Jamoat transporti vositalari harakatini tashkil etish vositalari




Download 119.25 Kb.
bet1/3
Sana15.04.2024
Hajmi119.25 Kb.
#196472
  1   2   3
Bog'liq
Jamoat transporti vositalari harakatini tashkil etish vositalari
print out pdf, Fuqarolik va mafkuraviy tarbiyalar , Funksiya hosilasi xususiyatlari, кунделик, KARAKALPAK STATE UNIVERSITY, QAYIPNAZAROV BUYRIQ, 2023-05-17 0508, 3lab, 3, Tom Slayd-3, Bellashuv.uz - Tarbiyaviy soat sinf 8, Tárbiyashılıq kásibiniń áhmiyeti. Tárbiyashıǵa qoyılatuǵın talaplar, 7, Abu Nosir Farobiyning pedogogikaga oid qarashlari, qanat10

Jamoat transporti vositalari harakatini tashkil etish vositalari.



Dispetcherlik nazoratining muhim vazifalaridan biri marshrutda ishlovchi avtobuslarning muntazam harakatlanishini ta’minlashdir. Harakatning muntazamligi yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi transport faoliyatining yeng muhim sifat ko‘rsatkichidir. Agar marshrutdagi avtobuslar jadvalga muvofiq reysga chiqsa va reys davomida belgilangan harakat grafigi bo‘yicha xizmat ko‘rsatsa, yo‘nalish bo‘yicha ishonchli harakatlanishi ta’minlansa, barcha to‘xtash nuqtalarida ular orasidagi harakat intervallari teng ravishda taqsimlansa, transport belgilangan joyga aniq va jadvalda belgilangan vaqtda yetib borsa yo‘nalishdagi avtobus harakati muntazam hisoblanadi. [1] Yo‘nalishli avtobuslarning harakat muntazamligi bo‘yicha dunyo olimlari tomonidan birqancha tadqiqotlar o‘tkazilgan.
Xususan, Technological University Dublin - Blanchardstown Campus tadqiqotchilari Markus Hofmann va Margaret O’Mahonylar ob-havo noqulay sharoitlarida avtobuslarning ish ko‘rsatkichlarini o‘rganishgan. Tadqiqotda avtobuslarning harakat jadvalini tuzishda dispetcherlar ob-havo sharoitlarini inobatga olishlari bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan. Mahalliy ob-havo sharoitlarini avtobuslar yurish vaqtlariga bog‘liqligi modellarini ishlab chiqish bo‘yicha Institute of Future Cities, The Chinese University of Hong Kong, Shatin, New Territories, Hong Kong tadqiqotchisi Sui Tao, va Jonathan Corcoran, Francisco Rowe, Mark Hickmanlar tadqiqot olib borganlar. Tadqioqotda mintaqaning funksional imkoniyatlari bilan ob-havoning avtobuslarni soatlik harakatiga ta’sirini modellashtirilgan. Tadqiqot tranzit smart-kartalari ma’lumotlari to‘plami va ob- havoning vaqt birliklaridagi o‘lchovlarida avtobuslarning kechiktirilgan ta’sirlarini olish uchun hisoblab chiqilgan. Donskiy davlat texnika universiteti tadqiqotchisi Y.Y. Semchugova Lap-las funksiyasi asosida, shahar jamoat transportida rejalashtirilgan interval bo‘yicha yo‘nalishlar harakati ishonchliligini baholagan. Ozorbayjon arxitektura-qurilish universiteti va Turkiya milliy universiteti tadqiqotchilari Kuliev Taxir Djavanshir ogli hamda Allaxverdiev Rashad Abulfaz ogli shaxar yo‘nalishli avtobuslarida yo‘lovchilarning transportdagi xarakat vaqtini optimallashtirish va avtobuslar harakatining muntazamligini ta’minlash tizimi samaradorligini oshirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Past haroratli ob-havo sharoitida avtobuslar harakati
muntazamligiga ta’sir etuvchi omillarni va ularning qonuniyatlari bo‘yicha Tyumen davlat neft-gaz universiteti tadqiqotchisi Yarkov Sergey Aleksandrovich tadqiqot olib borgan. Rus olimi S.P.Artemov jamoat transportini xarakat muntazamligini buzilishi bo‘yicha tadqiqot olib borgan. Tadqiqotda asosan rejadagi qatnovlarni bajarilmaslikga asosiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillar tajribada aniqlagan va xarakat muntazamligini baxolash ko‘rsatkichlari taklif etilgan. Tadqiqotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, dunyoda jamoat transportlari harakat rejimini ishlab chiqishda muntazamlik ko‘rsatkichlari va ob-havo sharoitlarni inobatga olish bo‘yicha juda ko‘p tadqiqotlar olib borilgan, ammo Toshkent shahrida yo‘lovchilar oqimini bashorat qilishda ob-havo ko‘rsatkichlarini ta’siri va doimiy muntazamlik ko‘rsatkichlari tahlil qilinmagan. [2,3]

Download 119.25 Kb.
  1   2   3




Download 119.25 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Jamoat transporti vositalari harakatini tashkil etish vositalari

Download 119.25 Kb.