T/r
|
Tadbir nomi
|
Muddati
|
Bajarish uchun mas’ullar
|
1.
|
Alisher Navoiy tavallud topgan 9-fevral hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan 14-fevral sanalarida Toshkent shahridagi Adiblar hiyobonidagi va hududlardagi xiyobonlarga o‘rnatilgan shoirlar haykali poyiga gul qo‘yish marosimlarini tashkil qilish.
|
2024-yil
9-fevral,
14-fevral
|
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari
faoliyatini muvofiqlashtirish sho‘basi rahbarlari,
Tizimdagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar rahbarlari,
Yangi O‘zbekiston universiteti
|
2.
|
Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga bag‘ishlangan 1-10-fevral kunlari Navoiyxonlik, 11-20-fevral kunlari Boburxonlik adabiy kechalarini tashkil etish.
|
2024 yil
1-20 fevral kunlari
|
Tizimdagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari,
Yangi O‘zbekiston universiteti
|
3.
|
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi uning hududiy bo‘limlari bilan hamkorlikda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi vakillari hamda taniqli Navoiyshunos va Boburshunos olimlarni taklif etgan holda davra suhbatlari va ijodiy uchrashuvlar o‘tkazish.
|
2024 yil
fevral oyi davomida
|
Tizimdagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari,
Yangi O‘zbekiston universiteti
|
4.
|
9-fevral kuni #Navoiy_day xeshtegi ostida, 14-fevral kuni esa #Bobur_day xeshtegi ostida chellenjlar tashkil etish va ijtimoiy tarmoqlarda tarqatish.
|
2024-yil
9-fevral,
14-fevral
|
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari
faoliyatini muvofiqlashtirish sho‘basi rahbarlari,
Tizimdagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar rahbarlari va ularning Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari,
Yangi O‘zbekiston universiteti
|
5.
|
Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan “Tarix qa’ridagi ikki yulduz” mavzusidagi insholar tanlovida o‘quvchi-yoshlarning keng qamrovli ishtirokini ta’minlash (tanlov Nizomi ilova qilinadi).
|
2024-yil
2-14-fevral
|
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari
faoliyatini muvofiqlashtirish sho‘basi rahbarlari,
Tizimdagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari,
Yangi O‘zbekiston universiteti
|
6.
|
Ta’lim muassasasi sayti va ijtimoiy tarmoqlaridagi rasmiy sahifalarida Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligini keng targ‘ib qilish borasida amalga oshirilgan ishlar va o‘tkazilgan tadbirlarni keng yoritib borish.
|
2024 yil
fevral oyi davomida
|
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari
faoliyatini muvofiqlashtirish sho‘basi rahbarlari,
Tizimdagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari,
Yangi O‘zbekiston universiteti
|
7.
|
Amalga oshirilgan ishlar yuzasidan umumlashtirilgan ma’lumotlarni Agentlikning Ma’naviy-axloqiy tarbiya va yoshlar bilan ishlash bo‘limiga taqdim etish.
|
2024-yil 25-fevralga qadar
|
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari
faoliyatini muvofiqlashtirish sho‘basi rahbarlari,
Yangi O‘zbekiston universiteti
|