Internet tizimidagi oʻqitish texnologiyalari




Download 8.71 Mb.
Sana29.03.2024
Hajmi8.71 Mb.
#181205
Bog'liq
Mavzu 4 Internet tizimidagi oʻqitish texnologiyalari. Internet tizimidagi oʻqitish texnologiyalari haqida tushuncha. Internet tizimidagi oʻqitish texnologiyalari tasnifi. Internet tizimidagi oʻqitish texnologiyala
ШАХСИЙ РЕЖА KITOBCHA, истиқболли режа З.Бозоров, Informatika 7-sinf. 1-Mavzu axborot tushunchasi va bilish haqid, AXBOROT TUSHUNCHASI VA BILISH HAQIDA, 7-sinf, Ta`lim muassasasi menejmenti Reja, Pedagogik mahorat. Mavlonova, Sinfdan tashqari o‘qish uchun mavzular bo‘yicha badiiy asarlar ro‘yxatini tuzish, TUG’ILISH DAVRI INQIROZI, 6277 403 5112000-Жисмоний маданият узбек 2021, “Bir million dasturchi”, 1-mavzu amaliy hemis, 8742dd91-7cd2-429e-adb3-a15c062acb18, 270dc967-8e4e-40e0-8914-aa118f3de539, kerio-control-userguide

Mavzu 4 Internet tizimidagi oʻqitish texnologiyalari. Internet tizimidagi oʻqitish texnologiyalari haqida tushuncha. Internet tizimidagi oʻqitish texnologiyalari tasnifi. Internet tizimidagi oʻqitish texnologiyalaridan foydalanish.
REJA
1.Axborot texnologiyalarini umumta’lim maktablari ta’lim jarayoniga tatbiq etish.
2. O‘zbekiston Respublikasida internet rivoji mamlakat taraqqiyoti bilan uzviy bog‘liqligi.
3. O‘quv jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanishni rivojlantirishda masofali o‘qitish.
4. Pedagogik texnologiya o‘zida xususiyatlari.
Tayanch iboralar: Kompyuter savodxonligi, o’quv tarbiya jarayoni, internet tezligi, milliy axborot qidiruv tizimi, pedagogik texnologiya xususiyatlari.
Axborot texnologiyalarini umumiy o’rta ta’lim maktablari ta’lim jarayoniga tatbiq etish.
Davr ruhini ifodalab, kun sayin barcha sohalar amaliyotiga jadal kirib borayotgan axborot texnologiyalarini umumta’lim maktablari ta’lim jarayoniga ham tatbiq etish dolzarb masalalardan biridir. Butun jahon miqyosidagi axborot tarmog‘i har qanday sohada axborotning hajmi va tezligidan qat’iy nazar, uni istagan miqdorda qabul qilish uchun taqdim eta oladi. Multimediya va Internet texnologiyalarining paydo bo‘lishi axborot texnologiyalarining umumiy ta’lim maktablari ta’lim va tarbiya, muloqot jarayonlarida samarali vosita sifatida foydalanishga keng yo‘l ochib berdi. Axborot texnologiyalarining barkamol shaxsni rivojlantirish, uning mustaqil kasb tanlashi va kasbiy jihatdan o‘z-o‘zini shakllantirish, kasbiy mahoratini o‘stirishda tutayotgan o‘rni va ta’siri ortib borayotganligini inkor etib bo‘lmaydi. Umumiy ta’lim maktablaridagi ta’lim jarayonida axborot texnologiyalari vositasida o‘qituvchi va o‘quvchilar oldida quyidagi imkoniyatlar ochiladi, xususan:
· axborot yig‘ishning yangi usullarini va ularni qo‘llashni bilib oladilar;
· bolalarning fikrlash doirasi kengayadi, bilim olishga qiziqishlari ortadi;
· mustaqil ishlashning roli ortadi, samaradorligi yaxshilanadi;
· bolani aqliy jihatdan rivojlantirishga, hissiy-estetik doirasini kengaytirishga, ijobiy qobiliyatlarini o‘stirishga yordam beradi.
Kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanib, ta’lim sohasida, o‘quv faoliyatida va o‘quvchilar ijodiy tafakkurini rivojlantirishda yangi imkoniyatlar yaratiladi. Axborot texnologiyalari ta’limni amalga oshish jarayonida hayot bilan uyg‘unlashtirishga imkon beradi. O‘qitishni kelajakdagi kasbiy faoliyat bilan chambarchas bog‘lash imkoniyati paydo bo‘ladi. Axborot texnologiyalarini qo‘llashda o‘quvchi shaxsining butun imkoniyatlarini amalga oshirishga: kompyuter vositalari orqali bolaning bilishga oid, axloqiy, ijodiy, muloqot qilish va estetikaviy imkoniyatlarini, qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishga intilish lozim. Kompyuter va axborot texnologiyalarini o‘quvchi shaxsini rivojlantirishning to‘laqonli vositasiga aylantirish uchun o‘qituvchining o‘zi axborot texnologiyalari sohasida bilimdon (salohiyatli) bo‘lishi kerak.
Jahon pedagogikasi amaliyotida qator olimlar, jumladan, M. V. Bulanova Toporkova va boshqalar o‘qituvchining axborot texnologiyalari sohasidagi bilimdonligini quyidagi sifatlar bilan baholaydilar:
1) zamonaviy axborot muhitida faoliyat tajribasini baholash va integratsiyalashga qodirlik;
2) shaxsiy ijodiy sifatlarini rivojlantirishga intilish;
3) umumiy komunikativ (o‘zaro muloqot qilish) madaniyatining yuqori darajada bo‘lishi;
4) axborot vositasida o‘zaro birlashib xatti-harakatlarni bajarish masalasida nazariy tushunchalarning va uni tashkillashtirish tajribasining bo‘lishi;
5) o‘zini refleksiyalash (o‘z ruhiy holatini tahlil qilish) ehtiyojining bo‘lishi;
6) axborotni qabul qilish, tanlash, saqlash, qayta tiklash, taqdim etish usullarini, uni o‘zgartirish, uzatish va integratsiyalash madaniyatini o‘zlashtirish.
Pedagog-olim V. K. Selevko esa o‘qituvchining kompyuter savodxonligini kompyuterli texnologiya mazmunining muhim qismi deb hisoblaydi va uning tarkibiga quyidagilarni kiritadi:
· informatika va hisoblash texnikasining asosiy tushunchalarini bilish;
· kompyuterli texnikaning umumiy tuzilishi va funksional imkoniyatlarini bilish;
· zamonaviy operatsion tizimlarni bilish;
· umumiy vazifa bajaradigan zamonaviy dasturning qobiqlar va operatsion vositalarini (Norton Commander, Windows va boshqalarini) bilish hamda ularning vazifalarini o‘zlashtirish;
· hech bo‘lmaganda bir matn redaktorini o‘zlashtirganlik;
· dasturlashtirish algoritmlari, tillari va paketlari haqidagi boshlang‘ich tasavvurlarining bo‘lishi;
· utilitar (amaliy foyda beradigan) vazifalarini bajaradigan amaliy dasturlaridan foydalanishning boshlang‘ich tajribasi.
Axborot texnologiyalarining asbob-uskuna va dasturiy vositalarining juda jadallik bilan rivojlanib borishi, masalan, yangi avlod kompyuterlarining, yangi dasturlarining chiqishi, turli ta’limiy vazifalarni hal etish qulay texnikafiy imkoniyatlar ochib beradi. Biroq ilmiy izlanishlar o‘quv maqsadida foydalaniladigan axborot tizimlari o‘z didaktik sifatlariga ko‘ra hali ham qoniqarsiz darajada ekanligini ko‘rsatadi. Buning sababi shundaki, axborot texnologiyalarini o‘qitish maqsadlarida foydalanishning metodik (pedagogik) vositalari axborotlashtirishning texnikaviy vositalari rivojlanishidan ancha orqada qolib ketyapti. Kompyuterning imkoniyatlari juda katta, biroq pedagogik maqsadlarda u yetarli darajada foydalanilmayapti. O‘qitish maqsadidagi axborot uni loyihalashtirish bosqichida kiritiladi. Xususan, axborot — avtomatlashtirilgan o‘qitish tizimlarining ma’lumotlar bazasini yaratishda, elektron darsliklarni tuzish uchun o‘quv materialini tayyorlashda, modellashtiriuvchi turdagi kompyuter tizimlari bilan o‘quv ishlarining ssenariylarini, masalalar va mashqlar, test topshiriqlari tuzishda kiritiladi. Axborot texnologiyalari bir yo‘la bir necha fan sohalariga informatika, matematika, kibernetika, psixologiya, pedagogika kabi fanlarga oid ma’lumotlarni birlashtiradi. Biroq bu uyg‘unlikda psixologikpedagogik asos yetakchi o‘rin tutadi. Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va o‘qitish jarayoniga joriy qilish muhim o‘rin egallaydi. Yangi axborot texnologiyalari o‘quv jarayoni va ilmiy-tadqiqot ishlari uchun katta ahamiyatga ega. Odatdagi ta’limiy texnologiyalardan farqli ravishda, axborot texnologiyalarida mehnat predmeti va uning natijasi sifatida axborot, mehnat quroli bo‘lib esa axborotlashtirishning texnikaviy vositalari xizmat qiladi.
Kompyuter vositalari o‘quv-tarbiya jarayonining turli bosqichlarida:
· o‘quvchilarga o‘quv materiallarini taqdim etish bosqichida;
· kompyuter bilan interfaol o‘zaro birgalashib, harakat qilish jarayonida o‘quv materialini o‘zlashtirishda;
· o‘zlashtirilgan bilimlar, malakalar va ko‘nikmalarni takrorlash va mustahkamlashda;
· o‘qitishda erishilgan natijalarni oraliq va yakuniy nazorat qilish va o‘zo‘zini nazorat qilish bosqichida;
· o‘quv materialini qismlarga bo‘lish, uni klassifikatsiyalash va tizimlashtirishni takomillashtirish orqali o‘qitish jarayoniga va uning natijalariga tuzatishlar kiritish bosqichida foydalanilishi mumkin.
Oqilona tuzilgan kompyuterli o‘qitish dasturlari axborotni o‘quvchi tomonidan o‘zlashtirilishining psixologik va pedagogik qoidalari e’tiborga olingan taqdirda o‘qitishni individuallashtirish va differensiyalashtirishga, bolalarning qiziqishlari va o‘qishdagi mustaqil faoliyatini rag‘batlantirishga imkon beradi.
Maktab pedagogik jarayonida kompyuter o‘qituvchi, ishchi qurol, o‘qitish obyekti, hamkorlik qiluvchi jamoa, bo‘sh vaqt (o‘yin) muhiti xizmatlarini bajarishi mumkin (G. K. Selefko).
Kompyuter o‘qituvchi sifatida o‘qituvchini va kitobni qisman yoki to‘liq o‘rnini bosadigan o‘quv axboroti manbai;
multimediya va telekomunikatsiya imkoniyatlari bilan tamoman yangi sifat darajasidagi ko‘rgazmali vosita;
individual va axborot muhiti;
trenajyor;
o‘quvchilar bilimni tashhislash va nazorat qilishning vositasi vazifalarini bajaradi.
Ishchi qurol sifatida kompyuter matnlarni tayyorlash va ularni saqlash matn redaktori; grafikaviy redaktor va katta imkoniyatlarga ega hisoblash mashinasi vazifalarini bajaradi.
O‘qitish obyekti sifatidagi xizmatini kompyuter-dasturlashtirish;
dasturli mahsulotlarni tayyorlash;
har turli axborot muhitlarini qo‘llash moboynida bajaradi.
Hamkorlik qiluvchi jamoa — keng auditoriya bilan muloqot qilish, Internetda bog‘lanish orqali vujudga keltiriladi. Bo‘sh vaqt (o‘yin) muhiti o‘yin dasturlari, tarmoq bo‘yicha kompyuterli o‘yinlar, kompyuterli video yordamida tashkil qilinadi. Axborot muhiti zamonaviy darajadagi axborot bazalari, gipermatn va multimediya, imitatsion o‘qitish, elektron kommunikatsiyalar, ekspert tizimlarini kiritadi.
Hozirgi kunda kompyuter o‘qitishning qudratli vositasiga aylangan. Kompyuterli texnologiyada o‘qituvchinng ishi, V. K. Selefko ta’kidlaganidek, quyidagilardan iborat:

