`simliklar va noyob hayvonlarga nisbatan munosabatlarini tartibga solish va foydalanishni yaxshilash bo`yicha Vazirlar Mahkamasining Qarorlari mavjud. Ovchilik va baliq tutish tartiblari yuqorida ko`rsatilgan qonunlar, shuningdek, O`zbekiston Respublikasi hududida ovchilik va baliqchilik xo`jaliklarini boshqarish to`risida nizom, O`zbekiston
Adabiyotlar ro'yxati:
1. Karimov I. A. «O'zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» Toshkent. O’zbekiston, 1997.
2. Baratov P. Tabiatni muhofaza qilish. T.Oqituvchi, 1991.
3. Biologik xilma-xillikni saqlash milliy strategiya va harakat rejasi. T.1998.
4. Tilovov T. Ekologiyaning dolzarb muammolari. Qarshi. Nasaf, 2003.
5. To’xtayev A. Xamidov A. Ekologiya asoslari va tabiatni muxofaza qilish. T. O’qit. 1997.
6. www.ziyonet.uz
Download 63 Kb.




Download 63 Kb.