• Kondensatorlar haqida Kondensator
  • Kondensatorlar




    Download 9.33 Kb.
    bet1/4
    Sana16.03.2024
    Hajmi9.33 Kb.
    #174086
      1   2   3   4
    Bog'liq
    Kondensatorlar-fayllar.org
    Test savollari, Zulfiya, Mashinali o\'qitishga kirish va uning asosiy tushunchalari, algor, Mashinali o’qitishga kirish va uning asosiy tushunchalari, algor, @Talim fidoiylari kanali Fizika-togarak, @Talim fidoiylari kanali 4 sinf Tabiat,ona tili,matematika testlar, dialektika, test[3], Mavzu Kalsiy va uning inson organizmidagi ahamiyati Reja Kalsi, Obrazlarning anglashning asosiy masalasi. Chiziqli qaror qilish , 1. Qaysi fan pedagogika fani uchun metodologik asos bo lib xizma, 2-мавзу И.Х, kom mat 2mashq, 2 5204131140062945228, ac699806-6173-4988-b218-2cd0d231e63f

    Kondensatorlar

    Mustaqil ish

    MAVZU: KONDENSATORLAR
    REJA:
    Kirish
    Asosiy qism

    1. Kondensatorlar haqida;


    2. Kondensatorlar shakllari va turlari;


    3. Kondensatorlardan texnikada qo’llanilishi.


    Xulosa
    Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.




    Kirish
    Kundalik turmushimizda elektr energiyadan muntazam foydalanamiz. Jumladan, uyimizdagi lampochka, televizor, radio, dazmol, elektr choynak, kompyuter kabilar elektr energiya bilan ishlaydi. Ko‘chadagi yorituvchi chiroqlar, yer ostidagi metro poyezdlari ham elektr energiya hisobiga yuradi. Turli korxona, muassasa kabi barcha joylarda ham muntazam elektr energiyadan foydalaniladi.
    Shu bilan birga, turmushimizni, kundalik faoliyatimizni kondensatorlarsiz tasavvur qila olmaymiz. Kondensatorlar texnikaning ajralmas qismiga aylangan. Umuman, elektr toki bilan ishlaydigan barcha qurilmalar kondensatorsiz ishlay olmaydi.
    Turmushimiz yanada farovon bo‘lishi uchun elektrotexnika, radiotexnika, elektronika, avtomatika, axborot texnologiyasi kabi sohalarda olimlar, muhandislar kondensatorning qulay qilishda tinmay izlanish olib bormoqdalar. Olim va muhandislar tomonidan qilingan yangidan yangi kashfiyot va ixtirolar natijasida qurilmalar xavfsiz foydalanish va zamonaviy texnika sohasi yuksak darajada taraqqiy etmoqda.
    Shu bois, kondensatorlar haqida bilimga ega bo‘lish har birimiz uchun foydalidir.

    1. Kondensatorlar haqida


    Kondensator - (lot. condenso — zichlayman, quyultiraman)
    1745 yilda Leydenda nemis olimi Evald Yurgen fon Kleist va undan mustaqil ravishda gollandiyalik fizik Piter van Mushenbruk elektr kondansator uchun prototip dizayni - "Leyden bonkasini" ixtiro qilishdi. Kondensator deb, bir biridan dielektrik bilan ajratilgan ikki o’tkazgichdan iborat sistemani tushunamiz.

    Wikipediayada kondensator haqida quyidagicha aytiladi:



    Kondensator (lot. condenso — zichlayman, quyultiraman) — Elektr kondensator — elektr zaryadlarni yigʻuvchi qurilma. Dielektriklar bilan ajratilgan ikki yoki undan ortiq elektrod (qoplama)dan iborat. Kondensatorning qogʻozli, gazsimon dielektrikli, keramik, plyonkali, yarimoʻtkazgichli, elektrolitik va boshqa xillari mavjud. Ular oʻzgarmas, oʻzgaruvchan va yarimoʻzgaruvchan elektr sigʻimli boʻladi. Kondensatorlar elektrotexnika va radiotexnika, televideniye, elektronika, hisoblash texnikasi va boshqalarda qoʻllaniladi.

    Fizika 8 sinf darsligida esa


    “Kondensator” - Elektr toki toʻplaydigan asbob; ikki yoki undan ortiq oʻtkazgichli sistema. Bir biridan izolyatsiya qilinib, bir biriga yaqin joylashtirilgan ikkita oʻtkazgich kondensator hosil qiladi. Zanjir elektr tokining manbaiga ulanganda elektr toki kondensator orqali oqa boshlaydi. Oqimning kondansatkichdan o'tishi boshida uning quvvati maksimal darajaga, kuchlanish esa minimal darajaga yetadi. Qurilma zaryadni yig'ganda, oqim to'liq yo'qolgunga qadar kamayadi va kuchlanish kuchayadi.
    Zaryadni to'plash jarayonida elektronlar bir plastinkada, ikkinchisida ijobiy ionlar to'planadi. Dielektrik mavjudligi sababli zaryad plitalar o'rtasida oqmaydi. Qurilma zaryadni shu tarzda yig'adi.
    Ushbu hodisa elektr zaryadlarining to'planishi, kondensator esa elektr maydonining akkumulyatori deb ataladi.

    Yuqoridagi tariflar elektr kondensatorlarga berilgan tariflar edi. Yana bug’ kondensator tushunchasi borki unda bugʻni, gazsimon moddani sovitib, suvga aylantiruvchi qurilma deb tarif beriladi.




    Download 9.33 Kb.
      1   2   3   4




    Download 9.33 Kb.