International Conference on Developments in Education
Hosted from Bursa, Turkey
https:
econferencezone.org April 25th 2022
KORXONADA AXBOROT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHNING ZAMONAVIY USULLARI
Usmonov AbbosValijon O’gli
Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti magistranti.
Iqtisodiyotda axborot texnologiyalari va tizimlari 2-kurs
Annotatsiya: Ushbu maqolada hozirgi vaqatda korxonalarda axborot xavfsizligini ta’minlashda olib borilyotgan jahon va milliy tajribalar yoritib o’tilgan. Undan tashqari maqolada axborot xavfsizligi tushunchasi uning mohiyati ham muhokama qilingan.
Kalit so’zlar: Axborot xavfsizligi,
tahdidlar, viruslar, spamlar,
kiberhujumlar
Dastlab biz axborot xavfsizligi tushunchasiga qisqacha izoh berib o’tsak. Axborot xavfsizligi bu axborot xatarlarini kamaytirish orqali axborotni himoya qilish amaliyotidir. Bu axborot xavfini boshqarish qismidir. Bu, odatda, ma'lumotlarga ruxsatsiz nomuvofiq kirish yoki qonunga xilof ravishda foydalanish, oshkor qilish, buzish, yo'q qilish, buzilish, o'zgartirish, tekshirish, yozib olish yoki qadrsizlanish ehtimolini oldini olish yoki hech bo'lmaganda kamaytirishni o'z ichiga oladi. Bu shuningdek, ushbu hodisalarning salbiy ta'sirini kamaytirishga qaratilgan harakatlarni o'z ichiga oladi. Himoyalangan ma'lumotlar har qanday shaklda bo'lishi mumkin, masalan. elektron yoki moddiy. Axborot xavsizligini ta’minlash bo’yicha dastlabki choralar qadimgi davrlarga borib taqaladi. Bunga misol qilib quyidagilarni keltirsak bo’ladi.
Ilgari vaqtda aloqa qilishning dastlabki kunlaridan boshlab diplomatlar va harbiy qo'mondonlar yozishmalarning maxfiyligini himoya qilish uchun biron bir mexanizmni taqdim etish va aniqlash uchun ba'zi vositalarga ega bo'lish kerakligini tushunib yetishdi. Bunga Yuliy Tsezar ixtirosi bo’lgan Qaysar shifrini v.asr misol qilib keltirsak bo’ladi. Miloddan avvalgi 50
yilda yaratilgan ushbu shifr, maxfiy xabarlari o'qilmasligi uchun xabar noto'g'ri qo'llarga tushmasligi uchun yaratilgan.
Hozirgi vaqtda korxonalarda yuzaga kelayotgan axborot xavsizligigi tahdid turli hil omillar natijasida yuzaga keladi. Bularga misol qilib korxona ishchilaring ichki axborot xavsizligi qoidalariga rioya qilmasligi, axborotni qabul qiluvchi va uzatuvchi
qurilmalarning nosozligi, internet tarmog’idagi turli xil spam va virusli xabarlar shular jumlasaidandir. Ulardan himoyalanishning bir qancha yo’llari bor quyida biz bularni ko’rib chiqamiz.
Avvalo korxonada axborot xavfsizligini ta’minlashda ichki muhitni inobatga olish kerak. Hodimlar boshqaruviga alohida e’tibor berish kerak. Har bir xodim korxonaning ichki tartib qoidalariga so’zsiz bo’ysinishi kerak. Bularga biz quyidagilarni misol qilib keltirsak bo’ladi. Hodimlar korxona ichki sirlarini tashqariga olib chiqmasliklari kerak. Ular korxona qonun qoidalariga roiya qilishlari kerak. Endi korxonada ishlatilyotgan axborot qurilmalarini axborot tahdidlaridan himoya qilish choralarini ko’rib chiqsak. Hozir sir emaski internet tarmog’i orqali turli xildagi kiberhujumlar uchrab kelmoqda. Bunda hakerlar korxona axborot tizimiga internet tarmog’i orqli hujum uyushtirib kerakli ma’lumotlarni oladilar. Misol uchun bank hisob raqami to’g’risidagi ma’lumotlarni va o’z maqsadlari yo’lida foydalanadilar.
Endi oddiygina kompyuter viruslari va spamlar korxona axborot tizimiga qanday zarar keltirishi mumkinligi to’g’risida qisqacha to’xtalib o’tsak. Kompyuter viruslari ular zamonaviy biznes uchun haqiqiy xavf tug'diradi. Virusning korporativ tarmoq tugunlariga kirib borishi ularning faoliyatining buzilishiga, ish vaqtining yo'qolishiga, ma'lumotlarning yo'qolishiga, maxfiy ma'lumotlarning o'g'irlanishiga va hatto pul mablag'larining
bevosita