  1. butun sinf o‘quv predmeti darajasida o‘quv jarayonini tashkillashtirish (o‘quv jarayoni grafigi, sirtqi tashhis, yakuniy nazorat);

  2. sinf ichida o‘quvchilarni faollashtirish va ularning ishini muvofiqlashtirish, ish o‘rinlarini joylashtirish, yo‘riqnoma berish, sinf ichkarisidagi tarmoqni boshqarish kabilar;

v) o‘quvchilarni individual kuzatish, individual yordam ko‘rsatish, bolalar bilan individual «insoniy» munosabat. Kompyuter yordamida individual o‘qitishning ko‘rish va eshitish obrazlarini foydalanuvchi mukammal variantiga erishiladi;
g) axborot muhiti tarkibiy qismlarini tayyorlash, ularning ma’lum bir o‘quv fani mazmuni bilan bog‘liqligidan iborat. Xususan, multimediya texnologiyalaridan foydalanib interfaol darslarni o‘tkazish yaxshi samara beradi.
Odatdagi darsda o‘qituvchi dars mavzusi mazmunini bayon qiladi, o‘quvchilar esa tinglab, ko‘rib, eslab qoladilar, kerakli yozuvlarni daftarlariga yozadilar. Ular har qanday ma’lumotni tayyor holda qabul qiladilar. Aksincha, interfaollik o‘quvchilarga o‘qitish jarayoniga faol kirishishga imkon beradi. Bolalar shunchaki tinglamaydilar. Ular savollar berib, o‘z fikrlarini bildiradilar, o‘quv materialining tushunarsiz qismlarini batafsilroq anglab olishga intiladilar, baxslashadilar, o‘zlari to‘g‘risida xulosalarga va yechimlarga keladilar. Interfaollikda har ikki tomon: o‘qituvchi ham, o‘quvchilar ham faollik ko‘rsatadi, birgalashib, hamkorlikda darsda qo‘yilgan maqsadlarga erishadilar. Biron bir o‘quvchi darsdagi asosiy ishdan chekkada qolmaydi. Hamma o‘qiydi, hamma bir — birini o‘qitadi. Interfaol dars o‘qituvchi boshchiligi bilan amalga oshiriladigan an’anaviy o‘qitish usullarining va yakka tartibdagi kompyuterli o‘qitishning yaxshi tomonlarini birlashtiradi. Kompyuter o‘qituvchining faol yordamchisiga aylanadi. Kompyuter slaydlarini foydalanish evaziga interfaol darslar bilishga taqdim etiladigan axborot mazmuni bilan birga, ta’sirchanligi bilan ajralib turadi. Dars mavzusini bayon qilishda o‘qituvchi illyustratsiya sifatida slaydlardagi axborotni kerak joylarda taqdim etib boradi. Rasmlar, grafiklar, jadvallar, diagrammalar, formulalar ovoz jo‘rligida, multiplikatsiya elementlari hamkorligida taqdim etilib, o‘qituvchining izohlari bilan beriladi.
O‘zbekiston Respublikasida internet rivoji mamlakat taraqqiyoti bilan uzviy bog‘liqligi.
O‘zbekiston Respublikasida internet rivoji bevosita mamlakat taraqqiyoti bilan uzviy bog‘lanadi. U o‘zida zamonaviy davlat va aholi turmush tarziga xos barcha bosqichlarni aks ettiradi. O‘zbekistonda Internet rivojini quyidagi asosiy davrlarga bo‘lish mumkin: 1990-yillar boshi UUCP ma’lumotlar uzatish tizimida elektron pochta orqali ma’lumot almashish imkoni paydo bo‘ldi. Foydalanuvchilar analog modemlar yordamida Moskvaga yoki boshqa shaharlararo qo‘ng‘iroqni amalga oshira boshladilar. Ma’lumotlar uzatish tezligi 1200-2400 bod (bit/s)ni tashkil qilgan. 1992-1995 yillarda UUCP mahalliy provayderi faoliyatini boshlagan. U tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar tezligi 9600-14400 bod (bit/s)ni tashkil qilgan. Shundan so‘ng BCC (Biznes Aloqalar Markazi), CCC va PERDCA (Silk.org) provayderlari tashkil etilgan. SONET elektron tijorat tarmoqlariga ulanish boshlangan. FidoNet matnli ma’lumotlarni jo‘natish global tarmog‘i ishga tushdi. Relcom – ilk elektron pochta tarmog‘i ishga tushdi. Ma’lumot uzatish tezligi 9600 dan 14400 bodgacha bo‘lgan analog modemlar orqali Internet tarmog‘iga ulanish imkoniyati tug‘ildi. Mazkur xizmatlar Naytov, BCC hamda Silknet (PERDCA) provayderlari tomonidan ko‘rsatilgan. 1995 yil 29 aprelda «UZ»domeniga asos solindi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining ma’lumotlarini banklararo uzatish tarmog‘iga asos solindi. 1996 yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida BMTning O‘zbekistonda Internetni rivojlantirish loyihasi tashkil etildi. Keyinchalik bu UzNet nomi bilan tanilgan. Telekommunikatsiya bozorida UzPAK kompaniyasi faoliyatini boshladi. 1997-1999 yillar Internetning misli ko‘rilmagan rivojlanish davri. Har bir provayder xalqaro Internet tarmog‘ida o‘zining mustaqil kanaliga ega bo‘ldi. Ba’zi birlarida Moskvaga qadar modemlari, boshqalarida asinxron sputnik kanallari mavjud bo‘lgan. O‘zbekistonning ilmiy-ta’lim tarmog‘i UzSciNet faoliyatini boshladi. Yangi internet provayderlari tashkil etildi. Internetdan bir soat foydalanish bahosi 600 so‘m (shu davrda Markaziy bank kursi bo‘yicha bu o‘rtacha 4 dollarga teng mablag‘) bo‘lgan. Muayyan yo‘nalishlar bo‘yicha texnologiyalar analogdan raqamli shaklga o‘ta boshladi. Naytov hamda UzNet provayderlari faqatgina yuridik shaxslar uchun raqamli modemlar orqali Internet xizmatlarini ko‘rsata boshladi. Internetdan foydalanish tariflarini trafikka binoan belgilash amaliyoti boshlandi. Internet tarmog‘i orqali ovozli aloqa o‘rnatish tajribasi qo‘llandi. Sarkor Telecom provayderi Radio Ethernet simsiz tarmoq texnologiyasini joriy qildi. Trans-OsiyoYevropa (TAYe) optik aloqa ma’lumotlar uzatish tarmog‘idan foydalanila boshlandi. 1999 yil O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining №52-son qarori imzolandi. Qarorga muvofiq xalqaro ma’lumotlar uzatish, shuningdek Internet tarmog‘iga ulanish O‘zAAA dan xalqaro tarmoqqa chiqishga huquq beruvchi litsenziyani olib, O‘zbekiston Respublikasi ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari operatorlari (provayderlari)ning respublika va xalqaro kompyuter tarmoqlaridan, shu jumladan Internetdan faqat «UzPAK» ma’lumotlarni uzatish davlat tarmog‘ini rivojlantirish va undan foydalanish korxonasining va ma’lumotlarni uzatish milliy tarmog‘ining texnik vositalari orqali foydalanishiga oid belgilangan tartib belgilandi. “Iskra” hukumat aloqa tarmog‘i va boshqa bir qator ma’lumotlar uzatish vositalari orqali xalqaro tarmoqqa chiqish to‘xtatildi. UzNet uskunalari, tarmog‘i va xodimlar UZPAK boshqaruviga o‘tkazildi. Barcha provayderlarga tarmoqlarini UZPAK tarmog‘iga birlashtirish tavsiya qilindi. Barcha trafik shaxsiy yoki sotib olingan kanallar orqali o‘tkazilgan, UzPAK kanalidan (odatda bu 33600 bod (bit/s)li analog modem bo‘lgan) zahira sifatida foydalanilgan. O‘sha mahalda UzPAK xizmatlari narxi boshqa provayderlarnikidan yuqori bo‘lgan. Shunday bo‘lsa ham, asinxron aloqa foydalanuvchilari soni o‘sib borgan. 