• Qabul qildi: __________________ Jizzax_2023 MUNDAREJA
  • 2. Tarkibiy siyosat, uning mohiyati va ahamiyati……………………. 3. Sanoat tarmoq tuzilmasi va uni belgilovchi omillar……………….
  • Foydalanilgan adabiyotlar....................................................................... KIRISH
  • Jizzax filiali




    Download 27.31 Kb.
    bet1/5
    Sana27.11.2023
    Hajmi27.31 Kb.
    #106321
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Tarmoq iqtisodiyoti fanidan joriy nazorat-fayllar.org
    2, 1 Masofaviy ta’lim tushunchasi Masofaviy o`qitish usullari Ma, S3O1 TextileFibers INGLIZ TILI, Ijtimoiy media tahdid va xavf-hatar Tayyorladi Xolboyeva Dilora-azkurs.org, Erkin mavzuda mozaika yasash, АЕЕТваГЖ 4-лабор, 1-mavzu, 2-Topshiriq (2), 3-task, CamScanner 2023-10-20 22.54 (2) compressed, 1-mavzu. Fanga kirish. Fanning maqsadi va vazifalari. Akrreditat, 140- MT AMALIYOT-2024

    Tarmoq iqtisodiyoti fanidan joriy nazorat

    MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI
    O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
    JIZZAX FILIALI
    SIRTQI TA’LIM BO’LIMI
    IQTISODIYOT YO’NALISHI
    TARMOQ IQTISODIYOTI FANIDAN
    JORIY NAZORAT
    Mavzu: “Sanoat tarmoq tuzilmasi va tarkibiy siljishlar”

    Guruh: 923-20
    Bajardi: Ro’ziqulov O’lmas
    Qabul qildi: __________________


    Jizzax_2023
    MUNDAREJA:
    Kirish ........................................................................................................
    1. Sanoat tarmoqlarining rivojlanishi tarixi…………………………...
    2. Tarkibiy siyosat, uning mohiyati va ahamiyati…………………….
    3. Sanoat tarmoq tuzilmasi va uni belgilovchi omillar……………….
    Xulosa .......................................................................................................
    Foydalanilgan adabiyotlar.......................................................................

    KIRISH
    Sanoat moddiy ishlab chiqarishning asosiy va yetakchi tarmog‘idir. Sanoatning vujudga kelishi va rivojlanishi ishchilar sonining oshishi va uning jamiyatdagi mavqei ko‘tarilishiga olib keladi. Mustaqillik davrida jamiyatni tarixiy jihatdan yangilashda ishchilarning avangardlik roli to‘g‘risida gap yuritilar ekan, faqat ishchilar sinfigina mehnatkashlar ommasining birlashuviga, jipslashuviga va istiqlolni himoya qilishga, mustahkamlashga va uni uzil-kesil ta’minlashga yordam bera oladi, deyish mumkin. Ana shu fikrni O‘zbekiston voqe’ligi kun sayin tasdiqlamoqda. O‘zbekiston ishchisi respublika yalpi ijtimoiy mahsulotining, milliy daromadning asosiy qismini bunyod etmoqda, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini yuqori darajaga ko‘tarishda faol ishtirok etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi ishchilari qiyofasida ham barcha rivojlangan mamlakatlar ishchilaridagidek, ongli industrial mehnat-kashning va insonlar munosabatining yuksak normalari va umuminsoniy tamoyillarini, qadriyatlarini qaror toptiruvchi, yangi hayot uchun ilg‘or kurashchi xislatlari bir butun bo‘lib mujassamlashgan. Mehnatni ijtimoiy tashkil etishning eng oliy turi – konsentratsiyaning yuqori darajasi bilan kichik biznes va tadbirkorlikni uyg‘unlashtirish asosida ijtimoiy ishlab chiqarishni uyushtirishning ilg‘or usullari - ixtisoslashtirish, kooperativlashtirish va kombinatlash-tirish ham sanoat sohasida hukmronlik qiladi va yaxshi samaralar beradi. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirishni ta’minlovchi buyuk harakatlantiruvchi kuch – bu raqobat, ya’ni bellashuv, raqiblar kurashi ham sanoat sohasida rivoj topadi. Ilg‘or texnika va texnologiyalardan foydalanish, materiallarning yangi turlarini yaratish, mehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqarishdagi mahsulotlarning raqobatbardoshligini yuqori darajaga ko‘tarish, ishlab chiqarishning boshqa bir qator texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yaxshilash asosida uning samaradorligini ko‘tarish uchun harakat va boshqa mehnat an’analari ham avvalo, sanoat sohasida vujudga keldi va kelmoqda.


    Download 27.31 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 27.31 Kb.