Elektr
Juda qadim zamonlarda Yunonistonda ignabargli daraxtlar qol- dig'ining toshga
aylangan yelimini yunonlar «elektron» deb atashgan. Elektr so'zi ham shundan
kelib chiqqan.
Elektrlanish
Elektrlanishning ikki turi mavjud: shoyiga ishqalangan shisha tayoqcha musbat
(+) ishorali, mo'ynaga ishqalangan ebonit tayoqcha manfiy (-) ishorali elektrlanib
qoladi.
O'tkazgichlar
Elektrni o'zidan o'tkazuvchi moddalar elektr o'tkazgichlar deb ataladi.
Dielektriklar
O'zidan elektrni o'tkazmaydigan moddalar dielektriklar deb ataladi.
Dielektriklardan tayyorlangan buyumlar esa izolatorlar deyiladi.
Atomning planetar modeli
Atom markazida yadro joylashgan boʻlib, u musbat zaryadlangan
proton va
zaryadlanmagan neytronlardan tashkil topgan. Atom yadrosi atrofida orbita
bo'ylab manfiy zaryadlangan elektronlar harakat qiladi.
Chaqmoq
Bu turli ishora bilan zaryadlangan bulutlar orasida yoki bulut bilan yer sirti
orasida sodir bo'ladigan kuchli elektr uchquni.
Momaqaldiroq
Momaqaldiroq bu chaqmoq paytida sodir bo'ladigan
havodagi
(atmosferadagi) tovush hodisasi boʻlib, u chaqmoq yo'lida havoning qizishi,
bosimning ortishi tufayli yuz beradi.
Yashin
Zaryadlangan bulut bilan yer orasida sodir bo'ladigan
chaqmoq paytida
bulutdagi zaryadlarning yerga bir zumda o'tish jarayoni.
Elektr toki
Zaryadli zarralarning tartibli harakati, ya'ni zaryadlar oqimidan iborat.
O'zgarmas tok manbai
Musbat va manfiy qutbga ega bo'lgan, o'zgarmas tokni hosil qiladigan manba.
Galvanik element
Galvanik elementda kimyoviy energiya elektr energiyaga aylanadi.
Elektr kuchlanish
Zanjirning biror qismidan 1 kulon zaryad o'tganida baja- riladigan
ishga son
qiymati jihatidan teng bo'lgan kattalik zanjirning shu qismi uchlari orasidagi
elektr kuchlanish deb ataladi.
Tok kuchi
O'tkazgichning ko'ndalang kesimidan vaqt birligida o'ta- yotgan elektr zaryad
miqdoriga qiymat jihatidan teng boʻlgan kattalik.
O'tkazgich
qarshiligi
O'tkazgichning zanjirda tok oʻtishiga qarshilik qilish xossasini tavsiflaydigan
fizik
kattalikka elektr qarshilik deb ataladi. O'tkazgichning elektr qarshiligi uning
geometrik o'lchamlariga va moddaning tabiatiga bog'liq.
Om qonuni
O'tkazgichdan o'tayotgan tok kuchi uning uchlariga qo'yilgan kuchlanishga to'g'ri
proporsional, o'tkazgich- ning qarshiligiga teskari proporsionaldir.
Reostat
Elektr zanjirdagi tok kuchi va
kuchlanishni rostlash, ya'ni o'zgartirish
uchun
qo'llaniladigan elektr asbob.