1999-2000 yillarda BMTning O‘zbekistonda Internet tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha yangi loyihasi – UZB/99/016 (UzSciNet) ish boshladi. Bu gal O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi qoshida akademik tarmoq yaratish bo‘yicha ish boshlandi. Internet bozorida qator o‘zining mustaqil (asosan sun’iy yo‘ldosh) kanallariga ega bo‘lgan provayderlar faoliyati kuzatildi. Ilk Cisco tarmoq akademiyasi ishga tushdi. 2001-2002 yillar. Tashqi Internet kanallarining o‘tkazuvchanlik salohiyati 8,5 Mbit/s. dan 18 Mbit/s.gacha oshdi. Sarkor Telekom ilk marotaba TAYe orqali China Telecomga ulandi. DialUp xizmatlari uchun narxlarning keskin pasayishi kuzatildi. “Naytov Internet” biznesi Buzton kompaniyasiga o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro kompyuter tarmoqlaridan foydalanishni markazlashtirishdan chiqarish to‘g‘risida”gi 352-son qarori imzolandi. Unga 2muvofiq, Vazirlar Mahkamasining 52-sonli qarorida qayd etilgan, O‘zbekiston Respublikasi ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari operatorlari (provayderlari)ning respublika va xalqaro kompyuter tarmoqlaridan, shu jumladan Internetdan faqat «UzPAK» ma’lumotlarni uzatish davlat tarmog‘ini rivojlantirish va undan foydalanish korxonasining va Ma’lumotlarni uzatish milliy tarmog‘ining texnik vositalari orqali foydalanishiga oid belgilangan tartib bekor qilindi. Provayderlar hali ham xalqaro aloqaga ulanishni «O‘zbektelekom» AK orqali amalga oshirishlari zarur edi. 2003-2005 yillarda. Tashqi Internet kanallarining o‘tkazuvchanlik salohiyati 32 Mbit/s dan 143,1 Mbit/s gacha oshdi. DSL orqali Internet tarmog‘iga ulanish ham jismoniy, ham yuridik shaxslar o‘rtasida keng ommalashdi. Provayderlar hududlarda ham Internetga ulanish bo‘yicha xizmatlarni kengaytira 9 boshlashdi. Internet tezligi 64 Kbit/sek.dan 1 Mbit/s.gacha oshdi. Oylik abonent to‘lovi orqali DialUp orqali ulanganlarga oylik cheksiz tariflar joriy qilindi. Provayderlar Callback xizmatini joriy qilishdi. O‘zbekiston mobil aloqa bozorida Rossiyaning Vmpelkom (Bilayn), MTS, Telia Sonera kompaniyalari faoliyatini boshladi. Telekommunikatsiya bozorida IP telefoniya (Platinum connect, 2Oxygen, Buzton) kompaniyalari paydo bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi hukumat portali – http://www.gov.uz tashkil etildi. Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 6 oktyabrdagi 221-son qaroriga muvofiq, davlat va jamoat organlari, fuqarolar, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning axborotlarga bo‘lgan ehtiyojlarini har tomonlama qondirish maqsadida Ma’lumotlarni uzatish milliy tarmog‘ining faoliyat ko‘rsatishini va uni rivojlantirishni ta’minlash «O‘zbektelekom» AK zimmasiga yuklatildi. UZINFOCOM markazi esa O‘zbekistonning yuqori darajali domeni(ccTLD.uz)ga administratorlik qilish huquqini qo‘lga kiritdi. UZ milliy domenini ro‘yxatga oluvchi 6 ta registrator (Tomas, BCC, Sarkor Telecom, Global Study, TV-Inform i Arsenal-D) faoliyat ko‘rsatmoqda edi. O‘zbekiston AT Assotsiatsiyasi, ZiyoNet axborot ta’lim tarmog‘i, kompyuter xurujlariga tezkor choralar ko‘ruvchi «UZ-CERT» xizmati, Milliy axborot-qidiruv tizimi http://WWW.UZ ga asos solindi. 2006-2009 yillar. Tashqi Internet kanallarining o‘tkazuvchanlik salohiyati 1125 Mbit/s.gacha oshdi. Birinchi elektron raqamli imzoni ro‘yxatga olish markazi ochildi. Kompaniyalar GPRS, 3G, Wi-MAX texnologiyalari asosida simsiz Internet xizmatlarini ko‘rsatishni boshladilar. Internet foydalanuvchilari soni 2 milliondan oshib, mobil aloqa foydalanuvchilari 10 millionga yetdi. Simus kompaniyasi «UZ» domenining milliy registratoriga aylandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Krizisga qarshi dasturga kiritilgan qo‘shimcha infratuzilma ob’ektlari bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1073-son qarori asosida 2009 yilgacha aloqa va telekommunikatsiya ob’ektlarini, xususan milliy va hududiy ma’lumotlar almashish tarmoqlarini rivojlantirishning qo‘shimcha choralari belgilab olindi. Mobil aloqa operatori «MTS – O‘zbekistan» mamlakat hududida 4G (4-avlod) mobil tarmog‘ini qurish bo‘yicha litsenziyaga ega bo‘ldi. 2010-2011 yillar. Foydalanuvchilar soni 7,378 mln.ga yoki aholi miqdoriga nisbatan 24 % ga tedi. Bundan mobil Internetdan foydalanuvchilar 4,119 mln.ni tashkil qiladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, ko‘pchilik Internetdan foydalanishda mobil aloqani ma’qul ko‘radi. 2010 yilda O‘zbekistonda Internet foydalanuvchilari soni 3,2 millionga oshib, 2002 yil bilan solishtirganda o‘sish 23,8 %ni tashkil qiladi. O‘zbekistonning barcha hududlarida Internet foydalanuvchilari soni muntazam oshib bormoqda va mamlakat aholisining 24 %i xalqaro tarmoqdan foydalanadi. 2010 yil so‘ngida Internetdan foydalanuvchi davlat organlari soni 7643 taga yetdi. UZINFOCOM markazi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2010 yilda «.UZ» milliy domenidan ro‘yxatdan o‘tgan faol domenlar miqdori 11 mingtaga yetgan. 2010 yilda TAS-IX da trafik hajmi 615025,32 GBaytga yetib, 2009 yilga nisbatan 314,8% ga oshgan.
