• Kun tartibidagi masala
  • Kun tartibidagi masala




    Download 0.58 Mb.
    Sana10.06.2023
    Hajmi0.58 Mb.
    #71718
    Bog'liq
    24.05.2023 yildagi Urgut tumanidagi 61-maktab ota-onlar yig\'ilish bayannomasi
    KT AL3, HISOBOT amaliyot, ong va ongsizliki, 6-

    Urgut tumanidagi 61-umumiy o‘rta ta’lim maktabida bitiruvchilar va o’quvchilarning ta’lim-tarbiya olishlarida ota-onalarning mas’uliyatini oshirish maqsadida oʻtkazilgan yig‘ilish
    BAYONNOMASI
    24.05.2023-yil Yuqori Sanchiqul MFY

    Raislik qiluvchi:






    Z.Eshonqulov 61-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi direktori



    Yig’ilish kotibi:




    H.Hamrayeva MMIBD o`rinbosari

    Ishtirok etganlar:




    M.Ahtamqulov Y.Tug’izov Sinf raxbarlari maktab o'qituvchilari hamda ota-onalar qatnashdilar



    Kun tartibidagi masala





    1. Bitiruvchi o’quvchilarning “So’ngi qo’ng’iroq” tadbirini qisqa va mazmunli qilib o’tkazish o’quvchilarni xavfsizligini ta’minlash

    2. O‘quvchilar ichki tartib va odob-axloq qoidalarini buzgan taqdirda ko‘riladigan choralar

    3. O’quvchilar yozgi tatilga chiqishganidan so’ng ularni ekskursiyaga olib borish tartibi to’g’risida

    1-masala yuzasidan so’zga chiqqan 61-maktab direktori Eshonqulov Zufar so’z olib bitiruvchi o’quvchilar bilan “So’ngi qo’ng’iroq” tadbiri 1-4-9-11 sinflar va ularni ota-onalari ishtirokida 25-may kuni soat 8:00 dan 9:00 ga qadar bo’lib o’tishi bunga hech qanday noroziliklar bo’lmasligi kerak deya ta’kitladi. Shu bilan bir qatorda bitiruvchilar tadbir yakunidan so’ng hech bir joyga xususan: kafelar, tog’ yon bag’irlari, tuman yoki shahar markazlariga, parklarga va boshqa joylarga borib nishonlamaslikni aytib o’tdi. Agar shunday holatlar ro’y bersa jinoiy javobgarlikga tortilishi haqida ogohlantirildi.
    Shuningdek otalarga davomatni sinflar va oʻquvchilar kesimida doimiy tanqidiy tahlili yuritilishi, davomati past oʻquvchilarning otalariga nisbatan jamoatchilik muhokamasini tashkil etilishi haqida tushuntirdi
    2-masala yuzasidan maktab psixoligi Tug’izov Yunus so’zga chiqib yoshlar o’rtasida xuquqbuzarlik va jinoyatjilikni oldini olish javobgarlik to’g’risida to’xtalib o’tdi. Jumladan 25-may “So’ngi qo’ng’iroq” tadbiri kuni o’quvchilar o’rtasida jinoyatchilik, xuquqbuzarlik qilish xolatlarini oldini olish, yoshlarni profilaktik nazorat qilish maqsadida ota-onalarni farzandlar tarbiyasida ko’proq maxallaning xam roli kattaligi, ular bilan maktab-oila- maxalla tizimida ishlash yaxshi natija berishini aytib o’tdi. Yigʻilishlarda ishtirok etgan ota-onalarga umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida oʻquvchilarning davomati mahalla fuqarolar yigʻini va hududiy inspektor psixologlari bilan hamkorlikda qat’iy nazorat qilinishi hamda dars jadvali asosida oʻquvchilarning dars mashgʻulotlariga kelish-ketishi ustidan jamoatchilik nazoratini oʻrnatilishi boʻyicha so’zlar olib bordi.

    3.masala yuzasidan maktabni ma’naviy ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari Ahtamqulov Muhriddin so’z olib tadbir hech qanday moddiy yig’imlarsiz tashkil qilinishi va bitiruvchilarni yo’qorida keltirib o’tilgan “kafelar, tog’ yon bag’irlari, tuman yoki shahar markazlariga, parklar”ga va boshqa joylarga bormaslik borasida tushuntirishlar olib bordi shu bilan bir qatorda Sinf raxbarlari xam bu masala bilan jiddiy shug’illanish kerak deya takitladi. Ota-onalar bilan muntazam aloqada bo’lib borishlari aytib o’tildi. Shu bilan bir qatorda Ekskursiya masalasi bo’yicha Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 4 noyabrdagi 482-son qaroriga 2-ilovada "Oʼzbekiston Respublikasida avtobuslarda yoʼlovchilar tashish xavfsizligini taʼminlashga doir talablar" belgilangan.


    Ushbu yoʼriqnomaning 40-bandi, 2-xatboshiga koʼra bolalar, umumtaʼlim maktablari va oʼrta maxsus taʼlim muassasalari oʼquvchilarining ekskursiya qilish, turistik-ekskursiya qilish safarlarini tashkil etish uchun taʼlim muassasasi maʼmuriyati joʼnab ketish sanasini, yoʼnalishni va joʼnab ketuvchilar sonini koʼrsatgan holda tegishli ravishda tuman (shahar) MMTBga murojaat qilishi lozim, deya ushbu qaror bilan tanishtirdi. Jamoa a’zolari ichki tartib va odob-axloq qoidalarini buzganida ularga nisbatan mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda intizomiy jazo choralari qo‘llaniladi deya so’zini yakunladi.


    Yuqoridagilarni tinglab yig’ilish


    Q A R O R Q I L A D I :





    1. Maktab direktori, psixolog va MMIBD o`rinbosarlari tomonidan berilgan axborot ma`lumot uchun qabul qilnsin.

    2. Maktab o’quvchi yoshlar o’rtasida jinoyatchilik xamda xuquqbuzavrliklarni oldini olish qoidalarini tuhuntirish bo’yicha targ’ibot tashqiqot va tushintirish ishlari kuchaytirilsin hamda barcha sinf raxbarlar tomanidan maqsadli chora-tadirlar ishlab chiqilsin.

    3. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish MMIBD o`rinbosari. M.Ahtamqulov hamda O.Meliyev zimmasiga yuklatilsin
    Maktab direktori. Z.Eshonqulov



    Download 0.58 Mb.




    Download 0.58 Mb.