• SAVOL VA TOPSHIRIQLAR.
  • < Orqaga
  • Kirish kompyuter ishlashi uchun zaruriy shart – bu uning dasturlarining mavjudligidadir. Dastur




    Download 180 Kb.
    Sana07.06.2023
    Hajmi180 Kb.
    #70595
    Bog'liq
    Kompyuter ishlashi uchun zaruriy shart
    dgdgdfdf, 1-sinf-ona-tili-va-oqish-savodxonligi, Lorem ipsum dolor sit amet, Янги ММТБ хат Қўғирчоқ театри, The-Magic-of-Nominal-Sentences, 6 sinf Tabiiy fan Nazorat ishi -3, Moliyaviy vositachilarning iqtisodiyotda tutgan o’rni-fayllar.org, Referat 1, Nodir metallar metallurgiyasi ma\'ruza, Reja Biosfera, uning tuzilishi va vazifasi, 2-Amaliy mashg`ulot, Mavzu Referat,Referat turlari-fayllar.org, Caliban, JIZZAX SHAHAR KASB

    KIRISH

    Kompyuter ishlashi uchun zaruriy shart – bu uning dasturlarining mavjudligidadir. Dastur – bu kompyuterdagi biror bir ob`yekt yoki vosita bilan foydalanuvchini bog`lovchi maxsulotdir. Dasturni to`g`ridan to’g’ri o`rnatib bo`lmaydi. Uni o`rnatish uchun albatta uning dasturiy ta`minoti bo`lishi shart.


    Dastur ta`minoti 3 guruhdan iborat:

    • Tizimning ishlash bilan bog`liq tizimli dastur ta`minoti;

    • Amaliy dastur ta`minoti;

    • Vositaviy dastur ta`minoti;

    Tizimli ta`minotning o`rnatilishi, kompyuterda tizim dasturlarining ishlashini ta`minlaydi. Tizim dasturlari esa shu o`rinda kompyuterning ishlashini boshqaradi, uning turli qurilmalari orasida muloqotni tashkil qiladi. Amaliy dasturlarning ishlashi uchun muhit yaratadi. Tizimli dastur kompyuterdan foydalanishni osonlashtiradi va uning o`zagida operasion tizim turibti. Hozirgi paytda turli operasion sistemalar mavjud. Masalan: UNIX, MS DOS, PC DOS, DRD DOS, OS/2, WARP, MICROSOFT WINDOWS, MACINTOCH va boshqalar. Bundan tashqari operasion qobig`lar va xizmat qiluvchi dasturlar mavjud. Ular dastur utilitalari deb atalib, yordamchi amallarni bajarib, kompyuter ishlashini qulaylovchi dasturlardir.
    Amaliy dasturlar aniq bir amal bajarilishini ta`minlaydi. Turli ko`rinishdagi ma`lumotlar ustida ma`lumotlar almashuvini amalga oshiradi, ya`ni predmet sohadan olingan alohida masalalar va ularning to`plamini yechish uchun qaratilgan bo`lib, amaliy masalalarni yechish uchun mo`ljallangan. Amaliy dasturlarning ishlashi uchun uning dasturiy ta`minoti o`rnatilishi kerak. Barcha amaliy dasturlar birinchi navbatda operasion tizimga bog`langan holatda o`rnatiladi. Har bir amaliy dastur o`zining dasturiy ta`minotiga ega va uning initializatsion dasturning hajmi turli o`lchamga ega.
    Qurilma drayverlari, yoki boshqacha qilib aytganda vositaviy dastur ta`minotlarining mavjudligi kompyuterga bog`liq bo`lgan yoki unga o`rnatilgan qurilma hamda resurslarning ishlashini ta`minlaydi. Standart qurilmalarning ko`pchiliklarida uilarning drayverlari operasion tizimning tarkibida mavjud. Bu ham tizimning versiyalaridan bog`liq. Masalan Microsoft Windows 98 versiyali operasion tizimi o`rnatilgan kompyuterni olsak, unga o`rnatiladigan standart yoki tizimdan oldinroq ishlab chiqarilgan qurilma hamda resurslarning drayverlari tizim tarkibida mavjudligini takidlab o`tish lozim. Agar keyinroq ishlab chiqarilgan va nostandart qurilma yoki resurslar o`rnatiladigan bo`lsa, u holda ularning dastur ta`minoti alohida ravishda o`rnatiladi. Qurilmalarning dastur ta`minoti yoki drayverlarning o`rnatilishi, o`rnatiladigan qurilma va resurslarning kompyuterdagi boshqa qurilmalar hamda kompyuterning sistemasi va barcha sistema resurslari bilan bog`liq holda ishlaydi. Har bir qurilma uchun o`zining dastur ta`minoti mavjud va bunday dasturlar faqatgina kompyuterning operasion tizimi mavjud bo`lgandan keyingina o`rnatilishi mumkin.
    B

    archa dasturlar odatda egiluvchan magnitli disklarda arxivlangan holatda joylashgan bo`ladi. Ammo operasion sistemalar va u bilan bog`liq dasturlar ancha katta hajmga ega bo`lganligi tufayli keyingi paytlarda kampakt disklariga (CD-R) yozilmoqda. Ba`zi bir sistemali dasturlar, amaliy dasturlar paketlar, utilitalar va qurilmalarning vositaviy dasturlari mantiqiy disklarda (vinchesterlarda) yozilgan bo`ladi. Hozirgi vaqtda ko`pgina ma`lumotlar local hisoblash tarmoq, INTERNET va electron pochta orqali qabul qilinish bilan bir qatorda dastur ta`minotlar ham shu tarzda qabul qilinadi va o`rnatiladi.

    • SAVOL VA TOPSHIRIQLAR.




      1. UNIX, MS DOS, PC DOS, DRD DOS, OS/2, WARP, MICROSOFT WINDOWS operasion sistemasini o`rnatish uchun qaysi guruhga kiruvchi dastur ta`minot talab qilinadi?




      1. Amaliy dasturlar paketini inisializatsiya qilish uchun qaysi guruhga kiruvchi dastur ta`minot talab qilinadi?




      1. Qurilma va resurslarni o`rnatib bir meyyorda ishlashni ta`minlash uchun qaysi guruhga kiruvchi dastur ta`minot talab qilinadi?




      1. Dastur ta`minotlari qanday ko`rinishda bo`ladi va ular qayerda saqlanadi?




      1. Qanday zamonaviy usullar bilan dasturiy ta`minotlarni qabul qilish mumkin?

    < Orqaga Oldinga> UYGA
    Download 180 Kb.




    Download 180 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kirish kompyuter ishlashi uchun zaruriy shart – bu uning dasturlarining mavjudligidadir. Dastur

    Download 180 Kb.