Asrlar davomida yig‘ilgan ilm-fan xazinasini bugungi yosh avlodga o‘rgatish, ularni dunyodagi ilg‘or va zamonaviy pedagogik texnologiya va axborot tizimlari yordamida jahon standartlariga to‘g‘ri keladigan mutaxassis kadrlar qilib tayyorlash bugungi davrning dolzarb vazifalaridan biriga aylandi. Hozirgi kunning asosiy talablaridan yana biri, o‘quv jarayonini to‘liq kompyuter tarmoqlaridan foydalangan holda olib borishdir. Buning uchun kompyuter tarmoqlari, uni tashkil etuvchilari, fandagi o‘rni nimalardan iborat, internet tizimi nima va o‘qitishda xamda o‘quv jarayonida foydalanishda nimalarga e’tibor bermoq kerak degan savollarga javob berish maqsadga muvofiqdir.
O‘quv jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanishni rivojlantirishda masofali o‘qitish.
O‘quv jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanishni rivojlantirishda masofali o‘qitish alohida o‘rin egallaydi. Masofadan turib o‘qitish bu inson o‘zining bilim darajasini oshirishni ishlab chiqarishdan ajralmagan holda xoxlovchilar, maktabga borish imkoniyati bo‘lmagan, nogironlar, keksa yoshdagilar kabilar uchun katta yo‘l ochib beradi. Masofali o‘qitishda biz hech kimni majbur qila olmaymiz. Bunda xoxlovchi o‘z imkoniyatiga qarab muloqot qilish, qo‘shimcha axborot to‘plash va fikr almashish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Masofali o‘qitish hozirgi kunning barcha talablariga javob beradi, ayniqsa, yo‘l xarajatlarini hisobga olmaganda, kunduzgi ta’limni barcha sistemalarini tashkil qilish mablag‘lariga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Ma’lumki, ko‘p yillar davomida sirtqi ta’lim asosan televedeniya, radio yoki matbuot orqali amalga oshirilib kelinmoqda. Lekin bularni amalga oshirish ko‘pgina faktorlar hisobida qiyinchilik bilan amalga oshirilib kelindi. Yangi axborot texnologiyalari asosida masofali o‘qitishni tashkil qilishning bir qator usullari mavjud: interfaol teoevedeniya, telekommunikatsiya, CD-ROM texnologiyasi asosida, o‘quv radio va televedeniya, video lentalar va hokazo. So‘ngi yillarda to‘rt xil turdagi masofali o‘qitish keng tarqalmoqda:
1. Interfaol televedeniya (two-way TV);
2. Axborot almashinuviga asoslangan kompyuterli telekomunikatsiya setlari (regional va global, internet);
3. Multimediali, interfaol rejimli, videokonferentsiyalar o‘tkazish imkoniga ega kompyuterli telekomunikatsiya setlari;
4. Birinchi va ikkinchi turlar kesimida. Masofadan o‘qitish bu Internet tarmog‘i orqali sizga qulay bo‘lgan vaqtda o‘qishdir.
5.Masofadan o‘qitishning tarkibiy belgilari: o‘qituvchi, o‘quvchi, kommunikatsiyadir.
Masofadan o‘qitish uslubiy materiallari quyidagilardir:
• Darslik
• Audio va video darsliklar
• Onlayn darslar (Internet saxifa)
• Elektron kutubxonalar
• Testlar
• Mul’timedia elektron darsliklar
Shunday qilib, masofadan o‘qitishda virtual kutubxonalar, sputnik orqali videokonferentsiyalar, darslar, Internet yordamida muloqot va informatsiya olish imkoniyatlari paydo bo‘ldi. Bu esa o‘quvchi uchun maxsus o‘qish doirasini berdi. O‘quvchining fanni o‘zlashtirish tezligi va sifati keskin yaxshilandi. Dunyo amaliyotida ochiq va masofali o‘qitish hozirgi kunda asosan oltita modelga asoslangan:
1-model. Eksternat tipida o‘qitish. Bunda o‘quvchi maktab yoki oliy o‘quv yurtida o‘qitishning kunduzgi ta’lim tizimidan foydalanmaydi. Bunda o‘quvchi ta’lim muassasasiga qatnamasdan atestat yoki diplomga ega bo‘ladi.
2-model. Oliy o‘quv yurtida o‘qish (kunduzgi ta’lim). Bu butun bir sistema bo‘lib, ta’lim kunduzgi, sirtqi yoki masofali o‘qitish yangi axborot texnologiyalari asoslangan holda amalga oshiriladi. Bu usuldan ko‘pgina xorijiy oliy o‘quv yurtlarida keng foydalanilmoqda.
3-model. Bir nechta oliy o‘quv yurtlarining o‘zaro hamkorligida o‘qitish.Bunda bir qator davlatlardagi oliy o‘quv yurtlari o‘zaro hamkorlikda sirtqi va masofali o‘qitish yo‘lga qo‘yilib talabalar xoxlagan davlatdagi oliy o‘quv yurti yoki kollejda o‘z davlatini yoki uyidan uzoqlashmasdan ta’lim olish huquqiga ega bo‘ladi.
4-model. Avtonom ta’lim berish muassasasi. Masofali o‘qitishga asoslangan multimediali kurslardan iborat maxsus ta’lim berish muassasasi. Bunda shuningdek bilim darajasini baholash va atestatsiya qilish ham amalga oshiriladi. Bunday oliy o‘quv yurtlaridan Londondagi ochiq universitetni, AQShdagi Milliy texnologiya universitetlarini misolida qarash mumkin.
5-model. Avtonom o‘qitish tizimi. Ushbu usulda o‘qitish asosan TV, radio aloqa vositalari orqali yoki qo‘shimcha chop etish vositalari orqali amalga oshiriladi. Bu usulda hozirda amerika-samoa televizion proekti faoliyat ko‘rsatmoqda.
6-model. Multimediali masofali o‘qitish. Bu asosan katta yoshdagi, to‘liq o‘rta ta’limga ega bo‘lmaganlar uchun qulay bo‘lib, ularni o‘rta maktabni tugatishlarida yordam ko‘rsatadi. Shunday qilib, axborot texnologiyalari yordamida masofali o‘qitishni joriy qilinishi ma’lum moddiy qiyinchiliklarga duch kelsada, o‘z samarasini berib kelmoqda.
Bugun O‘zbekiston jahon hamjamiyatiga integrallashtirish yo‘lida faol siyosat yuritib, iqtisodiy, ilm-fan, ta’lim sohasi va axborot almashish borasida dunyo xalqlari bilan o ‘zaro hamkorlikni tabora mustahkamlamoqda. Bu borada yurtimizda bir qancha ishlar amalga oshirildi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining sifat bosqichida mamlakatimizda axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, ta’lim tizimiga xorijiy o‘quv markazlarining yangi pedagogik texnologiyalarini ijobiy tajribalarini jalb etish va ulardan amalda foydalanish ta’lim sohasidagi muhim vazifalardan biridir. Ma’lumki, fan va texnika jadal sur’atlar bilan rivojlanayotgan bugungi kunda ilmiy bilimlar, tushuncha va tasavvurlar hajmi keskin ortib bormoqda. Bu, bir tomondan, fantexnikaning yangi soha va bo‘limlarining taraqqiy etishi tufayli uning differensiallashuvini ta’minlayotgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, fanlar orasida integratsiya jarayonini vujudga keltirmoqda. Bunday sharoitda, yuqori malakali pedagog kadrlarga bo‘lgan talablar ortib borib, barkamol avlodni