• Soliq tо‘lovchilar
  • Soliq solish obyekti
  • Soliq bazasi
  • Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i




    Download 22.15 Kb.
    bet1/4
    Sana11.05.2023
    Hajmi22.15 Kb.
    #58577
      1   2   3   4
    Bog'liq
    8.жисмоний мол мулк солиғи
    5A111801–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasiMaktabgacha ta\'lim, Қосимова М.С, Ходиев Б.Ю, Самадов А.Н, Мухитдинова У.С.Кичик бизнесни бошқариш, kompas, 9-mustaqil ish DESKIRET, 7Документ Microsoft Office Word, 11.сув ресурсидан фойдаланганлик, file, 3 s Ona , 2-Laboratoriya, Futbol о‘yini texnikasi va taktikasining tavsifi va tasnifi, 5, Saf mashqlari, YULDOSHEV G‘OLIB SHAVKAT O‘G‘LI QAYD VARAQA, Murodova Marjona ma\'lumotnoma

    Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i
    Reja
    1.Iqtisodiyotni modemizatsiyalash sharoitida jismoniy shaxslar to‘laydigan mol-mulk solig‘i va uning ahamiyati.
    2.Soliq tо‘lovchilar
    3.Jismoniy shaxslar to’laydigan mol-mulk solig‘i bo‘yicha ishlab chiqilgan me‘yoriy hujjatlar.
    4.Iqtisodiyotni modemizatsiyalash sharoitida jismoniy shaxslardan mol-mulk solig‘ini undirish tartibi.
    5.Jismoniy shaxslar olinadigan mol-mulk solig‘i to‘lash muddatlari.
    Soliq tо‘lovchilar
    Mulkida ushbu Kodeksning 419-moddasiga muvofiq soliq solish obyekti deb tan olinadigan mol-mulki bо‘lgan jismoniy shaxslar, shu jumladan chet el fuqarolari, agar О‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bо‘lsa, shuningdek yuridik shaxs tashkil etgan holdagi yoki etmagan holdagi dehqon xо‘jaliklari jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘ining soliq tо‘lovchilari (bundan buyon ushbu bobda soliq tо‘lovchilar deb yuritiladi) deb e’tirof etiladi.
    Agar mol-mulk mulkdorining joylashgan yerini aniqlash imkoni bо‘lmasa, shuningdek kо‘chmas mulk mulkdori vafot etgan taqdirda, bu mulk qaysi shaxsning egaligida va (yoki) foydalanishida bо‘lsa, о‘sha shaxs soliq tо‘lovchi deb e’tirof etiladi.
    Soliq solish obyekti
    О‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan quyidagi mol-mulk jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘ining (bundan buyon ushbu bobda soliq deb yuritiladi) soliq solish obyekti hisoblanadi.
    1) uy-joylar, kvartiralar, dala hovli imoratlari;
    2) tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun mо‘ljallangan yashash uchun mо‘ljallanmagan kо‘chmas mulk obyektlari;
    3) qurilishi tugallanmagan yashash uchun mо‘ljallanmagan obyektlar.
    Qurilishi tugallanmagan yashash uchun mо‘ljallanmagan obyektlarga ushbu obyektni qurishga doir loyiha-smeta hujjatlarida belgilangan normativ muddatda qurilishi tugallanmagan obyektlar, agar qurilishning normativ muddati belgilanmagan bо‘lsa, ushbu obyektning qurilishiga vakolatli bо‘lgan organning ruxsatnomasi olingan oydan e’tiboran yigirma tо‘rt oy ichida qurilishi tugallanmagan obyektlar kiradi;
    4) kо‘p kvartirali uylarga uzviy bog‘liq bо‘lgan avtomashina turar joylari, shuningdek boshqa imoratlar, binolar va inshootlar.
    Soliq bazasi
    Kо‘chmas mulkka bо‘lgan huquqlarni davlat rо‘yxatidan о‘tkazuvchi organ tomonidan belgilanadigan soliq solish obyektlarining kadastr qiymati soliq bazasi hisoblanadi.
    Soliqni hisoblab chiqarish maqsadida soliq bazasi qirq ikki million sо‘mdan kam bо‘lishi mumkin emas.
    Jismoniy shaxslarning mol-mulkini baholash bо‘yicha vakolatli organ tomonidan aniqlangan soliq solish obyektining bahosi mavjud bо‘lmagan taqdirda, mol-mulkning shartli qiymati Toshkent va Nukus shaharlarida, shuningdek viloyat markazlarida — ushbu moddaning ikkinchi qismida kо‘rsatilgan summaning besh baravari miqdorida, boshqa shaharlarda va qishloq joylarda esa — ikki baravari miqdorida soliq bazasi hisoblanadi.
    Bitta jismoniy shaxs bir nechta soliq solish obyekti bо‘yicha soliq tо‘lovchi bо‘lgan taqdirda, soliq bazasi har bir obyekt bо‘yicha alohida hisoblab chiqiladi.

    Download 22.15 Kb.
      1   2   3   4




    Download 22.15 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i

    Download 22.15 Kb.