Laboratoriya ishi btda yasalgan barqaror tok generatorini tadqiq etish Ishdan maqsad




Download 32.14 Kb.
Sana18.04.2023
Hajmi32.14 Kb.
#52377
Bog'liq
55- Laboratoriya ishi btda yasalgan barqaror tok generatorini tadqiq
1. Anketa (talabalar), 3-mavzu, conference, 12 labaratoriya ishi, Маълумотлар тузилмаси ва алгоритмлар узб, Abduvositaka, Saralash algoritmlari, Akademik yozuv 2 Omonboyev Rashidbek 12, kontakt hodisalar, golosariy, Operatsion tizimlar uz, 1 - lesson (internet), 2-маруза мавзуси Симулятор, dars tahlili, 6666666666666666666666666666666666666

5- LABORATORIYa IShI
BTda yasalgan barqaror tok generatorini tadqiq etish
Ishdan maqsad: Bipolyar tranzistordan yasalgan kuchaytirgich bosqichini tadqiq qilish va dinamik xarakteristikalari va differentsial parametrlarini o’lchash.
Ixtiyoriy zanjirdan avvaldan belgilangan qiymatli tok oqishini ta’minlovchi elektron qurilma barqaror tok generatori (BTG) deb ataladi. Yuklamadan oqayotgan tokning qiymati kuchlanish manbai, zanjir parametrlari va temperatura o’zgarishlariga bog’liq bo’lmaydi.

5.1-rasm. Ideal BTG VAXi.
BTGning vazifasi kirish kuchlanishi va yuklama qiymati o’zgarganda chiqish toki qiymatini o’zgarmas saqlashdan iborat bo’lib, ular turli funktsional vazifalarni bajaruvchi analog va raqamli mikrosxemalarda ishlatiladilar.
O’zgarmas tok qiymatini faqat cheksiz katta dinamik qarshilikka ega bo’lgan ideal tok manbai ta’minlashi mumkin. Ideal tok manbai VAXi gorizontal AV to’g’ri chiziqdan iborat (5.1-rasm). UB sxemada ulangan BTning chiqish xarakteristikasi ideal tok generatori VAXiga yaqin bo’ladi. Demak, UB sxemada ulangan tranzistor amalda tok generatori vazifasini bajarishi mumkin. Lekin temperaturaviy barqarorlikni va keng dinamik diapazonni ta’minlash uchun amalda ikkita yoki undan ko’p tranzistor ishlatiladi.
Eng sodda BTG sxemasi 5.2-rasmda ko’rsatilgan. Sxemada I1 tok zanjiriga to’g’ri siljitilgan diod ulanishli, tayanch tranzistor deb ataluvchi VT1 tranzistor ulangan. U juda kichik qarshilikka ega. Shuning uchun VT1 kuchlanish generatori vazifasini o’taydi. U RYu boshqariluvchi zanjir bilan ketma-ket ulangan VT2 tranzistorning emitter-baza o’tishini kuchlanish bilan ta’minlaydi.
VT2 tranzistor emitter-baza kuchlanishi bilan boshqarilgani munosabati bilan uning xususiyatlari UB sxemaning xususiyatlariga mos keladi. Ma’lumki, UB ulangan sxemada aktiv rejimda kollektor toki kollektordagi kuchlanishga deyarli bog’liq bo’l-maydi (5.2-rasm). Shuning uchun ixtiyoriy RYu dan o’tayotgan tok I2 tayanch kuchlanish UEB2 bilan aniqlanadi. I2 = I1 ekanligini amalda ko’rsatamiz.
Download 32.14 Kb.




Download 32.14 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Laboratoriya ishi btda yasalgan barqaror tok generatorini tadqiq etish Ishdan maqsad

Download 32.14 Kb.