asrlar davomida shakllanib kelgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash layoqatiga ega, fanning fundamental asoslarini, pedagogika va psixologiya metodlarini mukammal egallagan, kasbiy tayyorgarligi yuksak darajada bo‘lgan hamda zamonaviy pedagogik va axborot – kommunikatsiya texnologiyalarini amaliyotda qo‘llash ko‘nikma va malakasini puxta o ‘zlashtirgan ijodkor pedagoglarni tayyorlash talab etiladi. Ilmiy texnikaviy taraqqiyot ishlab chiqarishning ko‘p sonli tarmoqlari bilan bir qatorda ta’lim sohasiga ham zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishni taqozo etmoqda. Chunki, pedagogning o ‘quv jarayonini tashkilotchisi sifatida emas, balki bilimlarni egallash manbalaridan biriga aylanib qolayotganligi, ilmiy-texnik taraqqiyotning rivojlanayotgan bosqichida axborotlarning keskin ortib borayotganligi va ulardan o ‘qitish jarayonidafoydalanish uchun vaqtning chegaralanganligi ta’lim tizimiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etishni taqozo etmoqda. Ta’lim islohotlari amalga oshirilayotgan hozirgi davrda har bir fanni o‘qitish mazmunini qayta tahlildan o ‘tkazish va buni tubdan isloh qilish nuqtai nazardan yondashuv zarur bo‘ladi. Bugungi kunda zamonaviy axborot-kommunikatsi texnologiyalarining jadal sur’atlar bilan rivojlanishi va joriy etilishi jamiyat taraqqiyoting barcha yo‘nalishiga ulkan ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Har bir sohaga tegishli ko‘plab Web-portallar, internet saytlari, axborot tizimlarining yaratilishi va elektron axborot almashish, markazlashgan axborot resurslari, turli ko‘rinishdagi interaktiv xizmatlaridan foydalanishning keng y o ‘lga qo‘yilishi esa keng qatlamdagi jamoatchilik orasida axborot tanqisligiga barham berilishiga, ma’lumot olish, qayta ishlov berish va uzatish imkoniyatining keskin oshuviga va boshqa ko‘pgina qulayliklarni keltirib chiqarmoqda. Jadal sur’atlar bilan rivojlanayotgan texnologiyalar ta’lim-tarbiya jarayonining tez takomillashishini va yangi texnologik muhitga moslashishini taqozo etadi, ya’ni o ‘qituvchi pedagogik va axborot vositalaridan to‘liq foydalana bilishi va ishlata olishi talab etiladi. AKTning eng ommalashgan vositalaridan biri bu – televideniye hisoblanadi. Ta’limiy teledasturlardan butun dunyoda keng foydalaniladi, bu esa masofaviy ta’limning yorqin ko‘rinishidir. Televideniye orqali tayyorlangan turli ta’limiy vositalarni keng foydalanuvchilar auditoriyasi uchun namoyish qilishning imkoni mavjud. Bunda o ‘quvchi va talabalar o ‘z bilimlarini maxsus imtihon va testlar yordamida tekshirishlari mumkin. Demak, ta’lim tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, internet, electron darsliklar va multimedia resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish orqali ta’lim-tarbiya jarayoni sifatini oshirish kafolatlanadi.
Mamlakatimiz rivojlanishining muhim sharti zamonaviy iqtisodiyot fan, madaniyat, texnika va texnologiya rivoji asosida kadrlar tayyorlashning takomillashgan tizimining amal qilishiga erishishdir. Fan va texnikaning jadal rivojlanishi ta’lim jarayonida ham jiddiy o‘zgarishlar yuz berishini taqozo etdi. Dars davomida o‘quvchilarning faolligi va qiziquvchanligini muntazam ravishda rivojlantirib borish dolzarb mavzuga aylandi. Ta’lim jarayoni markazida o‘quvchining turishi va sub’yekt sifatida faoliyat ko‘rsatishi lozim bo‘lib qoldi. Agar dars jarayoni zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda mukammal rejalashtirilmasa, aniq qo‘yilgan maqsadga erishib bo‘lmaydi. Natijada zaif, yetarli darajada tashkil etilmagan dars samarasiz yakunlanadi. O‘quvchi zerikib keraksiz hissiyotlarga beriladi, uning bilimga chanqoqligi pasayadi va hatto o‘qishga bo‘lgan qiziqishi sinadi. O‘quvchi bu fanga salbiy munosabatda bo‘la boshlaydi. Shuning uchun o‘qituvchi interfaol metodlarni dars jarayoniga tatbiq qilar ekan, o‘quvchilarda fanga va mavzuga qiziqishni uyg‘ota olishni o‘z rejasidan chetda qoldirmaslik kerak. Didaktik adabiyotlarda, o‘quv munozaralari va bahslarni tashkil etishda interfaol usullardan samarali foydalanish tavsiya etila boshladi.
O‘qituvchi o‘qitish va o‘rgatish, shuningdek, mavjud imkoniyat va sharoitlardan unumli foydalanish uchun mas’ul shaxs hisoblanadi. Bu vazifani bajarish uchun o‘qituvchi o‘qitish jarayoni hamda o ‘qitiladigan fanlarning ilmiy va texnik jihatlarini to‘liq bilishi lozim. Bundan maqsad shuki, o‘qitish uslubi shunday yo‘lga qo‘yilsin-ki, bunda o‘quvchilar o‘qitilayotgan fanni to‘liq o‘zlashtira olishsin. O‘qitish usullarining o‘quvchilar talabiga mos kelishini aniqlashda o‘qituvchi o‘z dasturining quyidagi oltita asosiy tarkibiy qismini hisobga olishi zarur: rejalashtirish, mavjud imkoniyat va sharoitlar, uslublar, faoliyatlar, teskari aloqa va nazoratdan iborat. O‘qitishning zamonaviy metodlarining quyidagi xususiyatlari mavjud: Insonning muhim hayotiy ehtiyoji bo‘lgan muloqot – o‘qitish jarayonining barcha bosqichlarida qo‘llaniladi. O‘qitish jarayonida o‘quvchilarga o‘z kuchi, bilimi, iqtidorini namoyon etishga teng imkoniyatlar beriladi. O‘quvchilarning kichik guruhlarda hamkorlikda ishlashida ijtimoiy-psixologik jihatdan qulay muhit yaratilib, muloqotda bosqichma-bosqich va samarali ishtirok etishga zamin tayyorlanadi.
O‘quvchilar muloqotda faol ishtirok etishlari uchun faqat eshitishlari shart emas, balki eshitganlarini tahlil qilish, fikr yuritish, fikrlarning asosli va tushunarli bo‘lishiga erishish lozimligini anglaydilar. O‘quvchilar bilan hamkorlikda, kichik guruhlarda ishlashi orqali qo‘yilgan vazifalarni talab darajasida bajarish, olingan natijalarni tahlil qilish, ularning to‘g riligini tekshirib ko‘rish, taqdim etish va boshqa guruhlar tomonidan e’tirof etishlariga erishishlari lozim. O‘quv munozaralari va bahslarni tashkil etish quyidagi bosqichlardan iborat bo‘ladi:

