• 2.BOB.Bolalarda miqdor va son sanoq haqidagi bilimlarini shakllantirish….15
  • KIRISH Mavzuning dolzarbligi.
  • Kirish I. Bob. Turli yosh guruhlarida sanashga oʻrgatish usullari




    Download 44.85 Kb.
    bet1/7
    Sana16.06.2023
    Hajmi44.85 Kb.
    #73709
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Boboxonova.sanashga oʻrgatish.1
    Lokal (mahalliy) tarmoqni tarmoq topologiyasi Reja, 000ec153-ece00852, Beruniy Tarjimai hol, 2 5294112637649425278-1, M. Usmanоv informatikadan mavzulashtirilgan testlar to‘plami, 5 variant, Telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish lab 1, 8-18, операцион карта, Bahtayev G\'ayrat, ОБЪЕКТИВКА Дилфуза Косимова (2), Ovoz beruvchilar VotersList yangisi, Презентация1, Andijon davlat pedagogika instituti

    Mundarija:
    KIRISH......................................................................................................................2
    I.BOB.Turli yosh guruhlarida sanashga oʻrgatish usullari ……………………4
    1.1.Maktabgacha yoshdagi bolalarni son-sanoqqa oʻrgatish metodikasi.................................................................................................................4
    1.2.Matematik tasavvurlarni shakllantirish nazaryasi va texnologiyasi……….…...9
    2.BOB.Bolalarda miqdor va son sanoq haqidagi bilimlarini shakllantirish….15
    2.1.Bolalarni sanashga oʻrgatish va ularni hisoblash amallari bilan tanishtirish..............................................................................................................25
    2.2.Bolalarni sanashga oʻrgatish maqsad va vazifalari...........................................30
    III.Xulosa................................................................................................................34
    IV.Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati ..................................................................37

    KIRISH
    Mavzuning dolzarbligi. Bugungi kunda mamlakatimizda barcha sohalarda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, maktabgacha ta’lim sohasida tub o‘zgarishlar amalga oshirilib, maktabgacha yoshdagi bolalarning ta’lim-tarbiya olishi masalasi davlat darajasidagi dolzarb masalaga aylandi. Bu borada Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan ishlar, qabul qilinayotgan farmon va qarorlar dasturul amal bo‘lmoqda. Maktabgacha ta’lim vazirligining tashkil etilishi, Prezidentimiz tomonidan “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2707-sonli Qaror, O’zbekiston Respublikasi “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to’g’risida”gi qonuni, Maktabgacha ta’lim tizimi boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari, “Ilk qadam” Davlat o’quv dasturi, “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030- yilgacha rivojlantirish Konseptsiyasi” kabi me`yoriy huquqiy hujjatlarning qabul qilinishi maktabgacha ta’lim tizimida ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda alohida ahamiyat kasb etmoqda. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga ta’lim berish jarayonini takomillashtirishda bo‘lajak pedagoglarning ilmiy va uslubiy ta’minlanganligi, ularning kasbiy tayyorgarligi asosiy masalalardan sanaladi.
    Bugungi kunda dunyo miqyosida axborot kommunikatsiya tizimining yuksak darajada rivoj topib borayotganligi va bu boshqa sohalar qatorida ta‘lim jarayoniga ham kirib kelib, uni yanada sifatli tashkil etishga o‘z ta‘sirini ko‘rsatayotganligi barchamizga ma‘lum. Bunday sharoitda inson faoliyatining nazariy va amaliy qirralari ham uzluksiz yangilanib turishi tabiiydir. Pedagogik faoliyat ham alohida va murakkab mehnat turi sifatida bundan mustasno emas. Pedagoglar o‘z faoliyatlarida kafolatlangan natijalarni qo‘lga kiritishga urinmoqdalar. XXI asrni olimlarimiz tomonidan axborot texnologiyalari asri deb tan olinganligi pedagogik va axborot texnologiyalari kun sayin barcha sohalarda rivojlanayotgani, jumladan, ta‘lim sohasida ham yangi axborot texnologiyalaridan keng foydalanish an‘anaviy o‘qitish usullaridan ko‘ra samarali va yuqori natijalarga olib kelmoqda. Shuning uchun ham pedagogik texnologiyalarni ta‘lim jarayoniga joriy etish, ta‘lim samaradorligini oshirish uchun tinimsiz izlanish bugungi kunning ehtiyojiga aylandi. Mustaqillik davri O’zbekiston tarixida tom ma’noda islohotlar davri bo’lib kirdi desak xato bo’lmaydi. Zero, har qanday davlat o’z tizimi mohiyatidan kelib chiqib maqsad-muddaolarini belgilar ekan, maqsad-muddaolar mazmunidan kelib chiqib, jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotida ma’lum islohotlarni amalga oshiradi. Ushbu islohotlar o’z navbatida buyuk kelajakning asosi bo’lgan – ta’lim-tarbiya tizimida ham chuqur va istiqbolli islohotlarni amalga oshirishni zaruriyatga aylantirdi . Ma’lumki, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ta’lim tashkilotlarining resurs, kadrlar va axborot bazalarini yanada mustahkamlash, ta’lim -tarbiya jarayonini yangi ta’lim -uslubiy majmualar, ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan to’liq ta’minlash, vazifalari belgilab qo’yilgan’ Mamlakatimizning taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan o’rin olishi uchun aholi ta’limini jadallashtirish va uning samaradorligini oshirish maqsadi ham ilg’or pedagogik tadbirlardan, texnologiyalardan keng foydalanishimizni talab etmoqda.

    Download 44.85 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 44.85 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kirish I. Bob. Turli yosh guruhlarida sanashga oʻrgatish usullari

    Download 44.85 Kb.