• Yoritilganlikning asosiy yorug‘lik-texnik ko‘rsatkichlari.
  • Ishlab chiqarish binolari va ish joylarini yoritish. Yoritilganlik haqida umumiy ma’lumotlar




    Download 20.61 Kb.
    bet1/4
    Sana21.06.2023
    Hajmi20.61 Kb.
    #74831
      1   2   3   4
    Bog'liq
    Ishlab chiqarish binolari va ish joylarini yoritish. Yoritilganl
    Operatsion tizim, UNIX, Приложения 5 а Дополнительный вкладыш к форме ФО, a.y Mus ish2, 111111, 1-Amaliy mashg\'ulot, Elektr taminoti tizimining murakkab sxemalarining ishonchliligi, Optik aloqa tizimlari (1), Konservalarni atmosfera bosimidan yuqori bosimda, Ma\'naviy qadriyatlar, 15-mavzu 6-22, test blanka, Elektron raqamli imzoni yaratish texnologiyasi, 2010 10 may

    Ishlab chiqarish binolari va ish joylarini yoritish. Yoritilganlik haqida umumiy ma’lumotlar. Yoritilganlik insonning tashqi muhit bilan boglanishini aniqlovchi va inson miyasiga keluvchi tashqi dunyo to‘g‘risidagi ma’lumotlarning sifatini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichlardan biridir. To‘g‘ri va me’riy miqdordagi yoritilganlik ish qurollari va jihozlarning rangini, o‘lchamlarini tezda aniqlashga imkon beradi va ishchining mehnat qobiliyatini uzoq muddatgacha saqlanib qolishiga, mehnat unumdorligining oshishiga, ishlab chiqarilgan mahsulotning sifatli bo‘lishiga sharoit yaratib, mehnat xavfsizligini oshiradi.
    Ish xonalari va joylarini yoritishga asosan quyidagi talablar belgilangan:
    – ish ob’ektlarini tez va engil farqlash imkoniyatini berishi zarur;
    – yoritilganlik bir tekis bo‘lishi, hech qanday keskin soya bermasligi lozim;
    – ob’ekt va u joylashgan joy rangi (fon) orasida ma’lum darajada farq (“kontrast”) bo‘lishi kerak;
    – yorug‘lik manbai ko‘riladigan ob’ektda hech qanday yorug‘lik qaytishini (yaltirashlar)hosil qilmasligi kerak;
    – yorug‘lik manbai ishchi ko‘zini qamashtirmasligi lozim;
    – ishchi yuzalarning yoriliganlik darajasi vaqt oralig‘ida o‘zgarmasligi zarur.
    Yoritilganlikka qo‘yilgan ushbu talablar nafaqat tadqiqotlarda, balki amaliyotda ham o‘z isbotini topgan. Me’yoriy yoritilganlik faqat yorug‘lik oqimiga bog‘liq bo‘lmasdan, yorug‘likni xona shipi va devoridan qaytishiga, fon bilan buyum orasidagi kontrast (ranglar farqi)ga ham bog‘liq holda belgilanadi. Masalan, qora ipni qora fonda ko‘rish uchun oq rangda joylashgan fonga nisbatan kamida ming marta katta yoritilganlik talab etiladi.
    Yoritilganlikning asosiy yorug‘lik-texnik ko‘rsatkichlari. Yoritilganlikning yorug‘lik-texnik ko‘rsatkichlariga yorug‘lik, yorug‘lik oqimi (F, lyumen), yorug‘lik kuchi (I, kandela), yoritilganlik (E, lyuks), ravshanlilik (l, kd/m2), va yorug‘likni qaytarish koeffitsienti ( %) kiradi. Sifat ko‘rsatkichlariga esa fon, ob’ektni fon bilan farqlash kontrasti, pulsatsiya koeffitsientini kiritish mumkin.

    Download 20.61 Kb.
      1   2   3   4




    Download 20.61 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ishlab chiqarish binolari va ish joylarini yoritish. Yoritilganlik haqida umumiy ma’lumotlar

    Download 20.61 Kb.