• MUNDARIJA: KIRISH. I BOB.INTERPOLIMER KOMPLEKS PLYONKALAR VA ULARNING FIZIKAVIY TATQIQOTLARI HAQIDA TASOVVURLAR
  • INTERPOLIMER KOMPLEKS PLYONLARINI QADOQLASH VA FARMASEVTIKADA QO`LLANILISHI I BOB UCHUN XULOSA II BOB.ILMIY-TADQIQOT OB`YEKTLARI VA USULLARI
  • 2.5. Elektron mikroskopiya II BOB UCHUN XULOSA III BOB.ILMIY`TADQIQOT NATIJALARI VA ULARNI YAHLILI
  • FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR. KIRISH
  • Tatqiqot obekti va predmeti
  • Tadqiqot ishining maqsadi.
  • Jo`raqulov sanjar zafarjon o`G`li natriy karboksimetilselluyloza va poliakrilamid asosida olingan interpolimer kompleks plyonkalarining fizik-mexanik xossalari




    Download 0.95 Mb.
    bet1/9
    Sana16.04.2024
    Hajmi0.95 Mb.
    #197672
      1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    desirtatsiya 1-bob
    Suniy Intelekt - Amaliy 1

    O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI

    MIRZO ULUIG`BEK NOMIDAGI


    O`ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI

    5A140201 Fizika (yo`nalishlar bo`yicha)



    JO`RAQULOV SANJAR ZAFARJON O`G`LI
    Natriy karboksimetilselluyloza va poliakrilamid asosida olingan interpolimer kompleks plyonkalarining fizik-mexanik xossalari
    Magistrlik
    Akademik darajasini olish uchun yozilgan
    dissertatsiya

    Ilmiy rahbar :


    t.f.d., dots Inog`omov S.Y

    Toshkent-2022


    MUNDARIJA:
    KIRISH.
    I BOB.INTERPOLIMER KOMPLEKS PLYONKALAR VA ULARNING FIZIKAVIY TATQIQOTLARI HAQIDA TASOVVURLAR

      1. INTERPOLIMER KOMPLEKS PLYONKA HOSIL BO`LISHI

      2. INTERPOLIMER KOMPLEKS PLYONKALARINI FIZIK-MEXANIK XOSSALARI

      3. INTERPOLIMER KOMPLEKS PLYONLARINI QADOQLASH VA FARMASEVTIKADA QO`LLANILISHI

    I BOB UCHUN XULOSA

    II BOB.ILMIY-TADQIQOT OB`YEKTLARI VA USULLARI
    2.1.ILMIY-TADQIQOT OB`EKTLARI
    2.2. Eritmalarni potensiometrik titirlash
    2.3. Eritmalarni konduktometrik titirlash
    2.4. Rentgenstruktur analiz
    2.5. Elektron mikroskopiya
    II BOB UCHUN XULOSA

    III BOB.ILMIY`TADQIQOT NATIJALARI VA ULARNI YAHLILI
    3.1.Natriy karboksimetilselluyloza va poliakrilamid asosida olingan interpolimer kompleks plyonka olinishi
    3.2. Natriy karboksimetilselluyloza va poliakrilamid asosida olingan interpolimer kompleks plyonkalarining fizik-mexanik xossalari
    III BOB UCHUN XULOSA.

    XULOSA
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.