  1. O‘quv munozaralari va bahslarni keltirib chiqaradigan o‘quv topshiriqlari bilan tanishish.

  2. O‘quv topshiriqlaridagi muammolarni hal etish yo‘llarini belgilash;

  3. Axborot manbai yoki darsliklardagi o ‘quv materialini o‘rganish, tahlil qilish va undagi asosiy g ‘oyani ajratish;

  4. Muammolarni hal etish bo‘yicha javoblarni tayyorlash;

  5. Javoblarni ko‘rgazmali vositalar yordamida dalillash;

  6. Javoblarning to‘g ‘riligini tekshirib ko‘rish;

  7. O‘z-o‘zini nazorat qilish, o‘zaro nazoratni amalga oshirish.

Shunday qilib, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish ham o‘rganilayotgan fanga bo‘lgan qiziqishni oshirish o‘quvchilarda mustaqil va ijodiy fikr yuritish ko‘nikmalarini rivojlantirishi mumkin ekan.
Yuqorida aniqlangan me’zonlar asosida mos keladigan o‘qitish va o‘rgatish dasturini ishlab chiqish uchun o‘qituvchi quyidagilarga qodir bo‘lishi lozim:
– haqiqatda mavjud o‘rgatish malakalariga ega bo‘lish;
– tinglovchilarning bilim darajasini baholash uchun o‘rnatilgan me’yorlarni aniqlash mezonini tushuntirib berish;
– namunaviy mashg‘ulotlarni o‘qitishning maqsadlari qilib olish;
– tinglovchilarning o‘quv materiallarni yaxshi o‘zlashtirishlari uchun rejalashtirilgan loyiha va o ‘qitish uslublarining mosligini aniqlash.
Zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha maxsus tuzilgan dastur joriy qilingandan keyin o‘qituvchi o‘quv faoliyatining mazmunini yoki uslublarni tekshirish, o‘quvchilar bilan teskari aloqa o‘rnatishga qodir bo‘lishi lozim.
Zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish orqali o‘qitishga oid ko‘rsatmalar:
– shaxsiy o‘qitish uslubiga tanqidiy nuqtai nazardan qaramaslik.
– ba’zi bir o‘qituvchilar o‘z ustilarida ishlamay, eskicha uslubda o‘qitishda davom etishadi.
– nima uchun o ‘qituvchilar o ‘z o ‘qitish uslublarini o ‘zgartirishlari lozim?
– ular o ‘z tinglovchilariga ega va bu tinglovchilar ularni hurmat qiladi.
– sinfda yoki boshqa bir o ‘qitish bilan bog‘liq muhitda, haqiqatda, qanday hodisalar ro‘y berayotganligidan xabardor bo‘lish va o ‘qitish jarayonining to ‘g ‘ri olib borilayotganligini tizimli ravishda aniqlab borish maqsadida o ‘qituvchilar o‘z o‘qitish uslublarining talabga mos kelish yoki kelmasligini tekshirib borishlari ular uchun katta ahamiyat kasb etadi.
Mustaqil Vatanimizda shakllanayotgan milliy g‘oya bosh Qomusimizda e’tirof etilgan insonparvar, demokratik, huquqiy davlat va jamiyatni barpo etish, shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy hamda madaniy rivojlanishining yuqori bosqichlariga ko‘tarish, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin egallashiga yo‘naltirilgan ezgu maqsadlarini amalga oshirishga xizmat qiladi.
Mazkur maqsadlarning ijobiy natijalarga ega bo‘lishi, eng avvalo, yosh avlodga ilmiy bilimlar asoslarini puxta o‘rgatish, ularda keng dunyoqarash hamda tafakkur ko‘lamini hosil qilish, ma’naviy-axloqiy sifatlarni
shakllantirish borasidagi ta’limiy-tarbiyaviy ishlarni samarali tashkil etishga bog‘liqdir. “Biz ta’lim va tarbiya tizimining barcha bo‘g‘inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni o‘zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz”, deb ta’kidlab o‘tgan davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev. Qolaversa, Mamlakatimizning birinchi Prezidenti ta’kidlaganlaridek, “Biz farzandlarimizning nafaqat jismoniy va ma’naviy sog‘lom o‘sishi, balki ularning eng zamonaviy intellektual bilimlarga ega bo‘lgan, uyg‘un rivojlangan insonlar bo‘lib, XXI asr talablariga to‘liq javob beradigan barkamol avlod bo‘lib voyaga yetishi uchun zarur barcha imkoniyat va sharoitlarni yaratishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘yganmiz” Malakali kadrlar tayyorlash muassasaining har bir bosqichi o‘zida ta’lim muassasaini samarali tashkil etish, uni yuqori bosqichlarga ko‘tarish, shu bilan birga jahon ta’limi darajasiga yetkazish borasida muayyan vazifalarni amalga oshirish lozim. Xususan, mazkur muassasaning uchinchi bosqichi ta’lim muassasalarining resurs, kadrlar va axborot bazalarini yanada mustaxkamlash, o‘quv tarbiya muassasaini yangi o‘quv uslubiy majmualar, ilg‘or pedagogic texnologiyalar bilan to‘liq ta’minlash” kabi dolzarb vazifalar ijobiy xal etilmog‘i lozim Hozirgi kunda yurtimiz ta’lim muassasalari faoliyati yangi pedagogik texnologiyalarni olib kirishga qaratilgan harakat jahonning bir qator yetakchi tashkilotlari bilan hamkorlikda olib borilmoqda.
Darhaqiqat, inson qaysiki kasb sohibi bo‘lishidan qat’iy nazar o‘z ishiga, mashg‘ulotiga qunt bilan, mehr bilan yondashsa, uning butun sir asrorini, usul va vositalarini mukammal egallaydi, shu bilan birga o‘z-o‘zini anglaydi, shu sohada kamol topadi. O‘qituvchi kimni o‘stirsa, tarbiyalasa o‘zi ham o‘sadi, ulg‘ayadi, donishmandlik kasb eta boradi. Ta’lim texnologiyasi bu – ta’lim maqsadiga erishish muassasaining umumiy mazmuni, ya’ni, avvaldan loyihalashtirilgan ta’lim muassasaini yaxlit tizim asosida, bosqichma-bosqich amalga oshirish, aniq maqsadga erishi yo‘lida muayyan metod, usul va vositalar tizimini ishlab chiqish, ulardan samarali, unumli foydalanish hamda ta’lim muassasaini yuqori darajada boshqarishni ifodalaydi. Pedagogik texnologiyaning markaziy muammosi – o‘quvchi shaxsini rivojlantirish orqali ta’lim maqsadiga erishini ta’minlashdan iborat. Pedagogik texnologiya muayyan loyiha asosida tashkil etiladigan, aniq maqsadga yo‘naltirilgan hamda ushbu maqsadning natijalanishini kafolatlovchi pedagogik faoliyat muassasaining mazmunidir.
Pedagogik texnologiya o‘zida xususiyatlari.
Pedagogik texnologiya o‘zida quyidagi xususiyatlarni mujassam etadi:

