Hozirgi vaqtda jaxon fan-texnika taraqqiyoti jadal rivojlanishi munosabati bilan tabiiy zahiralardan xoʼjalik maqsadlarida tobora koʼproq foydalanilmoda. Buning uctiga, dunyo aholisi yildan-yilga oʼsib borib, koʼproq miqdorda oziq-ovqat, yonilgʼi, kiyim-kechak va boshqa narsalarni ishlab chiqarish talab qilinmoqda. Bu esa oʼrmonlar egallab turgan maydonlarning jadal surʼatlarda qisqaririshiga, choʼl-saxrolarning bostirib kelishiga, tuproqning buzilishiga, atmosferaning yuqorida joylashgan ozon toʼsigʼi kamayib ketishiga, yer havosining oʼrtacha harorati ortib borishiga va boshqa holatlariga sabab boʼlmoqda.
Ekologiya hozirgi zamonning keng mikyosdagi keskin ijtimoiy muammolaridan biridir. Uni xal etish barcha xalklarning manfaatlariga mos boʼlib, sivilizatsiyaning hozirgi kuni va kelajagi koʼp jihatdan ana shu muammoning xal qilinishiga bogʼliqdir.
Taraqqiyotning hozirgi bosqichida inson bilan tabiatning oʼzaro taʼsiriga oid bir kator muammolarni xal etish faqat bir mamlakat doirasida cheklanib qola olmaydi. Ularni butun sayyoramiz kulamida xal qilish zarur. Koʼrinib turibdiki, tabiiy muhitni inson yuritadigan xoʼjalik faoliyatining zararli taʼsiridan himoya qilish bilan bogʼliq boʼlgan koʼpgina muammolar keng kulam kasb etadi. Shu sababli ular faqat xalkaro hamkorlik asosida xal qilinishi lozim.
Ekologik xafvsizlik butun jamiyatning buguni va ertasi uchun dolzarbligi, juda zarurligi bois eng muhim muammolar jumlasiga kiradi. Bu muammolar amaliy tarzda xal etilsa, koʼp jihatdan hozirgi turmushining axvoli va sifatini belgilash imkoniyatini beradi. Iqtisodiyotning ishlab chiqarish bilan bogʼliq tarmoqlarini ekologik jihatdan zararsiz texnologiya yordamida rivojlantirishni taʼminlash imkoniga ega boʼladi.
Oʼzbekistonda ekologik siyosat davlat siyosati darajasigacha koʼtarilgan. Respublika Konstitutsiyasining 47-48, 50-51 va 55- moddalarida ekologik qonunlar aniq va ravshan tarzda ifodalangan. Shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan «Tabiat muxofazasi toʼgʼrisida» qonun (9 dekabr 1992 yil) va Vazirlar Maxkamasi qabul qilgan qarorlar mamlakatning ekologik siyosatini xuquqiy qonunlar va qarorlar asosida mustaxkamlaydi.
Oʼzbekistonda ekologik siyosat yukorida aytib oʼtilganidek bir kator qabul kilingan qonunlar, «Ep toʼgʼrisida»gi (20-iyunь1990-y.), «Qazilma boyliklar toʼgʼrisida»gi (22-sentyabr 1994y. ), «Suv va suvdan foydalanish» (6-may 1993 y. ), «Oʼsimlik olamini muxofaza kilish va foydalanish» (26-dekabr 1997 y. ), «Xayvonot olamini muxofaza kilish va foydalanish» (26-dekabr 1997 y. ), «Аloxida muxofaza kilinadigan xududlar toʼgʼrisida»gi (7-may 1993 y.), «Аtmosfera havosini muhofaza qilish» .(27-dekabr 1996 y.), «Davlat kadastri toʼgʼrisida»gi (39-avgust 2000 y.), «Ekologik ekspertiza toʼgʼrisida»gi (15-dekabr 2000 y. ) qonunlar, shuningdek, Vazirlar Maxkamasi qabul qilgan koʼplab qarorlar asosida amalga oshiriladi.
Аtmosfera havosini changdan tozalashning quyidagi usullari mavjud:
1) gravitatsion usuli;
2) quruq inertsion va markazdan qochma kuch asosida tozalash usuli;
3) hoʼllash usuli;
4) filьtrlash usuli;
5) elektrostatik usul;
6) tovush va ulьtratovush yordamida koagullash usuli.
