• Hisobot bilan tanishib chiqdim. Amaliyot rahbar
  • Kompyuter lingvistikasi mutaxassisligi 2-kurs magistratura talabasi Yakubova Dilafro’z Kadamboyevnaning ilmiy amaliyot (stajirovka)




    Download 22.77 Kb.
    Sana02.06.2023
    Hajmi22.77 Kb.
    #69193
    Bog'liq
    Amaliyot hisobot D.YAkubova (2)
    omir qawipsizligi, AMALIY ISH 4, 11 синф Адабиёт эксперт хулосаси (2), 11 синф Адабиёт эксперт хулосаси (2), 14 dekabr Vatanparvarlik oyligi bayonnoma, Yosh dasturchi to\'garagi, Chqbt fanidan test savollari, 3-4Amaliy ish (2), 3-Amaliy ish, Mustaqil ish mavzulari Hisobotshakli 1-chi, 7-8AMALIY ISH, NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI, 100 тестов по межфаку (2), Документ Microsoft Word

    70230801- Kompyuter lingvistikasi mutaxassisligi 2-kurs magistratura talabasi Yakubova Dilafro’z Kadamboyevnaning ilmiy amaliyot (stajirovka), ilmiy pedagogik ishi va magistrlik dissertatsiyani tayyorlash, kalendar ish rejasida mo`ljallangan ishlar bo`yicha 2022-2023 o`quv yili IV semestri davomida amalga oshirilgan ishlari hisoboti
    Amaliyot rahbarim t.f.n dots. Sharipov.M. bilan kafedra tomonidan belgilangan jadval bo`yicha haftada bir marta online tarzda (Zoom dasturi va telegram guruhi orqali) uchrashib, menga berilgan “Fe’l va son so’z turkumiga oid so’zlarni aniqlovchi dasturiy ta’minot uchun ma’lumotlar bazasini yaratish ” mavzu bo`yicha maslahatlar olib bordim. Dissertatsiya mavzuyim asosida qilingan ishlar bo`yicha ilmiy rahbarim Sharipov.M. bilan maslahatlashdim, dissertatsiya mavzuyim “Fe’l va son so’z turkumiga oid so’zlarni aniqlovchi dasturiy ta’minot uchun ma’lumotlar bazasini yaratish” ni o`rganib chiqish bo`yicha topshiriq oldim va ularni bajarishga kirishdim. Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini dolzarbligi, tadqiqot predmeti va ob’ekti, tadqiqot maqsadi va vazifalari, o`rganilganlik darajasini aniqlash maqsadida ilmiy yo`nalishlarda erishilgan yutuqlar, shu bilan birga dissertatsiya mavzuim yuzasidan ma`lumotlar to`pladim.
    Kafedra seminarlari jadvali asosida mavzuyim bo`yicha amalga oshirilgan ishlar bilan seminar yig`ilishlarida qatnashish yuzasidan tayyorlangan ma`lumotlar borasida ilmiy rahbarim bilan maslahatlashib bordim.
    Mavzuga oid bibliografiya va axborot resurslar, kutubxona fondlaridagi adabiyotlar hamda elektron resusrlar bilan tanishishda davom etdim. Shu bilan birga mavzuga oid bibliografiya va axborot resurslar, kutubxona fondlaridagi adabiyotlar hamda elektron resurslar bilan tanishishda davom etdim. Shu bilan birga ilmiy rahbarim tavsiyasi asosida internet ma`lumotlaridan ham samarali foydalanish maqsadida kafedra kompyuter xonalarida internet ma`lumotlarini izlash va to`plashda davom etdim.
    Tanlangan tadqiqot usullari bo`yicha ilmiy rahbarim bilan maslahalashib, tegishli ko`rsatmalarni olgan holda izlanishlarimni davom ettirdim. Shunga ko`ra hisobot davrida quyidagi manbalarni tahlil qilinib o`rganildi:

    1. Stevev Bird, Ewan Klein and Edward Loper.Natural Language Processing with Python.

    2. R.Sayfullayeva,B. Mengliyev. Hozirgi o‘zbek adabiy tili.Toshkent 2009-yil

    3. M.Hamroyev,D.Muhamedova. Ona tili.Toshkent 2007

    4. Azamatjon Rahimov.Kompyuter lingvistikasi asoslari.Akademnashr 2011yil

    5. Qalandar Sapayev. Hozirgi o‘zbek tili (Morfemika, so‘z yasalishi va morfologiya). Toshkent 2009

    Bu semester davomida men kafedradagi ayrim o’qituvchilar bilan ham birgalikda tajriba almashdim va darslarida o’z tajribamni oshirish maqsadida ularning ham darslarini tahlil qilish jarayonida kuzatib ham bordim. Dars tahlili davomida o’zimning dars o’tish jarayonimdagi kamchiliklarimni bartaraf qilib bordim. Dars davomida darsning olib borilishi, AKT vositalaridan qanday foydalanish kerakligini. o’quvchilar bilan qanday ishlash kerakligini va uyga vazifa berish va uyga vazifani so’rab olish tartiblarini chuqur o’rganib chiqdim.
    Kafedra o’qituvchilari tomonidan darslarga tegishli slaydlar va ko’rgazmali qurollar, o’quv-uslubiy qo’llanmalarini ishlab chiqish topshiriqlari berildi. Men esa slaydlarni, ko’rgazmali qurollar, o’quv-uslubiy qo’llanmalarini tayyorlashda quyidagi adabiyotlardan: Kompyuter Linvistikasi. Abdumajid Po`latov. Zamonaviy Lingvistika. Mamatov A. E. “Noshir” 2019. foydalandim.
    Bu semestrdagi pedagogik amaliyot davrim muvaffaqiyotli kechdi va bu amaliyot kelajakda mening dars o’tish uslubimga katta xizmat qiladi deb o’ylayman.


    Hisobot bilan tanishib chiqdim.
    Amaliyot rahbar: t.f.n dots. M.Sharipov_____________

    Magistratura talabasi: D.Yakubova _____________
    ____ ___________ 2023 y
    Download 22.77 Kb.




    Download 22.77 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kompyuter lingvistikasi mutaxassisligi 2-kurs magistratura talabasi Yakubova Dilafro’z Kadamboyevnaning ilmiy amaliyot (stajirovka)

    Download 22.77 Kb.