  1. Pedagogik texnologiya pedagogik muassasani takomillashtirish, optimallashtirishga bo‘lgan ijtimoiy ehtiyojni qondirish omili sanaladi.

  2. Pedagogik texnologiya didaktik hamda tarbiyaviy xarakterdagi, shuningdek, ta’lim – tarbiya muassasaini samarali, mahoratli tarzda tashkil etish borasidagi nazariy hamda amaliy bilimlar majmui, metodologik fan sifatida namoyon bo‘ladi.

 3. Pedagogik texnologiya ta’lim-tarbiya muassasaining umumiy mohiyatini aks ettiruvchi yaxlit muassasadir.

  1. Pedagogik texnologiya yo‘naltiruvchanlik vazifasini bajaradi, ya’ni, u shaxsni rivojlantirish, tarbiyalash, shakllantirish uchun xizmat qiladi.

  2. Pedagogik texnologiya-shaxsiylik xususiyatiga ega bo‘lib, muayyan texnologiyalarni ta’limtarbiya muassasaida qo‘llashga nrisbatan yagona, qat’iy, me’yoriy talablar qo‘yilmaydi. Har bir pedagog u faoliyat yuritayotgan ta’lim-tarbiya muhitining xususiyatlari, mavjud ichki va tashqi shart-sharoitlarni inobatga olgan xolda muayyan texnologik yondoshuvni amalga oshirish imkuoniyatiga ega.

