• Kobalt (III) oksidini olinishi va uni xossalari.
  • Kobalt (II) gidroksidini olinishi va uning xossalari.
  • Kobaltning kompleks birikmalarini olinishi.
  • Nazorat savollari
  • MASHQ VA MASALALAR
  • Laboratoriya ishi-25 Kobalt va ularning birikmalari. Olinishi va xossalari. Kobalt (II) gidroksidini olinishi va xossalari




    Download 16.37 Kb.
    Sana17.02.2023
    Hajmi16.37 Kb.
    #42555
    Bog'liq
    Kobalt va ularning birikmalari. Olinishi va xossalari.
    15-мавзу (2), Ariza namunasi, downloadfile1

    Laboratoriya ishi-25
    Kobalt va ularning birikmalari. Olinishi va xossalari.


    Kobalt (II) gidroksidini olinishi va xossalari.
    1-tajriba. CoCl2 eritmasiga NaOH eritmasidan qo‘shing. Hosil bo‘lgan kobaltni asosli tuzini ranggiga e’tibor bering. Cho‘kmani eritmani qizdiring. Cho‘kmani ranggi va tarkibi qanday o‘zgaradi? Reaksiya tenglamasini yozing.
    1-tajriba. Suyultirilgan kislotalar va konsentrlangan ishqor (ortiqcha) eritmalarda kobalt (II) gidroksidini eruvchanligini sinab ko‘ring. Reaksiya tenglamalarini yozing. Kobalt (II) gidroksidi qanday xossalarga ega?
    Kobalt (III) oksidini olinishi va uni xossalari.
    (Ishni mo‘rili shkafda bajaring).
    1-tajriba. Kobalt (II) nitratni bir necha kristallarini tigel qopqog‘ida ehtiyotkorlik bilan gaz (qanday) ajralishi tugaguncha qizdiring.Tigel qopqog‘ida nima qoladi? Reaksiya tenglamasini yozing.
    2-tajriba. Olingan kobalt (III) oksidini ozginasini probirkaga solib, ustiga ozgina konsentrlangan HCl qo‘yib qizdiring. Qanday gaz ajralib chiqadi? Uning rangiga va hidiga (ehtiyotlik bilan hidlang) e’tibor bering. Reaksiya tenglamasini yozing.
    Bu reaksiyada kobalt (III) oksidi qanday xossalarni namoyon qiladi?


    Kobalt (II) gidroksidini olinishi va uning xossalari.
    (Ishni mo‘rili shkafda bajaring).
    1-tajriba. Kobalt (II) xloridni 1-2 ml eritmasiga 4-5 ml bromli suv, keyin natriy gidroksid eritmasidan qo‘shing. Nima hosil bo‘ladi? Reaksiya tenglamasini yozing.
    2-tajriba.Hosil bo‘lgan cho‘kmadagi suyuqlikni imkoni boricha ajrating, keyin cho‘kmaga konsentrlangan HCl solib qizdiring.
    Qanday gaz ajralib chiqadi. Reaksiya tenglamasini yozing. Bu reaksiyada kobalt (III) gidroksidi qanday xossalarni namoyon qiladi? Hosil bo‘lgan eritmaga ozgina suv soling. Eritmaning ranggi o‘zgarishiga e`tibor bering.


    Kobaltning kompleks birikmalarini olinishi.
    1-tajriba. Kobalt ammiakatlarini olinishi. Kobalt (II) xlorid eritmasiga NH4Cl eritmasidan soling va ortiqcha ammiak eritmasidan qo‘shing. Hosil bo‘lgan kobalt (II) ammiakati eritmasining ranggiga e’tibor bering. Reaksiya tenglamasini yozing. Eritma havoda turganida asta-sekin rangi o‘zgarishini tushuntiring. Reaksiya tenglamasini yozing.
    2-tajriba. Kaliy geksanitritokobaltat (III) ni olinishi. CoCl2 eritmasiga ortiqcha KNO2 eritmasini qo‘shing, keyin ozgina CH3COOH solib qizdiring. Gaz (qanday) ajralishini va cho‘kma tushishini kuzating. Cho‘kmaning ranggiga e’tibor bering. Reaksiya tenglamasini yozing. Reaksiyada KNO2 qanday xossalarni namoyon qiladi?
    Nazorat savollari:
    1. Kobaltning elektron formulalarini (konfiguratsiyalarini) yozing.
    2. Kobaltning qanday oksidlanish darajalari ma’lum? Har bir element uchun qaysi oksidlanish darajalari eng xarakterli?
    3. Kobalt, suyultirilgan va konsentrlangan HCl, H2SO4, HNO3 eritmalariga sovuq xolda va qizdirilganda munosabati qanday? Reaksiya tenglamalarini yozing.
    4. Co(II) oksidlarini va gidroksidlarni qanday olish mumkin? Reaksiya tenglamalarini yozing. Bu metallar gidroksidlarini havo kislorodiga munosabatini solishtiring. Reaksiya tenlamalarini yozing.
    5. Co(III) oksidlari va gidroksidlari qanday olinadi? Reaksiya tenglamalrini yozing. Bu metallar gidroksidlarining kimyoviy xossalarini solishtiring. Reaksiya tenglamalarini yozing.
    6. Kobalt nikel tuzlarining xossalarini tavsiflang (ranggi, suvdagi eruvchanligi, gidrolizlanishi, havo kislorodiga munosabati).
    7. Kobaltni kompleks birikma hosil qiluvchi sifatida tavsiflang (koordinatsion soni, ligandlar, barqarorligi). Har bir metallni barqaror kompleks birikmalarini hosil qilish reaksiya tenglamalarini yozing.


    MASHQ VA MASALALAR:

    1.Kobalt (III) ning ammiakli kompleks birikmalari kobalt (II) ning xuddi shunday birikmalariga nisbatan barqarorligini misollarda ko‘rsating.


    2.Co2O3 ni konsentrlangan HCl, H2SO4 lar bilan ta’sirlanish reaksiya tenglamalarini yozing.
    3.K3[Co(NO2)4] kompleks tuzining tuzilish sxemasini tuzing.
    Download 16.37 Kb.




    Download 16.37 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Laboratoriya ishi-25 Kobalt va ularning birikmalari. Olinishi va xossalari. Kobalt (II) gidroksidini olinishi va xossalari

    Download 16.37 Kb.