Oqova suvlarning bir necha sinflanishi mavjuddir. Iflossuvlarning effektiv tozalash sxemasini tanlab olish uchun eng qulay boʼlgan sinflanish bu L.А.Kulьskiy sinflanishidir. Ushbu sinflanishga binoan suvlar 4 guruxga boʼlinadi:
1 gurux – suvda erimaydigan yirik dispersli zarrachalar bilan ifloslangan suvlar, zarrachalar kattaligi 10 - 10 m,
2 gurux – suvda erimaydigan mayda dispersli va kolloid zarrachalar bilan ifloslangan suvlar, zarrachalar kattaligi 10 - 10 m,
3 gurux – suvda erigan organik moddalar bilan suvlar
4 gurux – suvda erigan anorganik moddalar bilan ifloslangan suvlar (kislota, ishqor, tuzlar).
Oqova suvlarning har bir guruhiga oʼziga xos tozalash usullari mavjud boʼlib, ular quyidagi guruxlarga boʼlinadi:
1) mexanik tozalash usullari (tindirish, filьtrlash, sentrfugalash);
2) fizik-kimyoviy usullar (flotatsiya, adsorbtsiya, flokulyatsiya, koagulyatsiya, ekstraktsiya, ion alamashinish usuli);
3) kimyoviy usullar (neytrallash, oksidlash, qaytarish, termooksidlash);
4) biokimyoviy usullar – tirik organizmlarning organik ifloslantiruvchi moddalarning oziqa sifatida isteʼmol qilishiga asoslangandir.
Kimyo sanoatida suv xom ashyo,erituvchi, reaktsion muhit, ekstragent, aadsorbent sifatida, moddalar uskunalarni sovitish va isitishda tayyor mahsulotlarni va uskunalarni yuvishda ishlatiladi. Texnologik jarayonlarda ishlatilgan suv turli xil moddalar bilan ifloslanadi. Masalan: mineral oʼgʼitlarni ishlab chiqarishdagi oqava suvlar kislota, ishqor v tuzlar bilan ifloslanadi: neftni qayta ishlash korxonalarining suvlari neftь mahsulotlari, yogʼ, moy, fenol, sirtaktiv moddalar bilan ifloslangandir. Plastmassa buyumlarini ishlab chiqarish korxonalarining suvlari tarkibida monometrlar, yuqori molekulyar birikmalar, saqich va hokazo moddalar bor.
Аtmosfera havosining tozaligini saqlash maqsadida hozirgi kunda quyidagi tashkiliy chora–tadbirlarni amalga oshiriladi.
1. Shaharlarda atmosfera havosini kuchli ifloslantiruvchi sanoat korxonalarini joylashtirish mumkin emas (masalan: kimyoviy metallurgiya va hokazolar).
2. Qurilayotgan sanoat korxonalarini aholi zich joylashgan yerlardan uzoqroq joyga shamol yoʼnalishini hisobga olgan holda joylashtirish kerak va uning atrofida sanitar himoya zonalarini barpo qilish zarur.
3. Havoga chiqarilayotgan gazlarning zaharlilik darajasiga qarab sanoat korxonalarini 5 sinfga ajratilgan va ularning har biriga quyidagi sanitar himoya zonalarini belgilangan.
I – 1000m. II -500m. III – 300m. IV – 100m. V – 50m.
Ushbu himoya zonalarining maydoni koʼkalamzorlashtrilgan boʼlishi kerak. Chunki 1 m2 barg yuzasi 1,5–3,0g. gacha changni va 1 ga yashil oʼsimlik maydoni esa 8 kg/soat SO2 gazini yutishi mumkin.
4. Sanoat korxonalari albatta tepalik va shamol yaxshi yuradigan yerlarga joylashtirilishi kerak.
5. Zaharli gazlarni tashlaydigan trubalarni balandligi 250–300m boʼlishi kerak.
6. Yoqilgʼilarni gaz va elektr turlari bilan almashtirish kerak.
7. Yoqilgʼi sifatida foydalanilyotgan neftь va gaz tarkibidagi oltingugurtni tozalash uchun ularga maxsus ishlov berish kerak.
8. Аtmosfera havosini himoya qilishning eng asosiy chora tadbirlaridan biri tozalagich moslamalarini qurishdir.
Lekin yuqorida keltirilgan chora tadbirlar atmosfera havosini ifloslanishdan saqlash uchun yetarli emasdir. Buning uchun eng avvalo sanoat korxonalarida hosil boʼlayotgan chiqindilarning miqdorini keskin kamayishiga erishishimiz zarurdir.
Zaharli gazlarni miqdorini kamaytirishning texnologik choralari texnologik va konstruktiv oʼzgartirishlar yigʼindisidan tashkil topgandir. Ular quyidagi yoʼnalishlarda amalga oshiriladi.
1. Texnologik jarayonlari borishi davomida zaharli moddalarni hosil boʼlish mexanizmini oʼrganish.
2. Аsosiy inshootlar kontruktsiyasini takomillashtirish.
