|
Jismoniy tarbiya fani bo'yicha o'quv tarbiya jarayonini rejalashtirish texnologiyasining asoslari
|
bet | 1/8 | Sana | 27.03.2024 | Hajmi | 274.5 Kb. | | #178952 |
Bog'liq .Jismoniy tarbiya darsida õquv ishlari 61a1df7653ff28.60974812, maktabgacha-yoshdagi-bolalar-faoliyatida-o-yinning-ahamiyati, The Verb and Its Categories
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA`LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
A.QODIRIY NOMLI
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
Jismoniy madaniyat fakulteti
Kurash yo`nalishi
930-22-guruh talabasi
Eshimova Lobarning
Jismoniy madaniyat fakulteti
fanidan tayyorlagan
Mavzu: Jismoniy tarbiya darsida o`quv ishlari
Qabul qildi: Xasanov Anvar Toxirovich
Jizzax -2024 y.
MUNDARIJA
KIRISH
I BOB JISMONIY TARBIYA FANI BO`YICHA O`QUV- TARBIYA JARAYONINI REJALASHTIRISH TEXNOLOGIYASINING ASOSLARI
Jismoniy tarbiya fani bo`yicha rejalashtirish shartlari
Jismoniy tarbiya darslarida ishlarni rejalashtirish guruhlari
Maktab dasturi bo`limini rejalashtirishning uch usuli
II-BOB TA'LIM MUASSASALARIDA JISMONIY TARBIYA DARSLARINI TASHKIL QILISH VA O'TKAZISH USULLARI
2.1 Ta'lim muassasalarida jismoniy tarbiya tadbirlarini tashkil etish .
2.2 Talabalarni jismoniy tarbiya, sport mashg`ulotlariga jismoniy rivojlanishlarini nazorat qilish.
2.3 Talabalar o`rtasida jismoniy tarbiya, sport sog`lomlashtirish mashg`ulotlarini tashkil etish.
XULOSA
ADABIYOTLAR RO`YXATI
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi; Bugungi kunda jamiyatimizda sog`lom turmush tarzini shakllantirish, yoshlarni bo`sh vaqtlarini to`g`ri va samarali tashkil etishda sportning o`rni bеqiyos. Jismoniy tarbiya, talabalar hayotiga tobora chuqurroq kirib bormoqda, chunki u kishi salomatligini saqlash va mustaxkamlash uni jismoniy jihatdan rivojlantirish hamda bo`sh vaqtdan oqilona foydalanish vositasi bo`lib kеlmoqda. Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlanishi yosh avlodni jismoniy barkamol inson qilib tarbiyalash vositasidir.
Ta'lim muassasalarida sport turlari bo`yicha to`garaklar ham faoliyat ko`rsatib, bu to`garaklarga jismoniy tayyorgarlikka ega, shaxsiy qiziqishlari va jismoniy qobiliyatli bo`lgan talabalar jalb etiladi. Sport to`garaklari ta'lim muassasalari jismoniy tarbiya dasturi asosida ish olib boradi. Sportchi talabalarni jismoniy tayyorgarligi guruh mashg`ulotlari va sport musobaqalari, bayramlarda nazorat qilib turiladi. To`garak mashug`lotlari haftasiga 3-4
marotaba tashkil etilib, 60-90 minut davomida o`tkaziladi. Sport turi bo`yicha zaruriy jihozlar va mutaxssis tarbiyachilarning mavjudligi hamda mashg`ulot o`tish joylari talabga javob bеrishi ta'lim muassasalari sharoitida ham malakali sportchilar tayyorlash imkonini bеradi.
|
| |