  3. Pedagogik texnologya o‘zida ta’lim, tarbiya va shaxs taraqqiyoti (kamoloti) birligini ifoda etadi.

O‘zbekiston Respublikasi o‘z mustaqilligiga erishgach, u jahon hamjamiyatida va rivojlanish taraqqiyotida o‘zining munosib o‘rnini mustahkam egallab oldi, shuningdek, XXI asr – axborot texnologiyalari asri va axborotlashgan jamiyat sari ildam qadamlar bilan kirib keldi. Shu bois ham bugungi ilg‘or ta’lim berish jarayo-da informatika va axborot texnologiyalarining o‘rni nihoyatda beqiyosdir. Bugungi kunda har bir pedagog uchun ushbu axborot texologiyalari uning o‘quv ishlanmasida eng yetakchi vazifani bajarmog‘I lozim. Chunki, o‘quvchi yoshlar ongida dars ishlanmasi yaqqol puxta ochib berilishi lozimdir. Ana shundagina ta’lim yanada sifatli hamda maroqli tarzda o‘quvchilar ongida shakllanadi. Yetakchi ta’lim bilan bir qatorda o‘quvchilarga axborot texnologiyalaridan unumli foydalanish masalasi ham turadi. Chunki, hozirgi kunda insoniyat, shuning-dek, informatika fani muqarrar ha qiqat bilan yuzma-yuz kelmoqda. Uning asosiy masalasi, muammosi insoniyat faoliyatining boshqa biror sohasida bo‘lmaganuchramagan axborot inqirozini (behisob ko‘payib ketishini) yengib o‘tishdir. Ammo qo‘yilgan masalani yechishni zamonaviy axborot texnologiyalari majmuyi bo‘lgan komputer texnikasi va global tarmoqlar, Internet umumjahon tarmog‘idan unumli foydalangan holda amalga oshirish mumkin. O‘z navbatida, yangi ming yillikda istalgan sohaning zamonaviy mutaxassislari, jumladan, muhandislar, iqtisodchilar, moliyachilar, bank va soliq tizimi xodimlari, marketologlar, ilmiy tadqiqotchilar, pedagog o‘qituvchilar va boshqalar tegishli sohaning axborot resurslaridan erkin va samarali foydalanishi (axborot olish, to‘plash, yaratish, qayta ishlash, saqlash, uzatish va hokazolar) uchun kompyuter – axborot-telekommunikatsiya vositalari bo‘yicha tegishli bilimlarga, axborotdan foydalanish madaniyatiga ega bo‘lishlari kerak bo‘ladi. Axborot madaniyatining zaminini yaratish esa informatika fani predmetini tashkil etadi va uni o‘rganish davomida texnik, dasturiy va algoritmlash vositalarining imkoniyatlarini o‘rganish mobaynida nazariy bilimlar hamda tegishli soha masalalarini mukammal shakllanririshdan iborat. Bugungi zamonaviy kompyuterlar bilan ishlash usullarini o‘rganish jarayonida talabaning dastlabki tasavvuriga kelmagan imkoniyatlar ochiladi. Zamonaviy kompyuterlar amalda hamma narsani bajarishi mumkin, lekin buning uchun foydalanuvchining o‘zi nimani istayotganligini aniq bilishi va eng muhimi kompyuterga buni qanday bajarish kerakligini tushuntirib bera olishi shart. O‘z navbatida, kompyuterga nimanidir tushuntirish uchun esa unga axborotni kiritish lozim. Chunki, axborot – informatika va axborot texnologiyasi sohasining asosiy resursidir. Axborot – bu o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan ixtiyoriy ajra-tuvchi, farqlovchi, tabaqalashtiruvchi belgidir. Yoki boshqacha qilib umumlash-tirib aytganda, axborot – bu biror faoliyat to‘g‘risidagi xabarlar majmuidir. Shuningdek, o‘z navbatida , informatikada axborot bilan bir qatorda ma’lumot tushunchalari ham keng qo‘llaniladi. Ma’lumotlarga u yoki bu sabablarga ko‘ra foydalanilmaydigan, balki, faqat saqlanadigan belgilar yoki yozib olingan kuzatuvlar sifatida qarash mumkin.Agar bu ma’lumotlarda biror nasra to‘g‘risidagi mavhumlikni (noaniqlikni) kamaytirish uchun fodlanish imkoniyati tug‘ilsa, u holda ma’lumotlar axborotga aylanadi, deyish mumkin. Hozirda insoniyat harakat va raqobat orqali turmush tarzini rivojlantiradi va yangiyangi kashfiyotlarning yaratilishiga asos bo‘ladi. Bu kashfiyotlarning biri – kompyuter texnikasidir. Azaldan insoniyat o‘z ishini osonlashtirish va vaqtni tejash muammolari bilan shug‘ullangan. So‘zsiz aytish mumkinki, kompyuter XX asrning buyuk kashfiyotlaridan biri bo‘ldi. Davr talabiga ko‘ra bugunga kelib kopmyuter texnikasi juda rivojlanib ketdi. Ma’lumotlarni yig‘ish, boshqarish , qayta ishlash va uzatish ayniqsa, hozirgi kunda muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda. Rivojlangan va rivojlanayotgan mamalakarlarning hozirgi kunda eng zamonaviy va ixcham texnologiyalaridan foydalanishga bo‘lgan talabi kun sayin ortib bormoqda. Chunki butun dunyo XXI asr – axborot asri deb tan olgandir. Axborot asrida katta hajmda-gi ma’lumotlar ombori va axborotlar ustida ishlashga to‘g‘ri kelinmoqda. Jamiyat taraqqiyotining rivojlanishiga, kunlik ehtiyojga kerakli vositalr yuz berayotgan jadal o‘zgarishlar ularning bir qismi bo‘lgan informatika hamda axborot texnolo-giyalariga o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. Axborot texnologiyalarining rivojlanishi das-turiy va texnik ta’minotga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda . Bu ta’sirlar shunchalik kuchliki, yillar ichida emas, balki oylar ichida o‘zgarib va boyib bormoqda. Axborot texnologiyalari va uning texnik, dasturiy ta’minoti yangi variantlarining paydo bo‘lishi bu sohadagi xizmat qilish usulini tubdan o‘zgartirishni talab etadi. Shuningdek, axborot texnologiyasi haqida bilish talabalarning axborot texnologiyalariga bo‘lgan qiziqishini oshiradi. Uning asosini tashkil etuvchi axborot ham neft, gaz, foydali qazilmalar kabi an’anviy moddiy zaxira turlari kabi jamiyatning qimmatli zaxiralaridan biridir, demak, uni qayta ishlash jarayonini moddiy zaxiralarni qayta ishlash jarayonlari bilan qiyoslanganda texnologiya sifatida qabul qilish mumkin. Shunda quyidagi tushunchani keltirish ayni muddao bo‘lar edi: Moddiy ishlab chiqarishning maqsadi – inson yoki tizim ehtiyojlarini qondiruvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘lsa, axborot texnologiyalarining maqsadi – inson tahlil qilishi uchun axborotni ishlab chiqarish va uning asosida biror bir xatti-harakatni bajarish bo‘yicha qaror qabul qilishdir. Axborot texnologiyasi obyekt, jarayon yoki hodisa (axborot mahsuloti)ning holati haqidagi yangi sifat axborotini olish uchun ma’lumotlar(boshlang‘ich axboroti)ni to‘plash, qayta ishlash va uzatishning vosita va uslublari jamlanma-sidan foydalanuvchi jarayondir. Axborot texnologiyasi axborot tizimlari bilan mukammal bog‘langan bo‘lib, ular uchun axborot texnologiyasi asosiy muhit hisoblanadi. Axborot texnologiyasi kompyuterda saqlanayotgan ma’lumotlar ustidan tartiblashgan qoidalar asosida amal, harakat va bosqichlarni bajarish jarayonidir. Axborot texnologiyalarining asosiy maqsadi – birlamchi axborotni maqsadga yo‘naltirilgan harakat natijasida qayta ishlash yo‘li bilan foydalanuvchiga kerakli axborotni berishdir. Axborot tizimi kompyuterlar , kompyuterlar tarmog‘i, dasturiy mahsulotlar, ma’lumotlar bazasi, insonlar, turli texnik va dasturiy aloqa vositalari hamda boshqa qurilmalardan tashkil topgan muhitdir. Axborot tizimining asosiy maqsadi – axborotni saqlash va uzatishdan iborat. Axborot tizimi axborotni qayta ishlash inson-kompyuter tizimidir. Qisqacha qilib aytganda, bugungi kundagi har bir soha o‘zining keng ishlatilish sohasiga ega ekan, biz pedagoglardan ularni shakllantirish talab etiladi. Shuningdek, informatika sohasi fanga kirib kelgan eng so‘nggi va eng rivojlanib borayotgan sohadir. Undan keng foydalanish kelajagimizni yanada yaxshilash bilan uzviy bog‘liq ekan , bizlar uni yanada chuqurroq ravishda o‘rganishimiz bugungi kunda talab etiladi. Zero, bu sohadan barcha ishlarda, shuningdek, ta’limda ham keng qo‘llanilib kelinayotgani barchamizga qulaylik yaratib kelmoqdadir.Shuning uchun uni jamiyat orasida, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib etish barchamizning burchimizdir.Aholi malakaviy darajasi tabiiy holda mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishida, shuning bilan birga dеmokratik jamiyatning shakllanishida, millatning ijtimoiyma`naviy kamol topishida muhim rol o`ynaydi. Talabaning bilim saviyasi, fanni nеchog`li o`zlashtirganligi esa, uning bajargan mustaqil topshiriqlarida o`z ifodasini topadi.
Tеkshirish uchun sаvоllar.
1.Ta’lim jarayonida axborot texnologiyalari vositasida o‘qituvchi va o‘quvchilarga qanday imkoniyatlar beradi?
2. Qachon O’zbekistonda UUCP ma’lumotlar uzatish tizimida elektron pochta orqali ma’lumot almashish imkoni paydo bo‘lgan?
3. Nechanchi yillarda UUCP mahalliy provayderi faoliyatini boshlagan?
4. Qachon «UZ»domenga asos solingan?
5. BMTning O‘zbekistonda Internet tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha yangi loyihasi – UZB/99/016 (UzSciNet) ish boshladi.
6. O‘zbekistonning birinchi ilmiy-ta’lim tarmog‘i qanday nomlangan?
7. So‘ngi yillarda necha xil turdagi masofali o‘qitish keng tarqalmoqda?
8. So’ngi yillarda keng tarqalayotgan masofali o’qitish turlari qaysilar?
9. Masofadan o‘qitishning tarkibiy belgilari qaysilar?
10. Masofadan o‘qitish uslubiy materiallari qaysilar?

Download 8.71 Mb.




Download 8.71 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Internet tizimidagi oʻqitish texnologiyalari

Download 8.71 Mb.