• ELEKTR TA’MINOT QURILMALARI” A.M. Nazarov, A.A. Yarmuhamedov, Sh.K. Xudayberganov, Ya.T. Yusupov, A.B. Jabborov, F.M. Qodirov
  • Mavzu : Ikkilamchi elektr ta’minoti manbalariga qo‘yiladigan talablar




    Download 0.61 Mb.
    Sana13.03.2024
    Hajmi0.61 Mb.
    #170776
    Bog'liq
    Mavzu Ikkilamchi elektr ta’minoti manbalariga qo‘yiladigan tal
    Afzal Hazratov test to\'plami, 261 03.04.2018, fotoelement komton effektiReja-WPS Office, Algoritm quramalılıǵınıń statik hám dinamik ólshewleri, IntroductiontoTCPIP, 3333333333, 01-dars, Dasturlashda matematik funksiyalar kutubxonasi va, 1 oktabr ustoz va murabbiylar kuniga bag senariy, Astranomiya mustaqil ish 4-mavzusi, Niyazova Arofat Ahrarovna, Topshiriq - 4-3


    Mavzu : Ikkilamchi elektr ta’minoti manbalariga qo‘yiladigan talablar.

    Ikkilamchi elektr ta’minot manbalari elektr ta’minot tizimlari yoki birlamchi
    ta’minot manbalaridan olingan energiyadan foydalanadigan radioelektron
    apparatlarning funksional uzellari yoki tugallangan qurilmalar ko‘rinishida bo‘ladi
    va radioapparaturaning ikkilamchi elektr ta’minotini tashkil qilish uchun mo‘ljallangan bo‘ladi.
    Ikkilamchi elektr ta’minot manbalari quyidagi parametrlari bo‘yicha turlarga
    ajratiladi:
    1.Tarmoq zanjirining turi bo‘yicha:
    a) bir fazali o‘zgaruvchan tokda ishlaydigan ta’minot manbai;
    b) uch fazali o‘zgaruvchan tokda ishlaydigan ta’minot manbai;
    d) mustaqil o‘zgarmas tokda ishlaydigan ta’minot manbai.
    2. Yuklamadagi kuchlanish bo‘yicha:
    a) past kuchlanishli ta’minot manbai (100 V gacha);
    b) o‘rta kuchlanishli ta’minot manbai (100 V dan 1000 V gacha);
    d) yuqori kuchlanishli ta’minot manbai (1000 V dan yuqori).
    3. Yuklama quvvati bo‘yicha:
    a) kam quvvatli ta’minot manbai (100 Vt gacha);
    b) o‘rta quvvatli ta’minot manbai (100 Vt dan 1000 Vt gacha);
    d) yuqori quvvatli ta’minot manbai (1000 Vt dan yuqori).
    4. Yuklamadagi tok turi bo‘yicha:
    a) chiqish toki o‘zgaruvchan ta’minot manbai;
    b) chiqish toki o‘zgarmas ta’minot manbai;
    d) chiqish toki o‘zgaruvchan va o‘zgarmas ta’minot manbai.
    5. Chiqishlar soni bo‘yicha:
    a) bir kanalli ta’minot manbai, o‘zgaruvchan yoki o‘zgarmas tokli bitta
    chiqishga ega;
    b) ko‘p kanalli ta’minot manbai, ikki va undan ko‘p chiqish kuchlanishiga
    ega.
    6. Yuklama kuchlanishining stabilligi bo‘yicha:
    a) stabillashtirilgan ta’minot manbai;
    b) stabillashtirilmagan ta’minot manbai.
    Stabillashtirilgan ta’minot manbai o‘zining tarkibida kamida bitta kuchlanish
    (tok) stabilizatoriga ega bo‘ladi, va quyidagilarga bo‘linadi:
    a) kuchlanishni stabillash xarakteri bo‘yicha:
    - uzluksiz rostlanuvchi ta’minot manbai;
    - impulsli rostlanuvchi ta’minot manbai.
    b) teskari bog‘lanishning xarakteri bo‘yicha:
    - parametrik ta’minot manbai;
    - kompensatsiyalovchi ta’minot manbai;
    - kombinatsiyalashgan ta’minot manbai.
    d) chiqish kuchlanishining stabillash aniqligi bo‘yicha:
    - chiqish kuchlanishi past stabillangan ta’minot manbai (chiqish
    kuchlanishining nostabillik darajasi 2 – 5 %);
    - chiqish kuchlanishi o‘rtacha stabillangan ta’minot manbai (nostabillik
    darajasi 0,5 – 2 %);
    - chiqish kuchlanishi yuqori stabillangan ta’minot manbai (nostabillik
    darajasi 0,1 – 0,5 %);
    - pretsizionli ta’minot manbalarida nostabillik darajasi 0,1 % gacha.

    Xulosa :
    Ikkilamchi elektr ta’minoti manbaalari bu elektronika (radioelektronika) ning ajralmas bir qismi bo’lib radioapparaturalar uchun ikkilamchi elektr ta’minotini ta’minlab beruvchi manbaa hisoblanar ekan .



    Foydalanilgan adabiyotlar
    ELEKTR TA’MINOT QURILMALARI”
    A.M. Nazarov, A.A. Yarmuhamedov, Sh.K. Xudayberganov,
    Ya.T. Yusupov, A.B. Jabborov, F.M. Qodirov

    Internet tarmog’idan
    https://arm.tdpushf.uz/kitoblar/fayl_1563_20210824.pdf
    Download 0.61 Mb.




    Download 0.61 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu : Ikkilamchi elektr ta’minoti manbalariga qo‘yiladigan talablar

    Download 0.61 Mb.