    KIRISH



    Mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi: Polikompleks plyonkalar ikkita polielektrolitlarning o`zaro ta`sirlashishi asosida hosil bo`ladigan mahsulotlar bo`lib, ular o`zining bir qator muhim va bebaho xossalari uchun texnikada, materiallar texnologiyasida, tibbiyotda va qadoqlash mahsulotlarida muhim o`rin tutadi. Bundan tashqari polielektrolitlarning boshqa polimer moddalar bilan ta`sirlashib yangi moddalar hosil qilishi, polimer moddalar olish va ularni modifikatsiya qilish yo`nalishida fanning yangi qirralarini ochib beryapdi.
    O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi PQ-2911-son «Respublika farmatsevtika sanoatini jadal rivojlantirish uchun qulay sharoitlarni yaratish bo`yicha chora-tadbirlar to`g`risida» gi qarori, 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son «O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha harakatlar strategiyasi» gi Farmoni, 2017-yil 23-avgustdagi PF-3236-son «2017-2021 yillarda kimyo sanoatini rivojlantirish dasturi to`g`risida» gi, 2018-yil 14-fevraldagi PQ-3532-son «Farmatsevtika tarmog`ini jadal rivojlantirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida»gi va 2019-yil 3-apreldagi PQ-4265-son «Kimyo sanoatini yanada isloh qilish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi, 2021-yil 19-mart PQ-5032-sonli “Fizika sohasidagi ta`lim sifatini oshirish va ilmiy tatqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida” gi qarorlari hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa normativ huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu magistrlik dissertatsiyasi ishi muayyan darajada xizmat qiladi.[3]
    Polimer mahsulotlar bugungi kunda sanoatning barcha tarmoqlarida keng qo`llanilmoqdа. Bu jihatdan polimer birikmalarga talab yanada ortmoqda. Xususan, tibbiyotda hamda qishloq xo`jaligi va oziq-ovqat buyumlarini qadoqlashda qo`llanadigan materiallar orasida polimer materiallar alohida muhim o`rin tutadi: kateterlar, sistemalar, shpritslar,paketlar, tibbiy uskunalarning butlovchi qismlari, dori vositalar, bir doza dorining ta`sir etish muddatini uzaytiruvchi polimer komplekslar kabi soxalar shular jumlasidandir. Mamlakat xalq xo`jaligini rivojlantirishda kimyolashtirishning ahamiyati katta. Kimyoviy mahsulotlar bugungi kunda sanoatning ham barcha tarmoqlarida keng qo`llanilmoqda. Bu jihatdan tabiiy va sintetik tolalardan polimerlash, polikondensatlash, sopolimerlash reaksiyalari orqali ionalmashgan polimerlar olishning ishlab chiqish muhim vazifalar qatoriga kiritilmoqda.
    Mahalliy xom ashyo- natriy karboksimetilsellyuloza (Na-KMS) va poliakrilamid (PAA) asosida oldindan ma`lum bir xossalari va fizik-kimyoviy, fizik-mexanik xossalarga ega bo`lgan polikompleks plyonkalar yoki interpolimer kompleks plyonkalarini olish, ularni o`rganish va ishlab chiqarishga tadbiq qilish dolzarb hisoblanadi.
    Shuning uchun bu muammolarni hal qilish borasida mahalliy mahsulotlar asosida farmatsevtika sanoati va qadoqlash mahsulotlari uchun zarur bo`lgan yordamchi moddalar uchun asoslarni yaratish ustuvor vazifalardan hisoblanadi.
    Tatqiqot obekti va predmeti: Tatqiqot obekti sifatida Namangan kimyo zavodida ishlab chiqarilgan natriy karboksimetilsellyuloza, Navoiyazot zavodida ishlab chiqarilgan poliakrilamid va ular asosidagi interpolimer kompleks plyonkalar tanlandi. Tatqiqot predmetilari eritmalarni potensiometrik titirlash, Eritmalarni konduktometrik titirlash,rentgenstruktur analiz , elektron mikroskopiya va boshqa o`lchash qurilmlaridir.
    Tadqiqot ishining maqsadi. Na-KMS va PAA aralashmalari asosida suyuq va qattiq fazali interpolimer kompleks plyonkalarni olish va turli nisbatda olingan polikompleks plyonkalarni optik va mikroskopik tahlillarini o`tkazish. Fizik-mexanik xossalari orasidagi bog`liqliklarni topib ularni to`laroq ochib berish.

    Download 0.95 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 0.95 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Jo`raqulov sanjar zafarjon o`G`li natriy karboksimetilselluyloza va poliakrilamid asosida olingan interpolimer kompleks plyonkalarining fizik-mexanik xossalari

    Download 0.95 Mb.