Issiqlik texnikasida o‘lchashlar




Download 38,17 Kb.
bet1/3
Sana13.06.2024
Hajmi38,17 Kb.
#263219
  1   2   3
Bog'liq
“Issiqlik texnikasida o‘lchashlar” to‘g‘risida


Issiqlik texnikasida o‘lchashlar” to‘g‘risida.


Reja:

1. Fanning maqsadi, vazifasi, tarixi va ishlab chiqarishdagi o’rni.


2.O’lchashlar haqida umumiy ma‘lumotlar.
3.O’lchash vositalari.
Tayanch iboralar: Metrologiya, o’lchashlar, o’lchash vositasi, o’lchash usuli, o’lchash natijasi, o’lchov vositalari, absolyut va nisbiy ulchash, sezuvchan element, standart namuna, karrali, unli va kogerent birliklar.

1.Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va ishlab chiqarishdagi o’rni


Xalq hujaligining barcha tarmoqlarida ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish, fan-texnika tarqqiyotining va mamlakat rivojining asosiy omili hisoblanadi. Avtomatlashtirish borasidagi eng ma‘suliyatli ishlar esa, shubxasiz, muhandis–texnik xodimlar zimmasiga tushadi.


Bugungi kun muhandislari yangi texnologiya va texnikadan foydalanishga, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishni keng joriy etishga ishlab chiqarish rezervlarini aniqlash va uni jadallashtirishga qodir bo’lishlari kerak.
O’lchash texnikasi xalq hujaligining barcha sohalarida fan–texnika taraqqiyotining muhim omillaridan biridir. Texnologik parametrlarning to’g’ri qiymatlarini avtomatik nazorat qilmasdan turib, texnologik jarayonlarni yoki agregatlarni to’g’ri boshqarib bo’lmaydi, o’lchov vositalarisiz esa avtomatlashtirish mumkin emas.
O’lchash texnikasini ishlab chiqarishga keng joriy etish uchun har bir muhandis–texnik xodim, qaysi soha mutaxassisi bo’lishidan qat‘iy nazar, o’lchash nazariyasidan, metrologiya asoslaridan, texnologik o’lchash usullari va vositalaridan, hisoblash texnikasidan, o’lchash jarayonlarini avtomatlashtirishda foydalanish imkoniyatlaridan xabardor bo’lishi zarur. Shu maqsadda talabalarga, bo’lg’usi muhandis–texnik xodimlarga «Issiqlik texnika o’lchovlari va avtomatik boshqarish nazariyasi» fani o’qitiladi.
«Issiqlik texnika o’lchovlari va avtomatik boshqarish nazariyasi» fanining asosiy maqsadi o’lchash nazariyasining umumiy masalalari, o’lchash uslublari, natijalar olish usullari va hozirgi asosiy ishlab chiqarish jarayonlarida bug’ning texnologik parametrlarini avtomatik nazorat qilish va boshqarish tizimlarida o’lchov-nazorat asboblarini ishlash prinsiplarini, to’zilishini, ular bilan ishlash, natijalar olish, tahlil qilish yo’llarini o’rganishdan iborat.
Yangi texnologik jarayonlarni o’lchash va avtomatik boshqarishni o’rganish, zamonaviy nazorat o’lchov asboblarini issiqlik energetikasiga qo’llash, energetik jarayonlarni avtomatik o’lchash, rostlash va boshqarish, bug’ ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish, ishlab chiqarish rezervlarini aniqlash va ularni joylashtirish kabilar fanning vazifasiga kiradi.

2. O’lchashlar haqida umumiy ma‘lumotlar.




Metrologiya-o’lchashlar, o’lchash usullari va vositalari hamda talab etilgan aniqlikka erishish yo’llari haqidagi fandir.
O’lchash–fizik kattaliklarning qiymatlarini maxsus texnik vositalar yordamida tajriba usuli bilan topishdir. O’lchash jarayonida odatda o’lchanayotgan kattalikni shunday fizik kattalik bilan taqqoslanadiki, unga 1 ga teng bo’lgan qiymat beriladi va u fizik kattalik birligi yoki o’lchov birligi deyiladi. O’lchash natijasi – kattalikni o’lchov birligi bilan taqqoslash usuli yordamida topilgan qiymatidan iborat. O’lchash natijasini tenglama ko’rinishida quyidagicha yozish mumkin.


(1)

bunda Q – o’lchanayotgan fizik kattalik, U – o’lchash natijasi, q –fizik kattalik birligi.


(1) tenglama o’lchashning asosiy tenglamasi yoki o’lchash natijasi deb yuritiladi.
O’lchanayotgan kattalikning son qiymati bevosita va bilvosita, to’plamli va birlikda o’lchash usullari yordamida topiladi..
Bevosita o’lchash deb shunday o’lchashga aytiladiki, unda o’lchanayotgan kattalikning izlanayotgan qiymati tajriba ma‘lumotlaridan bevosita aniqlanadi. Masalan, haroratni termometr bilan, bosimni manometr bilan, uzunlikni chizg’ich bilan o’lchash va hokazo bevosita o’lchashdan iborat.
Bevosita o’lchash tenglamasi quyidagi ko’rinishga ega:


, (2)


– o’lchanayotgan kattalikning uning uchun qabul qilingan o’lchov birliklaridagi qiymati; C–raqamli hisoblash qo’rilmasi shkalasi bo’linmalarining yoki bir marta ko’rsatishining o’lchanayotgan kattalik birliklaridagi qiymati; n – shkala bo’linmalari hisobida indiqatorli qo’rilma bo’yicha olingan sanoq.

Download 38,17 Kb.
  1   2   3




Download 38,17 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Issiqlik texnikasida o‘lchashlar

Download 38,17 Kb.