3. Xom ashyo sifatida ishlatiladigan zaharli moddalarni kam zaharli yoki umuman toza turlari bilan almashtirish.
4. Chiqindisiz texnologik jarayonlari tashkil qilish. Yuqoridagi texnologik tadbirlar ichida zaharli moddalarni hosil boʼlish mexanizmini oʼrganish eng asosiy oʼrinni egallaydi.
Bitiruv malakaviy ishida Tabiiy gaz tarkibidan N2S ni adsorbtsiya usul yordamida tozalash yiliga 250 ming tonna tabiiy gazni ikki boskichli konversiya kilish texnologiyasining asosiy massa almashinish va gidromexanika jarayoni hisoblangan.
“Shurtan” GKM da 39 ta atmosferani ifloslantiruvchi manba aniqlangan boʼlib, ulardan uyushtirilgan 31 ta bu manbalardan yil davomida atmosferaga 2661,43 tonna ifloslantiruvchi modda kelib chiqadi. Bulardan asosiylari CO2, NO2,NO siklogeksan uglevodorodlar, pentangeksan, qurum, metan, SO2, H2 va xloridlar.
Havoni tarkibidagi gaz aralashmasi yoqiligʼi bilan birgalikda kuydirib yuboriladi.
Quyida korxonani suv bilan taʼminlanishi va chiqarib yuboriladigan oqava suv miqdori va ularni tozalash usullari aks ettirilgan jadval keltirilgan (1-jadval va 2-jadval). Jarayonia korxonani suv bilan shahar markaziy suv quvuri orqali taʼminlanadi.
4-jadval
Korxonaning (sex, bo’limining) sub bilan taminlanishi.
Suv bilan taminlash manbai
|
Suvdan foydlanish meyori, m3/soat
|
Aylanma harakatdagi suvning hajmi, m3/soat
|
Toza suvni tejash, %
|
Loyiha bo’yicha
|
Aslida
|
Suv ombori
|
18.4
|
20.0
|
10.0
|
50
|
Korxonada asosan maishiy-xoʼjalik oqova suvlari, tarkibida neft mahsulotlari boʼlgan ishlab chiqarish oqova suvlari hosil boʼladi.
5-jadval
Оkova suvlar va ularni tozalash
Oqova suvlarning turlari
|
Oqova suvning hajmi, m3/soat
|
Ifloslik-lar tarkibi, g/l
|
Tozalash usullari
|
Tozalagich moslamalar va uskunalar
|
Tozalangan suvning ishlatilish yoʼllari
|
Тозалана-ётган
|
Ташлаб юборилаётган
|
Maishiy oqova suvlar
|
0,8
|
0,1
|
Muallaq moddalar 60-80 mg/l, BPK5 30-40 mg/l, XPK 120-140 mg/l
|
Mexanik va biologik usul
|
Birlamchi tindirgich, aerotenk, ikkilamchi tindirgich
|
Qishloq xoʼjaligida sugʼorishda ishlatiladi
|
Ishlab chiqarish oqova suvlari
|
1.2
|
-
|
Muallaq moddalar 30-40 mg/l, neft mahsulotlari 25-30 mg/l
|
Mexanik, adsorbtsiya
|
Nefttutgich, adsorber
|
Texnik suv sifatida ishlatiladi
|
Ishlab chiqarish jarayonida atmosfera havosiga oltingugurt dioksidi tashlanadi. Ularni absorbtsiya usuli bilan tozalanadi. Buning uchun nasadkali absorberlar qoʼllaniladi.
Аtmosferaga tashlanayotgan ifloslantiruvchi moddalarning chegaraviy mumkin boʼlgan miqdorlarini hisoblash
m koeffitsiyenti quyidagicha aniqlanadi
f parametri quyidagicha aniqlanadi
f≤100 bo’lganligi uchun chiqindi issiq bo’lib hisoblanadi
D – chiqindilar manbasining diametri, м.
w – gaz-havo aralashmasi manbadan chiqishning o’rtacha tezligi, m/s
Н – manbaning yer sathidan balandligi, m
∆T- gaz-havo aralashmasi temperaturasi Тg bilan atrof muhitdagi
tamperaturasi Тх lar farqi.
V1 – gaz-havo aralashmasining hajmi, m3/s, quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi:
n-koeffitsiyent Vm parametriga bog’liq bo’lib, quyidagi formulalardan aniqlanadi:
Vm≥2 bo’lganligi uchun n=1
Vm quyidagi formula bilan topiladi:
Yakka manbadan tashlanayotgan zaxarli moddaning miqdori ChMM dan oshib ketmasligi ta’minlaydigan chegaraviy mumkin bo’lgan chiqindilar miqdori quyidagi formuladan aniqlanadi:
Сf – zaxarli moddaning miqdori, mg/m3.
6-jadval
|