|
Internet protokollari haqida umumiy ma’lumot
|
bet | 1/6 | Sana | 18.01.2024 | Hajmi | 3,55 Mb. | | #140397 |
Bog'liq 1-маъруза Axloq-odobga oid hadis namunalari, Abdurauf Fitrat. Muxtasar Islom tarixi, 1 MA\'RUZA, 2 MA\'RUZA. Tyuring mashinalari, 1- amaliy mashg’ulot mavzu tarmoqlanish va uzilishlarni tashkil
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
KOMPYUTER TIZIMLARINI LOYIHALASH KAFEDRASI
INTERNET PROTOKOLLARI FANI
KIRISH. Internet protokollari haqida umumiy ma'lumot. Internetning ishlash tamoyillari, HTTP, HTML va URL protokollari. TCP/IP protokoli to'plamining umumiy tamoyillari.
01
REJA
Internet — katta (global) va kichik (lokal) kompyuter tarmoqlarini oʻzaro bogʻlovchi butunjahon kompyuter tizimi. Unda geografik oʻrni, zamon va makondan qatʼiy nazar, ayrim kompyuter va mayda tarmoqlar oʻzaro hamkorlikda global informatsiya infratuzilmasini tashkil etadi. Qaydnomalar tizimi bilan boshqariladigan barcha hosila tarmoqlar hamkorlikda isteʼmolchilarga ma'lumotni saqlash, eʼlon qilish, joʻnatish, qabul qilish, izlash va maʼlum boʻlgan barcha variantlar (matn, tovush, videotasvir, fotosurat, grafika, musiqa tarzida va boshqa koʻrinishlar) da axborot almashinishga imkon yaratadi. Internet (lotincha: inter – xalqaro va net – tarmoq) – standart internet protokoli (IP) orqali maʼlumot almashuvchi kompyuter tarmoqlarining butunjahon va omma uchun ochiq toʻplamdir. Bu ma’lumotlarning asosiy tashuvchi protokoli TCP/IP dir. TCP/IP oʻzaro bogʻliq protokollar yigʻindisi boʻlib, internetda maʼlumot tarqalishida asosiy oʻrin egallaydi. Internet tarmogʻini minglab akademik, davlat, tijorat va xonadon tarmoqlari tashkil etadi. Internet elektron pochta, chat hamda oʻzaro bogʻlangan sahifalar va boshqa Butunjahon oʻrgimchak toʻri (WWW) servislaridan tashkil topadi. Protokol - bu kompyuterlar orasidagi aloqa o’rnatilishida, maʼlumotlarni qabul qilish va uzatishda foydalaniladigan signallar standartidir. Yaʼni kompyuterlar protokol yordamida biri-biri bilan bog’lanadi. Protokol to’g’ri bo’lsagina, kompyuterlar o’rtasida aloqa o’rnatiladi. Bu kompyuterlarning bog’lanish tartibi yoki standartidir.
|
| |