• Kalit so’zlar
  • Adabiyotlar tahlili va metodlar.
  • Journal of marketing, business and management (jmbm)




    Download 199.6 Kb.
    bet1/4
    Sana07.04.2024
    Hajmi199.6 Kb.
    #190394
      1   2   3   4
    Bog'liq
    kiberxavfsizlik-yangi-o-zbekiston-raqamli-iqtisodiyotining-fundamental-omili
    chamadonga, D A R S jadvali, Individual loyiha, OWASP ZAP dasturi yordamida tizimni xavfsizlikka testlash., OWASP WebGoat simulyatorida SQL ineksiya tahdidini amalga oshirish


    KIBERXAVFSIZLIK – YANGI OʻZBEKISTON RAQAMLI
    IQTISODIYOTINING FUNDAMENTAL OMILI

    Аnnotаtsiya. Bugungi zamonaviy dunyoda ma’lumotlar va axborot tizimlari rivojlanmoqda va bu o’z navbatida ularni himoyalashni ham taqozo etadi. Ushbu maqola mamlakatimiz raqamli iqtisodiyotida muhim o’rin egallagan kiberxavfsizlik va unga oid tushunchalar haqida ma’lumotlar va O’zbekistondagi kiberxavfsizlik darajasi yoritib o’tilgan
    Kalit so’zlar: Kiberxavfsizlik, kiberxujum, axborot tizlimlari, konfidensiallik, risk, SSL, milliy segment, “Kiberxavfsizlik Markazi” DUK.


    Kirish. Zamonaviy dunyoda yangi texnologiyalar, elektron xizmatlar bizning kundalik hayotimizning ajralmas qismiga aylandi. Jamiyat kundan-kun axborot- kommunikatsiya texnologiyalariga tobora ko'proq qaram bo'lib borayotganligini hisobga olib, ushbu texnologiyalarni himoya qilish va ulardan foydalanish milliy manfaatlar uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega va juda muhim mavzuga aylanmoqda. Bugungi kunda axborot jamiyatini rivojlantirishning zaruriy sharti bu kiberxavfsizlikdir, uni xavfsizlikning texnik va qonunchilikgacha bo'lgan deyarli cheksiz ro'yxati va ularni hal qilish yo'li bilan ta'minlash mumkin. kiberxavfsizlik masalalari alohida kompyuter vositasida axborot xavfsizligi darajasidan har bir davlatning axborot va milliy xavfsizligining ajralmas qismi sifatida yagona kiberhavfsizlik tizimini yaratish darajasigacha boradi. Shu sababli, har bir tashkilot uchun kiberxavfsizlikni ta’minlash maqsadida mazkur soha bilan shug’ullanuvchi xodimlar jalb qilinmoqda va xodimlarni kiberxavfsizlikka oid bilimlar bilan doimiy tanishtirib boorish uchun qator seminartreyning mashg’ulotlari tashkil etilmoqda. Oliy ta’lim muassasalarida ham kiberxavfsizlikni fan sifatida o’tilishi buning yaqqol misolidir.
    Adabiyotlar tahlili va metodlar. Ushbu maqolani yozishda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021 yillarda Oʼzbekiston respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʼnalishi boʼyicha harakatlar strategiyasini «Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʼgʼrisida”gi va “Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish choratadbirlari toʼgʼrisida”gi Farmonlarida keltirilgan maʼlumotlar asos boʼlib xizmat qildi. Maqoladagi statistik ma’lumotlarni tahlil qilishda Xalqaro elektroaloqa uyushmasining rasmiy sayti (www.itu.int) va “Kiberxavfsizlik markazi” DUK(Davlat unitar korxonasi) ma’lumotlaridan foydalanildi. Maqoladagi ma’lumotlarni tahlil qilishda statistik tahlil metodlaridan foydalanildi.

    Download 199.6 Kb.
      1   2   3   4




    Download 199.6 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Journal of marketing, business and management (jmbm)

    Download 199.6 Kb.