|
Jizzax politexnika instituti Transport fakulteti 103-20 gurux talabasi Mahkamov Sunnatning Avtomobillar konstruksiyasi fanidan tayyorlagan taqdimoti
|
Sana | 09.12.2023 | Hajmi | 2,25 Mb. | | #114720 |
Bog'liq Sunnat Avto konstruksiya Jizzax politexnika instituti Transport fakulteti 103-20 gurux talabasi Mahkamov Sunnatning Avtomobillar konstruksiyasi fanidan tayyorlagan taqdimoti. Reja: - Yurish qismi
- Osmalar
- Yurish qismida uchraydigan asosiy nosozliklar
Yurish qismi quyidagi qismlardan tashkil tongan: -g‘ildirak va shinalar; - oldi va orqa osmalar. G‘ildirak. G‘ildiraklar avtomobil yurish qismining uzellaridan biridir. Avtomobilning ilgarilama harakati yo‘l ustida amalga oshadi. G‘ildirakni harakatlantiruvchi burovchi moment yetakchi ko‘prikka transmissiya agregatlari orqali uzatiladi. Burovchi moment biror qo‘shimcha uzel yordamida yo‘l sathi bilan muloqotda bo‘lgandagina hosil bo‘lgan aks-ta’sir kuchi yordamida avtomobil ilgarilama harakatlanishga majbur bo‘ladi. Shinalar vazifasi, profilining ko‘rinishi, o‘lchamlari, konstruksiyasi va germetikligini ta’minlash usuli bilan ham turlarga bo‘linadi. Yengil avtomobil shinalari hamma iqlim hududlarida, yengil avtomobil, kichik yuk ko‘taradigan yuk avtomobili, mikroavtobuslarda ishlatiladi. Xuddi shu ekspluatatsiya sharoiti uchun shinalar yuk avtomobillari, ularning tirkamalari, yarim tirkamalari, avtobuslarda ishlatiladi. Oddiy profilli shinalarda (55-rasm) uning balandligi N ning eni V ga nisbati 0,9 dan kattadir. O‘z navbatida radial shinalar R va RS turlarga ajraladi. Diagonal shinalar (56a-rasm)da kord iplari qatlami 2 ikkitadir va shina diagonali bo‘ylab joylashgan. Uning qolgan qismlarining tuzilishi radial (R) shinalar bilan bir xildir. Osma avtomobil yurish qismining bir qismi bo‘lib, kuzov (rama)ni yo‘l bilan bog‘laydi. Avtomobil yo‘li notekisliklardan iborat bo‘lib, ularning turtkilari kuzovga uzatilishi natijasida yuk yoki yo‘lovchiga salbiy ta’sir qiladi. Bu ta’sirni kamaytirish uchun kuzov va g‘ildirak o‘rtasiga elastik qism (ressora, prujina, pnevmoballon va boshqalar) kiritish kerak. Osmalar uchta bo‘lakdan iborat: yo‘naltiruvchi qism, elastik qism, so‘ndiruvchi qism. Osmaning yo‘naltiruvchi qismi nafaqat ko‘ndalang, bo‘ylama, yondan tasir etayotgan kuchlarni uzatadi, balki g‘ildirakning kuzov (rama)ga nisbatan harakatini ham belgilaydi. Yo‘naltiruvchi qismining turiga qarab osmalar mustaqil va nomustaqil turlariga bulinadi. Mustaqil osmalarda chap yoki o‘ng g‘ildiraklar bir-biri bilan bog‘lanmagan bo‘lib, chap (yoki o‘ng) g‘ildirakka yo‘l notekisligidan tasir etgan turtki o‘ng (yoki chap) g‘ildirakka uzatilmaydi. Nomustaqil osmalarda esa chap va o‘ng g‘ildiraklar bir biri bilan bog‘langan bo‘lib, chap (yoki o‘ng) g‘ildirakka yo‘l notikisligidan tasir etgan turtkilar o‘ng (yoki chap) g‘ildirakka uzatiladi. Yurish qismidagi asosiy nosozliklar, asosan, avtomobilning eng yuqori yuk ko‘taruvchanligidan ortiqcha yuklanish bilan ishlatilganda, shuningdek, shakl berilmagan yo‘llarning og‘ir sharoitlarida ishlatilganda yuzaga keladi. Rama qoldiq deformatsiya olib egiladi, unda yoriqlar paydo bo‘ladi, parchin-mixli birikmalar bo‘shashadi, dvigatel va transmissiya agregatlarining o‘zaro to‘g‘ri joylashuvi buziladi. Yurish qismining agregatlari va uzellaridagi nosozliklar qisman KXK paytida aniqlanadi. 1-TXK vaqtida rul boshqarmasi va oldingi o‘q bo‘yicha rul chambaragining lyufti, rul tortqilari sharnirlari, g‘ildirak gupchagi podshipniklari, gidrokuchaytirgichli tizim jipsligi, sharli barmoqlarning qotirilganligi, soshka, buriluvchi sapfa richaglari va shkvoren holati tekshiriladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Jizzax politexnika instituti Transport fakulteti 103-20 gurux talabasi Mahkamov Sunnatning Avtomobillar konstruksiyasi fanidan tayyorlagan taqdimoti
|